avvalgi 74-71 yillarda Italiyada bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar
mamlakatdagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Miloddan avvalgi 70
yili konsul etib saylangan Gney Pompey va Mark Krasslar Rim
siyosatida o‘z o‘rinlariga ega edilar. Pompey qo‘l ostida Rimning 11
legioni va harbiy floti bo‘lsa, Krass Rim mudofaasining bosh
qo‘mondoni etib tayinlanadi. Pompey Sharqqa yurish qilgan vaqtida
Rimda siyosiy kurash avvalgidan yanada avj oladi.
Bu davrda siyosiy sahnaga Gay Yuliy Sezar chiqdi. Miloddan avvalgi
65 yili Yuliy Sezar Rim sudida qonunlarni tuzish vazifasida ishlagan.
U miloddan avvalgi 101 yilning 12 iyulida tug‘ilgan. Yuliylar urug‘i
qadim patritsiylar avlodidan hisoblanib, miloddan avvalgi II asrga
kelib Yuliylar kambag‘allashib, Rim siyosiy hayotidagi mavqyei
tushib ketadi. Sezarning ammasi Gay Mariyning rafiqasi bo‘lib, shu
bois u Mariy qo‘lida bir necha yil xizmat qiladi. Keyinchalik Sezar
Do'stlaringiz bilan baham: |