207
arboblarini o‘zi tayinlagan. U xazinabon hamda oliy sud
boshqaruvchisi bo‘lgan.
Parishad va sabha. Davlatni boshqarishda shoh a'yonlari kengashi
- parishad katta rol o‘ynagan.
«Artxashastra»da
mazkur kengash -
mantriparishad (shoh vazirlari mantrinlar majlisi) deb atalgan.
Kengash barcha buyruqlarni bajarish va tizimni tekshirish bilan
shug‘ullangan. Parishaddan tashqari bir necha ishonchli shaxsdan
iborat tor doiradagi maxfiy kengash mavjud edi. Parishad tarkibi
davlat ehtiyojidan kelib chiqib tayinlangan. Ashoka davrida parishad
dharma qonun-qoidalari bajarilishini
nazorat qilgan va mamlakat
o‘lkalarini boshqarish usullari bilan tanish amaldorlar vazifalarini
belgilagan. Parishadda qizg‘in tortishuvlar bo‘lib turar, goho hukmdor
va parishad a'zolari o‘rtasida ham kelishmovchiliklar chiqardi.
Ayniqsa, Ashoka davrida bunday qarama-qarshiliklar keskin tus oldi.
Sabha muhim siyosiy vazifalarni ado etar, Mauriylar davrida
uning tarkibi ham ancha qisqardi. Parishadga
nisbatan roja sabha
ko‘proq vakolatga ega bo‘lib, uning hay'atiga shahar va qishloq
aholisining ayrim vakillari kirar edi. Podsho ko‘pincha ko‘mak istab
roja sabhaga murojaat qilardi. Ashokaning roja sabha a'zolari oldida
ma'ruza qilgani ma'lum. Sabha Chandragupta davrida ham mavjud
bo‘lgan.
Soliqlar. Shohning muhim vazifalaridan biri soliq yig‘ishni
tashkil etishdan iborat bo‘lgan. Kuchli
hokimiyat asosini xazina
tashkil qiladi. Shu sababli hukmdor hamisha xazina to‘lishidan
manfaatdor bo‘lgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 1/6 qismiga
teng bo‘lgan shoh ulushi - bxaga soliqning asosiy turi edi. Shohni
hatto shadbxagin, ya'ni “oltidan bir qismini oluvchi” deb ham
ataganlar. Hosil yaxshi bo‘lgan mavsumlarda bxaga 1/4 va 1/
3
hajmiga qadar ham olingan. Taqchillik vaqtida
bu ulush yanada ortishi
va shoh ehrom boyliklarini ham o‘zlashtirishi mumkin edi.
Soliqlarning asosiy qismi hukmdor xazinasiga kelib tushgan va
ularning katta qismini dehqonlar - katta yerga ega bo‘lmagan erkin
jamoa a'zolari to‘lardilar. Bundan tashqari savdogar, kosib va
chorvadorlardan ham soliq olingan.
Aholining ayrim qatlamlari
soliqdan ozod qilingan.
Shahar boshqarmasi.
Mauriylar davrida o‘z-o‘zini boshqarishning
ayrim xususiyatlari shaharlarda ham saqlanib qolgan. Ashoka
208
yozuvlarida ichki, ya'ni vijita ichkarisi va tashqi shaharlar haqida so‘z
boradi. Imperiya poytaxti - Pataliputra edi. Megasfen o‘z asarida
maxsus shahar amaldorlari - astinomlar haqida yozib qoldirgan.
Mazkur amaldorlar shahar hayotining ma'lum sohalari ustidan nazorat
qilganlar. Shahar kengashi amalda shahar bosh tashkiloti hisoblanardi.
Uning a'zolari markaz yoki viloyat
amaldorlari tomonidan
tayinlangan.
Ashokaning diniy siyosati.
Mauriylar davrida Budda dini
Hindistonda keng tarqaldi.
Miloddan avvalgi III asrda buddizm
qadim hind jamiyati ma'naviyatida asosiy yo‘nalish bo‘lib qoldi. Bu
vaqtda budda jamoasi - Sangxa mavjud bo‘lib, bu dinga oid muhim
asarlar yaratildi. Aynan shu davrda buddaviylik keng tarqalib, taraqqiy
etdi. Budda dini kuchli davlat tepasidagi
yakka hokim - Chakravartin
g‘oyasi bilan birlashgan imperiya tayanchi bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: