Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Navaviyning fikri
Imom Navaviy «Sahihi Muslim» sharhida yozadi:
«Uni Ibn Sayyod yoki Ibn Said deyishadi. Asli ismi Sof. Ulamolar aytadilar: «Ibn
Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi tortishuvli masala. Bu mushkul qissa. Lekin uning
kichik Dajjollardan biri ekaniga hech shak-shubha yo‘q. Hadislar zohiriga ko‘ra, Ibn
Sayyodning Dajjol yoki Dajjol emasligi haqida vahiy tushmagan. Rasulullohga (sollallohu
alayhi vasallam) faqat Dajjolning sifatlari tushirilgan va ba’zi o‘xshashliklar Ibn
Sayyodda topilgan. Shuning uchun ham Payg‘ambar alayhissalom u haqda keskin bir
so‘z aytmaganlar. Umar (r.a.) uni o‘ldirmoqchi bo‘lib izn so‘raganida ham: «Agar u
Dajjol bo‘lsa, hech qachon o‘ldira olmaysan», deyish bilan kifoyalangan edilar».
Ammo Ibn Sayyodning musulmonligi, Dajjolning esa kofir bo‘lishi, uning bolasi borligi,
Dajjolning esa farzandsiz o‘tishi, Ibn Sayyodning Madinaga kirgani va Makka tomon
safar qilgani, Dajjolning Makka-Madinaga kirmasligi – bularning barchasi Ibn Sayyodning
Dajjol emasligiga dalil bo‘la olmaydi. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
Dajjolning oxir zamondagi, ya’ni insonlarni fitnaga solgan vaqtidagi sifatini aytganlar.
Ibn Sayyod qissasining ishtibohligi uning yolg‘onchi-kazzob Dajjollardan biri ekaniga
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Mening Rasululloh ekanimga guvohlik
berasanmi?» deb so‘rashi va qilgan da’volari dalildir.
Ibn Sayyod quyidagi da’volarni qilar edi:
– Oldimga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham keladi.
– Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
– Agar menga (Dajjol bo‘lish) taklif qilinsa, yomon ko‘rmasdim.
– Men u (Dajjol)ning o‘zini ham, tug‘ilishini ham va hozir qaerda ekanini ham yaxshi
bilaman.
«Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto yo‘lni to‘ldirdi».
Ibn Sayyodning o‘zini muslim ko‘rsatishi, haj-jihod qilishi va unga nisbatan
bildirilayotgan shabha-gumonlardan tonishi – bularning barchasi uning Dajjol emasligiga
ochiq dalil bo‘la olmaydi» (Navaviy so‘zi tugadi).
Navaviyning oxirgi so‘zidan ham ko‘rinib turibdiki, u Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn
Umar va Jobir ibn Abdulloh rayini ma’qullagan. Chunki Ibn Sayyodda ko‘ringan ba’zi
narsalar uning katta Dajjol bo‘lishini man qilmaydi. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) aytgan Dajjol sifatlari-ishlari faqat oxir zamonda – Dajjol chiqqan vaqtda zohir
bo‘ladi. Vallohu a’lam!
Do'stlaringiz bilan baham: