1.5. Issiqlik ta`minoti isitish va ventilyatsiya tizimlarini loyihalash.
Muhandislik tizimlarini rekonstruktsiya qilishdan oldin ham keyin ham, albatta
qilinadigan ishlar, binolar va inshootlarda loyihalash ishlari ham olib boriladi.
Muhandislik tizimlari maxsus loyihalar bo`yicha yig`iladi:
erto`la va qavatlar rejasi; rejalarga vodoprovod va trubaprovodlari, suv olish va o`t
o`chirish kranlari, sanitariya texnikasi asboblari tushirilgan. Har xil planirovkali
qavatlar uchungina qavatlarning alohida planlari beriladi: ichki vodoprovod
tarmog`ining sxemalari. Sxemada binoning trubaprovodlari, trubalarning diametrlari,
nasos qurilmalari, kirish trubalari, suv olish va o`t o`chirish kranlari, ventillar, o`tish
joylari qiyaliklar ko`rsatiladi. Magistrallar, stoyaklar va asboblarga boradigan kalta
trubalar o`zaro qanday bog`langanligini sxemada tasavvur qilish mumkin.
Loyihaga xisoblash-tushuntirish yozuvi qo`shib beriladi, bunda sxemaning
tavsifi, suv iste`mol qilish normalari va hisoblari beriladi, jihozlarning tavfsiloti
keltiradi.
Chizmadan trubalarning aniq o`lchamlarini chiqarish mumkin. Montaj
chizmalari bo`yicha trubani
o`lchamay
oldindan tayyorlash, shuningdek,
vodoprovodni montaj qilish mumkin.
Joriy remontlar sistemalarning barvaqt yoyilishidan saqlash va mayda
shikastlanishlar, buzuqliklarni bartaraf etish, shuningdek, sistemalarni rostlash
bo`yicha sistematik va o`z vaqtida o`tqaziladigan ishlardan iborat.
Kapital remont jihozlar, sistemalarni qayta tiklashdan iborat. Bino
foydalanishga topshirilgach, 15 yildan so`ng o`tqaziladigan bunday remont vaqtida
xizmat muddati tugagan truboprovodlar va jihozlar butkul almashtiriladi. Turar-joy
binolarining sanitariya texnikasi jihozlarining xizmat qilish muddatlari qo`yida
keltirilgan.
Ventilyatsiya sistemalarining rekonstruktsiya qilish ularning sxematik shaklini
o`zgartirish, yangi elementlar qo`shilishi va ventilyatsion kanallar ko`ndalang
kesimlarining o`zgarishiga olib keladi.
Rekonstruktsiya qilishga qo`yidagilar misol bo`lishi mumkin:
qo`shimcha ventilyatsion kanallar qo`shish.
yangi qo`shimcha elementlar qo`shish.
tabiiy ventilyatsiya sistemalarini sun`iy ventilyatsiya sistemalariga almashtirish.
Isitish sistemalarini loyiha qilish mobaynida ularni shakli (sxemasi)
tarmoqlarining ichki diametrlari, isitish asboblarining turlari, boshqaruv jihozlari,
tashqi tarmoqlarning izolyatsiya qatlamlari o`zgarishi mumkin. Bu ishlarni bajarish
uchun ular xisoblanib smeta xujjatlarini tayyorlash keraq
Do'stlaringiz bilan baham: |