Mavzuga oid tushuncha va iboralar: Markaziy Osiyo, mayda millatlar, etnogenez, etnik
komponentlar, etnik guruhlar.
1-asosiy savol: Markaziy Osiyo hududi, aholisi, tabiati. Mahalliy aholining til turkumlari.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston tub aholisining antropologik tasnifi.
1-asosiy savoning bayoni:
Osiyo qit‘asi eng yirik qit‘a bo‘libgina qolmasdan tabiat iqlimi.etnik tarkibi xilma-xilligi bilan
xam ajralib turadi. Osiyo antropogen-
inson paydo bo‘lib, shakllangan xudud xamdir. Unda
dunyo dinlarining barchasi (xristian, islom,buddizm)vujudg
a kelib boshqa qit‘alarga
keyinchalik shu joydan tarqalgan.
Antropogen xudud sifatida Osiyo sivilizatsiya o‘chog‘i, ko‘plab madaniy o‘simlik va
xayvonot olami vatani xamdir.Ishlab chiqarish xo‘jaligiga asos bo‘lgan ko‘plab daryolar:
Frot, Dajla, Hind, Ganga, Braxmaputra, Mekong, Xuanxe, Yantszi, Zarafshon daryolari
xam Osiyo xududida joylashgan.
Bugungi kunda qit‘ada er yuzidagi axolining yarmidan ko‘prog‘i yashaydi. Axoli eng zich
joylashgan xududlar nomlari qayd etilgan daryo voxalaridir. Tabiiy iqlim sharoiti rang-
barangligi axoli etnik tarkibini xilma-
xil bo‘lishi imkonini yaratadi. Ushbu xususiyatlar
antropologik va lingvistik klassifikatsiyada yaqqol kuzatiladi.
Qitadagi eng qadimgi odamlar qoldiqlari Yava orolidan topilgan bo‘lib, ularning yoshi 1,5-2
mln. yil bilan belgilanmoqda.
Bundan 10-
11 ming yil tog‘oldi subtropik xududlarda dastlabki o‘simlik va xayvonlarni
domestikatsiyalash (xonakilashtirish) jarayoni bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida dehqonchilik
va chorvachilikning vujudga kelis
higa asos bo‘ladi.
Miloddan avvalgi IV va III ming yillik chegarasida jaxonda ilk davlatlardan bo‘lgan Shumer
shaxar-davlatlari shakllanadi. Asta-
sekin omoch dexqonchiligi, bog‘dorchilik, to‘qimachilik,
yozuv va pul vujudga kelgan. Tez orada Osiyoda yana qator davlatlar Elam, Hindiston,
Xitoy va boshqalar tashkil topadi.
Osiyodagi murakkab etnik jarayonlarning bo‘lishiga, qabilalar ko‘chishlari, urushlar,
demografik portlashlar va boshqalari ta‘sirida tillar, din, xo‘jalik va madaniy qadriyatlarning
almashi
nuvlari deyarlik to‘xtovsiz bo‘lib turadi.
Osiyoning asosiy axolisi irqiy jixatdan mongoloid va evropoidlardan iborat. Tillari xususida
yuz millionlab aholi so‘zlashadigan tillar bilan birgalikda kichik bir necha ming kishini
birlashtirgan tillar xam mavjudligini qayd etish lozim.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xududi 4 mln kv.km. Bu erda 5 ta mustaqil davlat: O‘zbekiston,
Qozoriston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalari 1991 yida Sobiq
SSSRning parchalanishidan vujudga kelgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xududlari: quruq
cho‘l va dashtlardan, janubda va janubiy-sharqda Tyan-Shan, Pomir va Kopet Dog‘ tog‘
tizmalari bilan tugaydi. Uning janubiy- garbida subtropik zonalari xam mavjud. Dunyo
- 62 -
dengizlariga chiqish yo‘q Kaspiy va Orol dengizlari aslida katta ko‘llardir. Ishlab chiqarish
xo‘jaligi asosan daryo, soy va buloqlarga yaqin joylarda qadim zamonlarda rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |