1-kazus
M. 2017-yilda sudga da’vo bilan murojaat qilib X. bilan nikoh davrida
2010-yilda NEXIA rusumli avtomashinani sotib olganliklarini,
X. 2014- yil 21-avgustda uning roziligini olmasdan avtomashinani
akasi E. ga hadya qilganligini ko‘rsatib, hadya shartnomasini haqiqiy
emas deb topishni so‘ragan.
Sud M. ning da’vosini qanoatlantirgan.
Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilib, M. ning
da’vosini rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori chiqargan. Apellatsiya
instansiyasi sudi M. da’vo muddatini uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib
borganligi haqida xulosaga kelgan va shu asosda da’voni rad qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |