“Hujjatlar kitobi” ni, “tarixiy kitob” - “Shutszin”ni alohida ta'kidlab
o‘tish lozim. Bu kitobda qadimgi hukmdorlar yoki ularning
maslahatchilariga qarashli nutq, nasihatlar va farmonlar keltirilgan.
Undan mamlakatning topografiyasi va boshqarish tizimiga doir
qiziqarli ma'lumotlarni topish mumkin. Biroq “Hujjatlar kitobi”ni
Konfutsiy qayta ishlagan va natijada u diniy va siyosiy an'analar bilan
omuxta bo‘lib, nasihatlar to‘plamiga aylanib qolgan. Xitoy tarixining
to‘laqonli ravishda poydevorini yaratgan shaxs Sima Syan
hisoblanadi. U mashhur tarixchi bo‘lib, miloddan avvalgi II - I
asrlarda Xitoyda yashab o‘tgan. Sima Syanning “Tarixiy xotiralar”
deb nomlangan asari qadimgi Xitoy tarixiga oid manba hisoblanadi.
Muallif bu asarida Xitoyning qadimgi tarixini tartibga soladi. Sima
Syanning bir qadar siyosiy axloqiy va tarixiy asari Xitoy
tarixshunosligi rivojiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Keyinchalik Xitoy
tarixnavisligida barcha sulolalar tarixi haqida kitoblar saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |