Subetnos
– etnik birlashma ichidagi sub‘ekt, madaniyati, tili va turmushi bilan
fyaarqlanadigan millatning bir qismi yoki etnosni ajratuvchi jarayon
– separatsiya natijasida
ajralib chiqqan etnosning bir qismi.
Tabaqa (soslovie)
– meros bo‘lib o‘tgan kasbi va jamiyatdagi alohida(ko‘pincha yuridik
jihatdan mustahkamlangan) mavqei bilan bog‘langan shaxslar guruhini aks ettiradi.
Etnografiyada ko‘pincha jins va yoshga qarab bo‘lish degan tushuncha uchraydi, u kishilar
jamoasining xo‘jalik va ijtimoiy hayotda jinsi va yoshiga qarab dastlabki ijtimoiy bo‘linishini
aks ettiradi.
Travestizm(frantsuzcha travestir
– qayta kiyinish) – jinsiy o‘zgarish, bunda erkak o‘z
jinsidan voz kechib, ayol kiyimini kiygan, ayollar bajaradigan ishlarni ado etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |