O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor shuni
ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib
qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012-yilda O‘zbekiston o‘z
iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi
turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z
pozitsiyasini mustahkamladi.
Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o‘sdi, sanoat
ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi 7 foizga, chakana savdo
aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi.
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi
ta’minlandi.
Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport
qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning
natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni
14
Do'stlaringiz bilan baham: |