«Fathul Boriy»da yoziladi: «Ibn Battol Jobir (r.a.) dalilini, ya’ni, Rasululloh (sollallohu
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
«Ba’zilar aytishi mumkin: Umar (r.a.) Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam):
«Ruxsat bering, uning bo‘yniga uray», deya murojaat etganida Payg‘ambar alayhissalom
quyidagi javobni bergan edilar.
– Agar u Dajjol bo‘lsa, sen unga (uni o‘ldirishga) hargiz qodir qilinmassan!
Bu Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganliklariga ochiq dalil. Ya’ni,
Umar (r.a.): «Ibn Sayyod – Dajjol», deb qasam ichganida Payg‘ambar alayhissalomning
sukut etganlari Umar qasamini tasdiqlaganlari bo‘lmaydi.
Biz bu e’tirozga quyidagi ikki javobni berishimiz mumkin.
1. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikkilangan vaqtlarida ham Alloh taolo u
zotga Ibn Sayyodning Dajjol ekanini bildirmagandir... Keyin, ya’ni, Alloh taolodan ilm
kelganidan so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umar (r.a.) qasamlariga e’tiroz
bildirmadilar.
2. Arablar ba’zan ochiq-oydin so‘zlarni ham xuddi shubhalanayotgan kishining uslubi
bilan gapiradilar. Demak, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni (r.a.) Ibn
Sayyod qonini to‘kishdan lutf qilib qaytarganlar».
Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarga «Agar u Dajjol bo‘lsa, hargiz
(uni o‘ldirishga) qodir qilinmassan», deganlarida lutf qilgan edilar. Bu Rasulullohning
(sollallohu alayhi vasallam) ikkilanganliklarini anglatmaydi. Aksincha, Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning Dajjol ekanini bilib turib, bir hikmat sababli
ochiq aytmagandirlar. Zero, Alloh taolo Payg‘ambariga bu xabarni e’lon etishni
buyurmagan edi. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Umarni
qaytarar ekanlar, ochiq gapirmasdan, lutf bilan to‘xtatib qo‘ya qoldilar.
Ko‘rinib turibdiki, Ibn Battol Ibn Sayyodni Dajjol deb bilgan. Lekin u qat’iy o‘z fikrini
bayon qilmagan. Vallohu a’lam!
Ibn Battol Ibn Sayyodning Dajjol ekaniga dalolat qiluvchi hujjat keltirgan:
65. Ibn Umardan (r.a.) Abdurazzoq sahih sanad bilan rivoyat qiladi:
«Ibn Sayyodni bir yahudiy kishisi bilan birga ko‘rdim. Uning bir ko‘zi so‘nib (ko‘r
bo‘lib), xuddi tuyaning ko‘zidek tashqariga chiqib turardi.
– Ey Ibn Sayyod, Alloh haqqi ayt-chi, qachon ko‘zing so‘ndi (ko‘rmay qoldi)? – deb
so‘radim.
– Rahmonga qasamki, bilmayman, – deb javob berdi Ibn Said.
– Yolg‘on gapiryapsan! Boshingdagi ko‘zingni bilmaysanmi?!
U ko‘zini siladi-da, uch marta xirillab yubordi. (Yonidagi) yahudiy meni qo‘li bilan
uning ko‘kragiga urdi, deb o‘yladi. Men unga dedim:
– Tur, yo‘qol! Haddingdan oshma!
(Keyin) bu voqeani Hafsaga hikoya qilib berdim. Hafsa dediki:
– Sen undan uzoq yur. Aytishlaricha, Dajjol u g‘azab qilgan vaqtda chiqar ekan».