MA’RUZA-4
MAVZU:OG‘ZAKI HISOBLASH
TEXNOLOGIYALARI. YOZMA HISOBLASH
ALGORITMINI O‘RGATISH. HISOBLASH
MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN
NAZORAT ISHLARI.
Reja:
1. Og‘zaki hisoblash texnologiyalari.
2. Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish.
3. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat
ishlari.
Tayanch so‘zlar: Og‘zaki va yozma hisoblash, qo‘shish va
ko‘paytirish jadvallari, ayirish va bo‘lish hollari,
hisoblash ko‘nikmasi.
1.Og‘zaki hisoblash texnologiyalari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va
yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish
matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri.
Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin bolalar
ongiga uning ma`nosini, mazmunini yetkazish kerak .
Bu ish predmetlarning har xil to‘plamlari bilan
amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining
ma`nosi bilan tanishtirish ( bu “o‘nlik” mavzusi
ustida ishlashda bajariladi.) ikki to‘plam elementlarini
birlashtirishga oid va berilgan to‘plamdan uning
qismlarini ajratish kabi amaliy operatsiyalar asosida
olib boriladi. Ko‘paytirish amalini o‘ganishda ish
biroz boshqacha bo‘ladi . “Ko‘paytirish tushinchasini
shakillantirishda tayanch sifatida ,--deb yozishadi M. I.
Moro va A.M.Pishkalo, - bir nechta teng sonli
to‘plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanish
to‘g‘ri bo‘lmas edi. Shu vaqtga qadar yaxshi
o‘zlashtirilgan sonlarni qo‘shish operatsiyasi bolalar
uchun yangi bo‘lib, bundan oldin ish tajribalarida
uchramagan amal - ko‘paytirish uchun asos bo‘lib
xizmat qilishi kerak.
Ko‘paytirishni, uning komponentlari bilan natijasi
orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida
bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi .
Bu misollarda biz shu narsalarni ko‘rib
turibmizki, o‘qitishning bir bosqichida abstrakt
bo‘lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada
abstraktroq bilimlarni shakillantirish uchun konkret
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday yangilanish
o‘quvchilarning ham abstrakt ham konkret
tafakkurlarini rivojlantiradi, bu esa o‘qitish protsesida
bolalarning faoliyatlarini rivojlantirishda katta
ahamyatga ega .
Har xil (og‘zaki va yozma) hisoblash
usullarining ongli o‘zlashtirilishi uchun dastur
arifmetik amallarini ba’zi muhim xossalari va ulardan
kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda
tutadi. I sinfda 10 ichida qo‘shish va ayirishni
o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtirish
xossasi bilan tanishdilar; 100 ichida qo‘shish va
ayirishni o‘rganishda (I sinfda ) sonni yig‘indiga
qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish , shuningdek,
ayirmaning asosiy xossalarida chiqadigan natijalar
bo‘lmish yig‘indidan sonni ayirish va yig‘indini
sondan ayirish bilan tanishadilar o‘rganilgan xossa va
qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini
beradi. Qo‘shiluvchilar o‘rinlarini almashtirish usuli
3+6, 2+8 va h.k ko‘rinishidagi hisoblashlarni
yengillashtiradi.
Dastur arifmetik amallarining xossalarini
o‘rgatishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar
orasidagi mavjud bog‘lanishlar va amal hadlari va
uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan
tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning
hammasidan hisoblashlarda va amallar to‘gri
bajarilganini tekshirishda (shuningdek, algebraik
materialni o‘rganishda: tenglamalar yechishda va
amallarning noma’lumkomponentlarini topishga doir
masalalar yechishda ) foydalaniladi.
Arifmetik amallarni o‘rganishdagi navbatdagi
juda muhim masalalar og‘zaki va yozma hisoblash
usullaridan ongli foydalanish asosida o‘quvchilarda
hisoblash ko‘nikmalarini shakillantirish bilan
bog‘liqdir.
Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari I
va II sinflarda shakllanadi. III sinfda “Minglik”
mavzusida yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi
va bu ish IV sinfda payoniga yetadi. Shu bilan birga
yozma hisoblashlardagi og‘zaki hisoblash
ko‘nikmalari takomillasha boradi, chunki og‘zaki
hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy
element sifatida kiradi. Og‘zaki hisoblash
ko‘nikmalariga ega bo‘lish yozma hisoblashlarni
ko‘roq muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlaydi.
Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma
hisoblash usullari ham, yuqorida ta’kidlanganidek
amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan
natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari
orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi.
Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq
qiluvch xossalari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |