3.1 Issiqlikni iste’mol qilish grafiklari
Mavsumiy iste’molchilarda o’rtacha issiqlik oqimlarining qiymatlari (I.10) va
(I.11) ifodalarga ko’ra tashqi havoning haroratiga chiziqli bog’lanishga egadir. Turar-
joy va jamoat binolari uchun isitish va ventilyatsiya tizimiga bo’lgan o’rtacha issiqlik
oqimlarining minimal qiymatlari tashqi havoninng harorati Q8
0
S bo’lganda
aniqlanadi (1.1-rasm).
Ventilyatsiyaga bo’lgan maksimal issiqlik sarfi tashki havoning isitishi uchun
loyihalash harorati bilan aniqlanadi va grafikda to’g’ri chiziq bilan ifodalanadi.
Turar-joy tumanlari uchun issiq suvga bo’lgan issiqlik sarflari kun davomida
va hafta davomida bo’ladigan sarflariga ko’ra katta farq qilinadi. Turar-joy binolari
uchun qish faslida, hamda yakshanba va bayram kunlarida issiq suvga bo’lgan talab
maksimal miqdorda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |