mamlakatimizdagi barcha investitsiyalarning 20 foizdan ortig‘ini aholi
investitsiyalari tashkil etgani, ayniqsa, e’tiborlidir.
O‘zbekistonda aholining eng ko‘p ta’minlangan 10 foizi va eng kam
ta’minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o‘rtasidagi tafovut 2012-yilda atigi
8,0 barobarni tashkil etganini alohida ta’kidlashni istardim. Bu jahondagi eng
past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin
tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy
siyosatimizning samarasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Odamlarning o‘ziga o‘zi baho berishi, o‘zini aholining muayyan
guruhiga mansubligini anglashi ularning turmush darajasi va sifatining
umumiy hamda yakuniy indikatori hisoblanadi.
Bu borada, albatta, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir
qatorda yashash sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-
Do'stlaringiz bilan baham: |