1) 7-10-a.larda Kichik va O‘rta
Osiyo hamda Shimoliy
Afrikaning musulmonlar va
xristianlar (yoki butparastlar)
377
yonma-yon yashagan
hududlarida vujudga kelgan
harbiy istehkomlar yoki qal’alar.
R.larda istiqomat qilgan
musulmonlar odatda ko‘ngillilar
sifatida g‘ayridinlarga qarshi
urushlarda qatnashganlar. 11-
12-a.larda Marokashda paydo
bo‘lgan al-Murobit harakati va
davlati o‘z nomini R.
atamasidan olgan. Ayni vaqtda
Eronda R. o‘zining harbiy
ahamiyatini yo‘qotdi va darvish-
qalandarlarning qarorgohi -
xonaqohlarga aylandi.
Keyinchalik R.ning aynan shu
ma’nosi butun musulmon
dunyosiga yoyildi. 2) O‘rta
asrda musulmon shaharlari
ichkarisidagi omborxona,
karvonsaroylar yoki shahar
tashqarisidagi bozorlar.
Ramazon
Рамадан
Hijriy yil hisobining
to‘qqizinchi oyi. Islom dinida R.
oyida Alloh Muhammad
(s.a.v.)ga Qur’onni vahiy qilgan
deb talqin etiladi. Shu sababli,
R. muqaddas oy hisoblanadi, bu
oy davomida dindorlarga ro‘za
tutish buyuriladi. R. - arablarda
islomdan avvalgi to‘rt muqaddas
oydan biri; dastlab yoz fasliga
to‘g‘ri kelgan. Islom dini joriy
etilishi arafasida Makkada R.
oyida yaxshi amallar qilish
(tahannus) an’ana bo‘lgan. R.
oyining 27-kuniga o‘tar kechasi
Muhammad (s.a.v.)ga birinchi
vahiy kelgan. R.da ro‘za tutish
hijratdan 17- 18 oy keyin, ya’ni
qibla tomon o‘zgartirilgandan
bir oydan so‘ng joriy etilgan. R.
378
bilan bog‘liq ko‘p sanalar ichida
Rasululloh (a.s.)ning nabiralari
Husayn tavallud topgan kun ( 6-
kun), Muhammad (s.a.v.)ning
zavjalari Xadicha vafot etgan
kun ( 10-kun), Badr jangi kuni
( 17-kuni), Muhammad
(s.a.v.)ning Makkaga kirib
kelishlari kuni ( 19-kun), Ali va
imom Ali ar-Rizo vafot etgan
kun ( 21-kun), Ali tavallud
topgan kun ( 22-kun) kabilar
e’zozlanadi. Ro‘zaning tugashi
iyd al-fitr bayrami bilan
nishonlanadi. Turli musulmon
mamlakatlarida qadimgi
dinlarga oid marosim,
bayramlarni R.oyiga to‘g‘ri
kelib qolishi natijasida R.ga oid
marosim va an’analar ham har
bir mamlakatda o‘ziga xos
o‘tkaziladi.
Rasul Rasul
Пророк
Arab. – “elchi” - islom
an’anasida Alloh tomonidan
tanlab olinib, vakil qilingan va
targ‘ibot yuritish, da’vat qilish
vazifasi topshirilgan, ilohiy
kitob nozil qilingan payg‘ambar.
Muhammad (s.a.v.)ga nisbatan
doimo R. nomi qo‘llanib
kelinadi, bu hatto tashahhud
(kalimai shahodat)da ham
ifodalangan. Nabiy - kitob nozil
qilinmagan payg‘ambar. Shu
boisdan ham har bir rasulni
nabiy deb atash mumkinligi,
ammo nabiylarni R. deb
bo‘lmasligi qayd qilingan.
Rekonkista Reconcist
a
Реконкиста
Ispancha “Reconquista”,
“reconquistar” – “jang bilan
qaytarib olmoq” - arablar
(aniqrog‘i mavrlar) bosib olgan
379
hududlarni Pireney yarim oroli
tub aholisi tomonidan 8- 15
asrlarda jang bilan qaytarib
olinishi.
Senat Senate
Сенат
«Oqsoqollar kengashi»
ma’nosini anglatadi
Strateg Strateg
Стратег Afinaning
harbiy
boshlig‘i.
Sivilizatsiya Civilizatio
n
Цивилизация Qadimdagi
jamiyat
taraqqiyotining ancha yuksak
dara- jasi (shaharlar, yozuv va
davlatlarning rivojlanishi).
Sfinks Spinks
Сфинкс
Jasadi sherniki va kallasi
insonniki bo`lgan, piramidalarni
qo`riqlovchi afsonaviy mavjudot
Shahar-davlat City-
governme
nt
Города-
государства
Polis - tevaragidagi hududlarni
tasarrufiga olgan o`zini o`zi
boshqaruvchi shahar; Qadimgi
Yunoniston va Rimdagi kichik
mustaqil davlat; polisda
hokimiyat teng huquqli
fuqarolar qo`lida bo‘lgan
Sudxo‘rlik usurers Раставшичест
ва
Foiz evaziga qarz berish orqali
olinadigan foyda hisobiga
boylik orttirish.
Termalar Term
Римские Бани Qadimgi Rim shahridagi jamoat
hammomlari.
Tiran Tiran
Тиран
Mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan
hukmdor.
Vaqf SHaqfa
Вакуфные
земле
Arab - musulmon
mamlakatlarida davlat yoki
ayrim shaxslar tomonidan diniy
ehtiyoj yoki xayriya ishlari
uchun ajratilgan mol-mulk.
Vaqfnoma orqali
rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-
joy, maktab, masjid, shifoxona
va b. V. mulki bo‘lishi mumkin.
O‘z mulkini V.ga topshirgan
shaxslar mazkur mulkka
nisbatan egalik huquqini
yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki
oila a’zolari yoxud uchinchi bir
380
shaxs V. mulkidan vaqfnomada
qayd etilgan maqsadlarda
foydalanilayotganligini aniqlash
uchun V. mulkini boshqarish
huquqini saqlab qolishi
mumkin. O‘z mulkini V. mulki
sifatida topshirgan shaxsning
farzandlari yoki boshqa
avlodlari mazkur V. mulkidan
keladigan daromadlardan nafaqa
olib turishi mumkin. V. mulkini
Shariat qonuni bo‘yicha davlat
boshlig‘i yoki qozi nazorat
qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi
mamlakatlarida hozir ham
amalda.
Varvar Varvar
Варвары
Dastlab: yunon tilida
so`zlashmaydigan har qanday
chet mamlakatlik kishi;
keyinchalik bu so`z
madaniylashmagan odamlarga
nisbatan ishlatiladigan bo`ldi.
Xiroj Xiraj
Хараж
Xaroj (arab. – “soliq”) - 1) o‘rta
asr musulmon davlatlarida yer
solig‘i. Dastlab X.ni Arab
xalifaligida faqat g‘ayridinlar
to‘lashgan. Musulmonlar ushr
solig‘i to‘laganlar. Keyinchalik
yer egalari, asosan,
musulmonlar bo‘lgach, X.
umumiy yer solig‘iga aylangan.
X. alohida shaxsdan yoki
jamoadan (butun qishloq
ahlidan) olinishi mumkin
bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda u
turli nomlarda atalgan. Usmonli
turk imperiyasida X. deb
musulmon bo‘lmaganlardan
olinadigan jon va yer soliqlari
aytilgan (yana q. Jizya); 2) O‘rta
Osiyoda o‘rta asrlarda davlat
381
yerlaridan to‘plangan soliq.
O‘rta Osiyoda 8-a.da islom
dinining tarqalishi jarayonida
joriy etilgan, Shariatda
qonunlashtirilgan edi.
Zamonaviy soliq tizimining
amalga kiritilishi bilan X.
yig‘ish yo‘qolib ketdi.
Xronologiya Chronolog
y
Хронология
Asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi
haqidagi fan; turli-tuman
voqealar sanasi xronologiya
yordamida aniqlanadi va
aniqlashtiriladi.
Xums Khoms
Хумс
Arab. – “beshdan bir” - islom
an’anasida musulmon
qo‘shinlari qo‘lga tushirgan
o‘ljalarning beshdan bir qismi.
Uni avval Muhammad (s.a.v.)
ixtiyoriga, keyinchalik xalifalar
xazinasiga (q. Bayt ul-mol)
ajratilgan, qolgan qismini harbiy
boshliqlar o‘zlari va
lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu
qoida ilk islom davridayoq
Qur’on oyatlarida ( 8: 42) bayon
etilgan va shu asosida amalga
kiritilgan, u o‘rta asrlarda barcha
musulmon mamlakatlarida
qo‘llanilgan. X. sifatida
to‘plangan mablag‘larning
beshdan bir qismi avval
Muhammad (s.a.v.) va uning
avlodlarini ta’minlashga,
shuningdek, qo‘shinlar
xarajatlariga sarflangan.
Xalifalar va keyingi hukmronlar
davrida X. xazinaga tushgan.
Xun Revenge
Месть
O`ldirilgan urug` a'zosi uchun
olinadigan qonli o‘ch, qasos.
Zikkurat Ziggurat
Зиккурат
Tepasida ibodatxonasi bolgan
zinapoyali yirik minora.
382
Do'stlaringiz bilan baham: |