- 34 -
mulohazalarida ayrim mifologik qarashlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, u
madaniyatni tirik organizm bilan o‘zaro qiyoslab tahlil qiladi va madaniyat ham xuddi tirik
organizm kabi dunyoga keladi, turli yosh bosqichlarini bosib o‘tib, oxir oqibatda umrini
tugatib barham topadi degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda muallif madaniyat odamlar
tomonidan yaratilmaydi, balki o‘z-o‘zidan rivojlanib boradi degan g‘oyani ilgari suradi.
Uning fikricha, insoniyat madaniyatni yaratuvchisi emas, balki uning mahsuli yoki ob‘ekti
hisoblanadi. Lekin madaniyat insonlar tomonidan yaratilmasa-da u odamlarsiz yashay
olmaydi va keng tarqalishi mumkin emas. Agar o‘xshatish joiz bo‘lsa madaniyat misoli
oyoqsiz kishiga o‘xshaganligi bois insonlarni o‘zini ko‘chirib o‘tkazishga majbur qiladi.
Uning ta‘kidlashicha, inson, xalq madaniyatni yaratuvchisi emas, balki uzatuvchidir.
Fronbeniusning fikricha, har bir madaniyat o‘ziga xos xususiyatga egadir. qolaversa, u
madaniyatni ijtimoiy muhitdan tashqarida, mistik ko‘rinish tarzida talqin qiladi va uni ikkiga,
ya‘ni erkak va ayolga bo‘ladi. O‘z navbatida mashhur olim o‘z qarashlarini ekspeditsiyalar
jarayonida yiqqan dala materiallari orqali isbotlashga harakat qiladi. Jumladan, olimning
Afrikada olib borgan tadqiqotlari natijasida Afrika madaniyatni ikkiga-telluruit-Efiopiya-
patriarxal va xtonik-xamitik-
matriarxatga bo‘ladi.
Nemis tilli xalqlar orasida diffuzionizmning ko‘zga ko‘ringan yirik namoyandalaridan biri
Robert Grebner bo‘lgan. Uning fikricha, etnograf-evolyutsionistlar o‘zlarining turli xalqlar
madaniyatlaridagi o‘xshash xususiyatlarning sabablarini elementar g‘oyalar yoki tabiiy
sharoit bilan bog‘liq bo‘lganmi?- degan qarashni isbotlash uchun zaruriy me‘yoriy asoslarni
ishlab chiqmagan. Shu bois Grebner uchun etnologiyaning asosiy muammosi madaniyatni
tarixiy-madaniy aloqalari yoki mustaqil kelib chiqishiga oid tadqiqotlar metodini ishlab
chiqishga qaratgan. U o‘zining asosiy qarashlarini 1905 yilda nashr etilgan «Etnologiya
uslubi» nomli kitobida mujassamlashtirgan.
Frobenius va Rattsel qarashlari asosida Robert Grebner madaniy qarashlar doirasi butun
ibtidoiy jamoa davri tarixini global rekonstruktsiya qiluvchi o‘ziga xos nazariyani yaratgan.
U o‘z qarashlarini isbotlash maqsadida Er sharidagi barcha xalqlarning davlatchilikgacha
bo‘lgan madaniyatini oltita yirik madaniy doira yoki madaniy guruhlarga bo‘lib chiqqan.
Grebner olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida insoniyat tarixida hech qanday takroriy
holatlar va bu bilan bog‘liq biror bir qonuniyat mavjud emas degan xulosaga kelgan.
Madaniyatdagi etnik jarayonlarning takrorlanishi juda kam uchraydigan holatdir. Shubhasiz
bu o‘rinda etnologlar ko‘plab o‘xshash holatlarga emas, balki yagona ko‘rinish bilangina
to‘qnashadilar.
Difuzionizmga oid mulohazalarni yakunlar ekanmiz xulosa tarzda shuni ta‘kidlash kerakki,
mazkur oqim turli mamlakatlarda turlicha taraqqiy etganiga qaramay, ularni
umumlashtiruvchi umumiy jihatlar tarzida quyidagi
larni e‘tirof etish mumkin:
Madaniyatni ma‘lum bir geografik hududda paydo bo‘ladigan va keyinchalik boshqa
mintaqalarga tarqaluvchi tirik organizm shaklida tasavvur etiladi.
Har bir madaniyatning paydo bo‘lish hududi va tarqalish mintaqasi mavjud. Ushbu
madaniyat markazlarini izlab topish va ularni tadqiq qilish etnologiyaning asosiy vazifasidir.
Madaniyat rivojlanishining asosiy omillari o‘zlashtirilgan xususiyatlar va aralash madaniy
elementlar hisoblanadi. O‘zaro qorishgan madaniyatlar nafaqat moddiy madaniyatni, balki
ma‘naviy madaniyat ko‘rinishlari hisoblangan miflar, e‘tiqodlar, odatlar va boshqa shu
kabilarni ham jalb etadi.
Har bir madaniyat ko‘rinishi bir marta paydo bo‘ladi; uning tarqalish manzarasini yaratish
orqali uning har bir ko‘rinishi dastlabki paydo bo‘lgan hududini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: