O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/142
Sana08.08.2021
Hajmi0,7 Mb.
#142344
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot

Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi
axborot manbai sifatida
Ekspert baholaridan tashqari, transaksiya xarajatlarining nisbiy miqdori va
tashkiliy tuzilmaning optimallik darajasi haqidagi axborot manbai bo`lib
buxgalteriya hisobotlarining, birinchi galda balans hamda foyda va zararlar
haqidagi hisobot (daromadlar haqidagi hisobot)ning ma’lumotlari xizmat qilishi
mumkin. Balansdan foydalanishning bunday yo`nalishi asosan firmaning kreditga
layoqatliligini imkoniyatli kreditorlar nuqtai nazaridan baholashga qaratilgan
moliyaviy tahlilning oddiy texnologiyasidan farq qiladi. Institutsional tahlil uchun
biz taklif etayotgan balansdan foydalanish metodologiyasi, albatta, to`liq emas,
shuning uchun unga nisbatan mutlaq aniq va to`la-to`kis xususiyatga da’vogarlik
qilmaydigan xomaki variant singari munosabatda bo`lish lozim.
Buxgalteriya hisobotining institutsional tahlilidagi dastlabki  nuqta sifatida
biz daromadlar haqidagi hisobot asosida aniqlanadigan firma mahsulotini sotish
narxining tarkibi «axborotning uchta xilini: tashkilotning ichki tafsilotlari haqidagi,
bozordagi raqobat darajasi haqidagi va firma strategiyasi haqidagi axborotni sintez
qiladi», degan tezicni qabul qilamiz. Haqiqatdan ham, tannarx tarkibi nafaqat
ishlab chiqarish va texnologik xarajatlarni, balki tashkilot ichida yuzaga keladigan
transaksiya xarajatlarini ham aks ettiradi. Ikkinchi tomondan, daromadlar tarkibi
firma faoliyat ko`rsatadigan tashqi muhit haqidagi: talabning holati va dinamikasi,
raqobatchilar tovarlarining narxi va sifati, raqib firmalarning savdo tajovuzkorligi
darajasi, mazkur sektorda transaksiya xarajatlarining miqdori haqidagi axborotni
ham o`zida mujassam etadi.
Alohida firmaning buxgalteriya hisobotida mujassamlangan axborot o`z
o`zicha kam ma’lumot beradi: institutsional tahlil uni tarmoq bo`yicha yoki
shunday o`lchamdagi firmalar guruhlari bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichlar bilan
taqqoslashni talab qiladi, chunki gap transaksiya xarajatlarini mutlaq emas, balki
nisbiy ifodada o`lchash haqida borayapti. Masalan, Yaponiyada har yili 865 ta
yirik firmaning o`rtacha holatga keltirilgan balansi ko`rsatkichlari hisoblab
chiqiladi (NEEDS – Nikkei Economic Electronic Data System). Aynan o`rtacha
holatga keltirilgan balans ma’lumotlari asosida M.Aoki to`plangan chiqarish
nafaqalari miqdori firma tomonidan xodimning firma uchun o`ziga xos
ko`nikmalar va bilimlarga ega bo`lishi uchun sarflanadigan sa’y-harakatlarga
to`g`ri proporsional degan farazdan kelib chiqib, j firmada inson sarmoyasi o`ziga
xosligining miqdorini baholashga urindi. Bunday ehtimollikni Yaponiya
firmalarida chiqarish nafaqalarini shakllantirish tartibotini tahlil qilish orqali qabul
qilish mumkin. Har bir yangi xodimning kelishi bilan uning nomiga maxsus
hisobvaraq ochiladi, undagi mablag`lar summasi ish stajining ortishi va ichki
iyerarxiya eshelonlar bo`yicha harakatlanishga qarab oshadi. Chiqish nafaqasi
pensiyaga ketishida yoki muddatidan oldin ishdan bo`shaganida, to`lanadi
(ikkinchi holatda xodim katta yo`qotishlarga duch keladi), bu uni firma tomonidan
to`lanadigan yakka pensiyaga yaqinlashtiradi. M.Aoki firmada inson kapitali
o`ziga xosligining darajasini to`plangan chiqish nafaqalari summasining firmaning
umumiy sarmoyasiga nisbati sifatida hisoblab chiqiladigan indeks yordamida


85
aniqladi. Agar muayyan firma uchun hisoblab chiqilgan bunday indeks
o`rtachalashtirilgan balans ma’lumotlari bo`yicha hisoblab chiqilgan indeksdan
ortiq bo`lsa, u holda firmada inson sarmoyasi o`ziga xosligining darajasi nisbatan
yuqori, va aksincha.
NEEDS analogi har bir mamlakatda ham hisoblab chiqilavermasligiga
qaramay, istalgan yirik konsalting yoki auditorlik firmasining ma’lumotlar bazasi
taqqoslash uchun zarur bo`lgan axborotni o`zida mujassam etgan. Endi
tashkilotning ichki tuzilishi va uning bozor strategiyasi haqida xulosa chiqarish
imkonini beruvchi indekslarning yig`indisini batafsil ko`rib chiqamiz. Dastlab
balansning umumiy tarkibini va GAAP standartidagi daromadlar haqidagi
hisobotni yodga olamiz (10.4-jadval).
Aktiv va passiv alohida moddalarining tahlili tashkilotda huquqlarning real
taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo`lish imkonini beradi, u, biz shunga amin
bo`ldikki, rasmiy, ta’sis hujjatlari va aksiyadorlar reestrida qayd etilgan
taqsimlashga hamma vaqt ham mos kelmaydi.
     «Xodimlarga ish haqi bo`yicha qarzdorlik»
I
1
1
 q
«Jami joriy operatsion majburiyatlar»
I
1
1
 indeks korxona xodimlarining qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta’siri
darajasini aks ettiradi. Banklar, davlat va o`zaro bog`liq korxonalar oldidagi qisqa
muddatli qarzdorlik bo`yicha ham shunga o`xshash I
1
i
 indekslar hisoblab chiqiladi.
Agar korxona rahbariyati xodimlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni banklar,
davlat (byudjet) va o`zaro bog`liq korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishdan
ko`ra ustuvorli deb hisoblasa, u holda bu mehnat jamoasi tomonidan egalik qilish,
tasarruf etish va daromad olish huquqiga norasmiy egalik qilinishidan dalolat
beradi.
«Uzoq muddatli kreditlar: ta’minlanmagan»
I
2
 q
«Jami uzoq muddatli majburiyatlar»
Banklar tomonidan korxona ustidan nazorat darajasini aniqlash uchun I
2
indeksni hisoblab chiqish ham foydali, chunki bank tomonidan garov bilan
ta’minlanmagan kreditlar, faqat berilgan kredit qaytarilishining boshqa, norasmiy
kafolatlari ko`zda tutilgan hollarda, berilishi mumkin
7
.
7
 «Kreditorning o`z pullarini qaytarib olish huquqi chegaralangan, lekin aksiyadorlarnikiga qaraganda kam, chunki
(kreditorlarda) nazorat qilishning bilvosita, nomuayyan usullari mavjud» (Stiglits Dj. Kreditnoye ro’nki i kontrol
nad kapitalom. ~ MEIMO, 1989, № 6, s. 46~47).


86

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish