Oktavian ikkinchi triumvirat tuzdilar. Ammo ularga qarshi Sent
Pompey qo‘shini kurash boshlab, Sitsiliya, Sardiniya va Korsika
orollarini bosib oladi. Shuningdek Sent Pompey Rimga oziq - ovqat
keltiriladigan yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.
Miloddan avvalgi 42 yili Mark Brutt va Gay Kassiylar Sharqiy
viloyatlarda yangi qo‘shin to‘plashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa
triumviratga xavf tug‘dirgan. Ular respublikachilar bilan til biriktirib,
o‘n sakkizta legion tuzishga erishdilar. Keyin Italiyaga g‘arbdan
bostirib kirdilar. Ammo respublikachilar triumviratning yigirmata
legioni qarshiligiga duch kelib, jangda yengildilar. Shunday qilib,
respublikachilar qo‘shini Filippi yonida yakson etildi. Antoniy
Sharqiy O‘rta dengiz sohillari, eng boy madaniy viloyatlarga ega
bo‘lsa, Galliya, Illiriya va Ispaniyani boshqarish huquqi Oktavianga
topshirildi, Lepid Oktavian qo‘l ostida qoldi. Oktavian endilikda Sent
Pompey bilan kurashishiga to‘g‘ri keldi. Urush miloddan avvalgi 40
yildan miloddan avvalgi 35 yilga qadar davom etdi. Pirovardida Sent
Pompey qo‘shinlari tor-mor keltiriladi. Bu vaqtlarda Antoniy Misr
Do'stlaringiz bilan baham: |