Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
3.6. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat 
boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik 
protsessida ishtirok etishi asoslari va maqsadi 
 
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar quyidagi 
asosga ko‘ra ishtirok etadilar:  
qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda,  boshqa  shaxslarning  huquqlari, 
erkinliklari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish 
uchun sudga ariza bilan murojaat etish; 
o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarish,  fuqarolar,  jamiyat  va 
davlatning  huquqlari,  erkinliklari  hamda  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  ish  yuzasidan  xulosalar  berish 
uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi; 
o‘z tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin. 
Davlat  boshqaruvi  organlari,  tashkilotlar  va  ayrim  fuqarolarning 
fuqarolik  protsessidagi  ishtirokining  asosiy  shakli  da’vo  taqdim  etish 
hisoblanadi.  FPKning  52-moddasi  tartibida  fuqarolik  protsessida  asosan 
davlat  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.  
 
Masalan,  Oila  kodeksining  11-moddasida  oilaviy  huquqlarni  himoya  qilish  sud  tomonidan 
fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  qoidalari  bo‘yicha,  Oila  kodeksida  nazarda  tutilgan  hollarda  esa, 
vasiylik  va  homiylik  organlari  yoki  boshqa  davlat  organlari  tomonidan  amalga  oshirilishi 
mustahkamlab  qo‘yilgan.  Undan  tashqari,  vasiylik  va  homiylik  organlari  zimmasiga  belgilangan 


 
 
42 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
tartibda  ota-onalik  huquqidan  mahrum  qilish  to‘g‘risida  da’vo  taqdim  etish,  sudlarda  ota-onalik 
huquqidan  mahrum  qilish  yoki  ularning  huquqini  cheklash  to‘g‘risida,  shuningdek  ota-onalik 
huquqlarini  tiklash  to‘g‘risidagi  ishlar  ko‘rib  chiqilayotganda  ishtirok  etish  vazifasi  yuklatiladi  (Oila 
kodeksining 80, 82, 83-moddalari).
 
 
Qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda fuqarolik protsessida 
boshqa  shaxslarning  huquqlarini  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  da’vo  taqdim  etish  yo‘li  bilan  jamoat 
tashkilotlari,  shuningdek  korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalarning 
vakillari va ayrim fuqarolar ham ishtirok etishlari mumkin.  
 
Masalan,  “Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”  gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qonunining  14-moddasiga  ko‘ra,  fuqarolar  yig‘ini  raisining  (oqsoqolining) 
vakolatlaridan  biri  sifatida  davlat  organlarida,  shu  jumladan  sudda,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
bilan  munosabatlarda  fuqarolar  yig‘inining  manfaatlarini  ifodalash  bayon  etiladi.  Shuningdek, 
spiptli ichimliklap, giyohvandlik vositalapi va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida 
fuqaponi  muomala  layoqati  cheklangan  deb  topish  to‘g‘pisida  yoki  fuqaponi  puhiy  holati 
buzilganligi  (ruhiy  kasalligi  yoki  aqli  zaifligi)  tufayli  muomalaga  layoqatsiz  deb  topish  haqida 
sudga  ariza  beradi.  Fuqarolik  kodeksining  123-moddasida  ko‘rsatilganidek,  aldash,  zo‘rlik, 
qo‘rqitish  ta’siri  ostida  yoki  bir  taraf  vakilining  ikkinchi  taraf  bilan  yomon  niyatda  kelishuvi 
tufayli tuzilgan bitim, shuningdek boshqa ba’zi g‘ayriqonuniy bitimlar faqat jabrlangan shaxsning 
da’vosi  bo‘yichagina  emas,  davlat  yoki  jamoat  tashkilotining  da’vosi  bo‘yicha  ham  qonunda 
ko‘rsatilgan organlarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 
 
 
Biron  bir  fuqaroning  spirtli  ichimliklar  yoki  narkotik  moddalarni 
is’temol qilishi tufayli muomala layoqatini cheklash to‘g‘risida yoki ruhiy 
kasalligi  yoxud  aqli  zaifligi  sababli  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilishi 
to‘g‘risidagi  fuqarolik  ishi  uning  oila  a’zolari  arizasi  bo‘yicha  kasaba 
uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlarining,  davolash muassasasining 
arizasi  bo‘yicha  sudda  vasiy,  homiy  organlarining  vakillari  ishtirokida 
ko‘rib hal etiladi. 
Mualliflik  huquqidan  kelib  chiqadigan  nizolarda  muallifning  shaxsiy 
va  mulkiy  huquqlarini  himoya  qilish  maqsadlarida  sud  ishida  muallif 
huquqlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  respublikadagi  Agentlikning  vakili 
ishtirok etishi mumkinligi qonunda o‘z ifodasini topgan. 
Fuqarolik kodeksining 1054-moddasida muallif vafot etganidan so‘ng 
uning shaxsiy huquqlari himoya qilinishi mualliflar huquqlarini muhofaza 
qiladigan tashkilotlarning da’vosi bo‘yicha  amalga oshirilishi  mumkinligi 
ko‘rsatilgan. 
Ba’zi  hollarda  fuqarolik  ishining  to‘g‘ri  hal  qilinishidan  manfaatdor 
bo‘lgan  jamoat  tashkilotlari  ham  sudda  qatnashishlari  mumkin.  Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, huquqlari va ularning 
faoliyati  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonuni  11-moddasiga  ko‘ra,  kasaba 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
uyushmalari  mehnatkashlarning  mehnat  huquqlarini  himoya  qilib,  da’vo 
ariza  bilan  sudga  murojaat  qilishga  haqlidir.  Shu  maqsadda  kasaba 
uyushmalari  huquqiy  yordam  xizmatlari  va  boshqa  zarur  idoralarga  ega 
bo‘lishi  mumkin.  Xodimlarning  vakillik  organlari  boshqa  ishlar  bilan  bir 
qatorda  mehnat  nizolarini  ko‘ruvchi  organlarda  xodimlar  manfaatini 
himoya qilishda qatnashishlari mumkin. 
Mehnatga oid ishlarni sudda ko‘rishda xodimlarga ishlab chiqarishda 
yetkazilgan  zararlarni  undirish  va  baxtsizlik  hodisasining  ro‘y  berishi 
sabablari to‘g‘risida xodimlar vakillik organlarining fikr berishi (FPKning 
52,  53-moddalari,  MKning  259-moddasida)  ko‘rsatilgan.  Yakka  mehnat 
nizolarini  sudda  ko‘rishda  xodim  manfaatini  ifoda  etuvchi  taraf  sifatida 
xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi qonunda o‘z ifodasini topgan. 
Mehnat  nizolarini  ko‘rish  haqidagi  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilish 
huquqiga  ega  bo‘lgan  shaxslar  qatorida  Mehnat  huquqi  bo‘yicha 
inspektorlari ham e’tirof etiladilar (MKning 268-moddasi).  
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi 
organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok 
etishining 
asosiy 
maqsadi 
sog‘lig‘ining 
yomonligi, 
mehnatga 
layoqatsizligi,  yoshi  va  boshqa  sabablarga  ko‘ra  o‘zlarining  huquqlarini 
himoya  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmagan  shaxslarga  sud  orqali  himoya 
qilishda ko‘maklashish va yordamlashishdan iboratdir. Shuningdek, davlat 
boshqaruvi  idoralari,  tashkilotlar  va  ayrim  fuqarolarning  fuqarolik 
protsessida xulosa berish  maqsadida sud tomonidan jalb etilishi fuqarolik 
ishini to‘g‘ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish