Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


Литература  1. Маслова Ж.Н. Когнитивная концепция поэтической картины мира. М.Флинта, 2012  GABRIEL GARSIYA MARKESNING “YOLG`IZLIKNING YUZ



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/118
Sana23.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#142374
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
Bog'liq
zamonaviy tilshunoslik va lingvodidaktikaning kommunikativ aspektlari

Литература 
1. Маслова Ж.Н. Когнитивная концепция поэтической картины мира.
М.Флинта, 2012 
GABRIEL GARSIYA MARKESNING “YOLG`IZLIKNING YUZ 
YILI” ASARIDA YOLG`IZLIK MAVZUSI 
Sharapova L.S.(SamDCHTI Ilmiy rahbari) 
Bagirova S. (SamDCHTI talabasi) 
Inson necha yil umr ko`rishi muhim emas, 
balki, o`sha yashagan umrini 
qay darajada mazmunli o`tkazishi muhimdir. Kapalak atigi bir kun yashasa ham 
unga gular bagrini, gulla rning qaynoq mehrini beradi. Odamzod ham huddi 
shunday. Inson hamma narsaga to`yishi mumkin - pul, mol-u dunyo. Lekin hech 
qachon mehr-muhabbatga emas. Mehr pulga o`lchanmaydi, bozorda sotilmaydi 
lekin shu arzimas deb hisoblagan mehrni bir-birlaridan qizg`anishadi. Inson ham 
shu mehr bilaraslidatirikdir. Shu mehr-muhabbat siz o`tgan bir kunimiz ham bir 
yilga tatigudek. Oxir oqibat hech kimga kerak siz bo`lib yashagandan ko`ra o`lim 
afzar ko`rinadi. Inson vafot etganida o`lmaydi, u yuraklarda, xotiralarda yashaydi. 
Qachonki unitilsa ushanda u o`ldi hisob: “Umrlar bor o`liklikda tirikdir, umrlar 
bortiriklikda o`likdir”. 
Dunyo mamlakatlari adabiyotida shunday asarlar borki, ular nafaqat 
odamlarga saboq beradi, balki ular kelajakka da`vat etadi, yaxshilikka yetaklaydi 
desak adashmagan bo`lardik. Bunday nodir durdonalarni mutolaa qilish jarayonida 
ko`z oldingizga insoniyatning ertangi kuni gavdalanadi, beixtiyor sergak tortasiz, 
atrofingizga boshqacha ko`z bilan nigoh tashlab, kecha, bugun va erta haqida 
mushohada yurita boshlaysan kishi. Mashhur meksikalik yozuvchi Gabriel Garsiya 
Markesning asarlari ham shular jumlasidandir. 
Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsiya Markes – eng yorqin va mo`jizaviy 
realizm mavzusini qo`llash bo`yicha o`z davrining mashhur yozuvchisi bo`lib, 
“Yolg`izlikning yuz yili” asari uchun Kolumbiyada birinchilardan bo`lib Nobel 
mukofotini qo`lga kiritganlardan sanalibgina qolmay, XX asrning o`rtalarida bu 
asar o`ttiz mingdan ortiq nushaga chop ettirilib, dunyoning qariyb 35 ta tiliga 
tarjima qilingani bu asarning nafaqat o`z vatani bo`lmish Janubiy Amerikada, balki 
dunyoning boshqa bir qator mamlakatlarida kitobxonlar tomonidan qaynoq qarshi 
olinganidan darak beradi. 
Markesning deyarli barcha asarlarini, garchi afsona va sarguzashtlarga 
o`xshabroq ketsa hamki, sergaklikka undovchi ertak yoki asar desa ham mubolag`a 
bo`lmaydi. Shular qatorida “Yolgizlikning yuz yili” asari ham shular 
jumlasidandir. Yuqorida keltirib utgan yolgizlik, umr, mehr-muhabbat mavzulari 
ham yozuvchining yozgan deyarli barcha asarlarining asosiy mavzularidandir. 


47 
Hozirgi kunda bu mavzular nafaqat Lotir Amerikasini, balki butun yer yuzi ahlini 
havotirga qo`yib keluvchi muammodir. 
Bir qarashda, roman shunchaki maishiy asarday ko`rinsada, yana bir 
qarashda, go`yo erotikani targ`ib qilayotganday ko`rinadi. Sinchiklab, yozuvchi 
maqsadini anglashga urnib mutolaa qilinganidagina uning asosiy mohiyati yuz 
ko`rsatadi. Kitobxonga ma`lumki istalgan asarning nomlanishi uning mazmun 
mohiyatini deyarli yarimidan ortig`ini ochib beradi. Bu asarni ham o`qishga 
kirishishingizdan oldin uning g`ayri oddiy nomlanishi : “Yolg`izlikning yuz yili” 
kishiga nega aynan shunday deb nomlanadi degan savol uygotadi. Kitobni mutolaa 
qilgan esa unga turlicha javob berishi mumkin : kimdir asarda bir sulolaning yuz 
yillik hayoti batafsil tasvirlangani desa, kimdir Markes asar qahramonlarini 
yolg`izlik, tanholik girdobiga g`arq qilgan ekan deyishadi. Asarda yettita sulola 
tasvirangan bo`lib, asar qahramonlarining ismi deyarli bir xil takrorlanganidan 
behosdan chalkashib ketasan kishi. Lekin bu qahramonlarning taqdirida hamisha 
bir jihat takror va takror ko`zga tashlanib utarning birini taqdiri ikkinchisinikiga 
quyib quygandek o`xshashdek tuyiladi-bu asar qahramonlarining bar yolg`izlik 
oshiqmandlari, tanholik giriftorlaridir. Ularni garchi gavjum dunyo, gavjum 
shahar, gavjum uy, urf-odatlar bog`lab tursa-da, ich ichlaridan o`zlarini ruhan va 
ma`nan yolg`iz deb his etishib shu tanholikda o`lim topadilar. 
Asarning asosiy mavzusi yolgizlik bo`lib, u Buendia oilasiga tegishli bo`lgan 
barcha oila a`zolarining taqdiriga ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Hattoki voqealar 
rivoji ro`y bergan Makondo qishlog`i ham yolg`iz va zamonaviy hayotdan 
uzoqlashgan bo`lib, har yilgi lo`lilarning kelishini kutish, ularning G`arb 
mamlakatlaridan keltirgan narsalarini katta bir kashfiyotlardek qabul qilish bilar 
kun kechirishganligi bu madaniy jixatdan ham ancha qoloqligini yozuvchi yorqin 
namoyon qilgan. 
Yolg`izlik Polkovnik Aureliano Buendiaga juda katta ta`sir qilganligi o`n 
yetti farzandlarini noiloj tashlab urushga ketganligida ma`lum bo`lib turibdi. 
Tinchlik haqidagi kelishuvga qo`l qo`yib, o`z ko`kragidan o`q ham uzadi lekin uni 
o`lim ham o`z bag`riga qabul qilmaydi. 
Asarning boshqa qahramonlari ham yolg`izlikning quli bo`lishgan. Masalan 
Makondo qishlog`ining asoschisi Xose Arkadio Buendia ko`p yillar davomida 
umrining so`nggi damlarini daraxt ostida o`tkazsa, uning rafiqasi Ursula Iguaran 
qarigan holida yolg`iz va ko`zi ojiz 126 ga kirib yakun topadi. Ularning qizlari 
Amaranta butun umri davomida hech kim bilan turmush qurmay o`ladi. Bunday 
ayanchli yakun asar qahramonlarining hech birini chetlab o`tmagan. Bu esa 
yozuvchining yolg`izlik deb nomlanmish ayanchlik bir inson holatini shu daraja 
namoyon etganini yaqqol bilishingiz mumkin. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish