Millatga mansublik
– kishilarning u yoki bu ijtimoiy-etnik umumiylik: millat, elat, milliy
guruh yoki etnik guruhga taalluqligi.
Millatchilik
– milliy xususiyat talablarida namoyon bo‘luvchi g‘oyaviy- ruhiy va ijtimoiy
siyosiy oqim. Oddiy tushunchaga ko‘ra millatchilik o‘ziga xos ijtimoiy-ruhiy majmua sifatida
namoyon bo‘ladi, u barqarorligi va davomiy mavjudligi, unsurlarning tizimlashtirilmaganligi,
namoyon bo‘lishining chuqur va kuchliligi bilan farqlanadi. Unda bir tomondan o‘z xalqiga
bo‘lgan munosabat mezonlari, ya‘ni sevgi, ko‘nikkanlik, fidoyilik, sadoqat, mag‘rurlik va
hokazolar birlashadi. Shaxsning etnik o‘xshashligi bilan taqqoslashning bu o‘ziga xos turi
hisoblanadi, bunda mazkur guruh boshqalardan ajralib turadi, ijobiy emotsionallikda ayon
bo‘ladi, turli xil xayrixohlikka ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |