Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Ijro harakatlarini amalga oshirishning



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

20.2. Ijro harakatlarini amalga oshirishning 
 umumiy shartlari 
 
Jamiyatimizda olib borilayotgan keng qamrovli sud-huquq sohasidagi 
islohotlar zamirida sud hujjatlarini to‘laqonli ijro etish, buzilgan huquqlar 
va  qonuniy  manfaatlarni  to‘laligicha  tiklash  va  shu  orqali  sud 
hokimiyatining  mavqeini  oshirish,  sudlar  tomonidan  chiqarilayotgan  odil 


 
 
240 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
sudlov hujjatlarining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish muammosi 
yotadi.  
Buzilgan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilishga 
oid  halqaro  tajriba  shundan  dalolat  beradiki,  shaxs  huquqlari  va 
manfaatlarini  to‘la-to‘kis  himoya  qilishda  sudlov  organlari  va  boshqa 
organlarning  hujjatlarini  ijro  etish  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Darhaqiqat, 
qonuniy  va  asosli  chiqarilgan  deb  qaraladigan  sud  hal  qiluv  qarori  bilan 
huquq buzilgan bo‘lsa, bunda huquqni to‘la va har tomonlama tiklanishiga 
erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun avvalo ushbu sud qarori to‘liq 
ijro  etilishi  lozim  bo‘ladi.  Zero,  sud  hujjatlari  lozim  darajada  ijro  etilmas 
ekan, sudlar tomonidan qabul qilingan odil sudlov hujjatlarining tarbiyaviy 
va amaliy ahamiyatiga putur yetishi mumkin. 
Sud  hujjatlari  ular  qonuniy  kuchga  kirgandan  keyin  ijroga 
qaratiladi, bundan uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijro 
etilishi  hollari  mustasno.  Sud  hujjatining  majburiy  ijrosi,  agar  FPKda 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud tomonidan beriladigan ijro 
varaqasi asosida amalga oshiriladi (FPKning 446-moddasi). 
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 447-moddasi talabida ijro varaqasi 
sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga 
bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat ekanligi qayd etilgan. 
Har bir sud hujjati bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro 
turli  joylarda  yoki  bir  nechta  undiruvchining  foydasiga  amalga 
oshiriladigan  bo‘lsa,  sud  undiruvchilarning  iltimosiga  binoan  ijro  joyini 
yohud  hal  qiluv  qarori  ijrosining  har  bir  ijro  varaqasiga  tegishli  qismini 
aniq  ko‘rsatgan  holda  bir  necha  ijro  varaqasi  beradi.  Bir  nechta 
javobgardan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori asosida 
javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar 
solidar  javobgarlardan  undirish  nazarda  tutilayotgan  bo‘lsa,  har  bir  ijro 
varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi va solidar javobgar 
ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi kerak. 
Ijro  varaqasi  sud  hujjatini  qabul  qilgan  sud  tomonidan  undiruvchiga 
beriladi yoki sud hujjati konuniy kuchga kirgandan so‘ng besh kun ichida 
undiruvchining  iltimosnomasiga  ko‘ra  davlat  ijrochisiga  ijro  etish  uchun 
yuboriladi,  bundan  sud  hujjati  chiqarilishi  bilanoq  ijro  varaqasi  berilib, 
darhol ijro etiladigan hollar mustasno. 
Jinoyat  sodir  qilish  natijasida  yetkazilgan  zararni  undirish, 
alimentlarni  undirish,  mayib  bo‘lganlik  yoki  sog‘liqqa  boshqacha  shikast 
yetganlik,  shuningdek  boquvchi  vafot  etganligi  natijasida  ko‘rilgan 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
zararning  o‘rnini  qoplash,  xodim  bilan  mehnat  shartnomasini 
g‘ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilish  yohud  xodimni  g‘ayriqonuniy 
ravishda boshqa ishga o‘tkazishda yoki sudning ishga tiklash to‘g‘risidagi 
hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslardan 
pul  summalarini  undirish,  davlat  daromadiga  pul  mablag‘larini  undirish 
hollarida  sud  o‘z  tashabbusiga  ko‘ra  ijro  varaqasini  ijro  etish  uchun 
yuboradi. 
Davlat  foydasiga  mulkiy  undiruvlar  bo‘yicha  ijro  varaqasi  hal  qiluv 
qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng uch ish kuni ichida sud tomonidan 
qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi. Ijro varaqasi 
elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin (FPKning 449-moddasi). 
Ijro  varaqasining  yoki  sud  buyrug‘ining  asl  nusxasi  yo‘qotilgan 
hollarda,  sud  hujjatini  chiqargan  sud  undiruvchining  yohud  davlat 
ijrochisining arizasiga ko‘ra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. 
Dublikat  berish  haqidagi  ariza  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  xabardor 
qilingan  holda  sud  majlisida  ko‘riladi,  biroq  ularning  kelmaganligi 
dublikat berish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 
Dublikat  berish  to‘g‘risidagi  ariza  bunday  ariza  sudga  kelib  tushgan 
paytdan e’tiboran o‘n kun ichida sud majlisida ko‘riladi. Sudning dublikat 
berish to‘g‘risidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) 
berilishi  mumkin.  Xususiy  shikoyatda  (protestda)  xususiy  shikoyat 
(protest)  bergan  shaxsning  yoki  uning  vakilining  telefonlari  va  fakslari 
raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin. 
Shu  o‘rinda,  ijro  varaqasini  ijroga  taqdim  etish  muddatiga  alohida 
to‘xtalib  o‘tish  maqsadga  muvofiqdir.  Ya’ni,  sudning  hal  qiluv  qarori 
majburiy  tartibda  ijro  etish  uchun,  agar  qonunda  boshqa  muddat 
belgilanmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil 
ichida taqdim etilishi mumkin. Davriy to‘lovlarni undirish uchun berilgan 
ijro  varaqalari  bu  to‘lovlar  undiriladigan  butun  davr  ichida  ijroga  taqdim 
etilishi  mumkin.  Ijro  varaqasi  ijroga  taqdim  etilguniga  qadar  o‘tgan  vaqt 
uchun  davriy  to‘lovlar  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  belgilangan 
muddatlar doirasida undiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda 
tutilgan  muddatlarning  o‘tishi  har  bir  to‘lov  muddati  tugagan  kundan 
e’tiboran boshlanadi. Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar 
sud  hujjatining  ijrosi  kechiktirilgan  yoki  bo‘lib-bo‘lib  ijro  etilishiga  yo‘l 
qo‘yilgan bo‘lsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan 
boshlanishi ko‘rsatiladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolik  protsessual  kodeksining  452-


 
 
242 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
moddasi  bayoniga  ko‘ra  ijro  varaqasini  ijroga  taqdim  etish  muddatining 
uzilishi, ya’ni, ijroga takdim etish muddati, agar qonunda boshqacha qoida 
belgilanmagan bo‘lsa, ijro varaqasining ijroga takdim etilishi, shuningdek 
hal  qiluv  qarorining  qisman  ijro  etilishi  bilan  uziladi. Muddat  uzilgandan 
so‘ng uning o‘tishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi o‘tgan vaqt yangi 
muddatga  qo‘shib  hisoblanmaydi.  Ijro  varaqasi  to‘liq  yoki  qisman 
undirilmay qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini ijroga takdim etish uchun 
yangi  muddatni  hisoblash  ijro  varaqasi  undiruvchiga  qaytarilgan  kundan 
e’tiboran boshlanadi. 
Shu  o‘rinda,  ijro  varaqasini  ijroga  taqdim  etishning  o‘tkazib 
yuborilgan  muddatini  tiklash  haqidagi  norma  FPK  453-moddasi  tartibida 
belgilangan  bo‘lib,  ijro  varaqasini  ijroga  takdim  etishning  o‘tkazib 
yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, 
sud  uzrli  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra  tiklanishi  mumkin.  O‘tkazib 
yuborilgan  muddatni  tiklash  to‘g‘risidagi  ariza  sud  hujjatini  chiqargan 
sudga  yoki  u  ijro  etiladigan  joydagi  sudga  beriladi.  Ariza  sudga  kelib 
tushgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida  sud  majlisida,  ishda  ishtirok 
etuvchi  shaxslarni  xabardor  qilgan  holda  ko‘riladi,  biroq  bu  shaxslarning 
kelmagan-ligi o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi masalani 
hal  qilish  uchun  to‘sqinlik  qilmaydi.  Arizani  ko‘rib  chiqish  natijalari 
bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. O‘tkazib 
yuborilgan  muddatni  tiklash  rad  qilinganligi  ustidan  xususiy  shikoyat 
(protest) berilishi mumkin. 
Sud  hujjatining  ijrosini  qiyinlashtiradigan  ob’ektiv  holatlar  mavjud 
bo‘lgan  takdirda,  sud  undiruvchining,  qarzdorning  yoki  davlat 
ijrochisining  arizasiga  binoan  hal  qiluv  qarorining  ijrosini  kechiktirishga 
yohud uning bo‘lib-bo‘lib ijro etilishiga yo‘l qo‘yishga, uni ijro etish usuli 
va tartibini o‘zgartirishga haqli. Agar vakolatli davlat organining qarorida 
yoki  taraflarning  kelishuvida  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa, 
sud  hujjatining  ijrosini  kechiktirish  yohud  bo‘lib-bo‘lib    ijro  etish  uchun 
ko‘pi  bilan  bir  yil  muddat  berilishi  mumkin.  Qarzdorga  sud  hujjatining 
ijrosini  kechiktirish  yoki  uning  bo‘lib-bo‘lib  ijro  etilishiga  yo‘l  qo‘yish 
chog‘ida,  sud  ushbu  FPKning  9-bobida  nazarda  tutilgan  tartibda  uning 
ijrosini  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi  mumkin.  Sud  hujjatining  ijrosini 
kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini 
o‘zgartirish  haqidagi  ariza  kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik 
muddatda  sud  tomonidan  ko‘riladi.  Arizani  ko‘rish  natijalari  bo‘yicha 
ajrim  chiqarilib,  uning  ko‘chirma  nusxasi  undiruvchiga,  qarzdorga, 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
shuningdek  sud  hujjatining  ijrosi  davlat  ijrochisining  ish  yurituvida 
bo‘lgan  takdirda,  davlat  ijrochisiga  yuboriladi.  Ajrim  ustidan  FPKda 
belgilangan  tartibda  shikoyat  qilinishi  (protest  keltirilishi  mumkin 
(FPKning 454-moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish