42
Ayrim hollarda avtomobilni to‘xtab turish joylarida to‘xtatganda,
to‘xtab turish tormozi o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi.
Bu – yo‘llarda harakatlanish qoidalariga ziddir. Istisno tariqasida,
boshqa iloj qolmaganda karburatorli avtomobillarda bu usulni qo‘l-
lash mumkin, chunki o‘t oldirish tizimi o‘chirib qo‘yilganda, biror
sababga ko‘ra, harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmay di.
Dizel dvigatelli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man
etiladi. Bundan tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani
ulab qo‘yish dizel dvigatelli avtomobillarda qat’iy taqiqlangan.
Tormozning ikki turi mavjud: xizmat yuzasidan va tasodifan
(favqulodda).
Xizmat yuzasidan tormozlash deb, avtomobilning
tezligini pasay-
tirish yoki haydovchi oldindan ko‘zlagan joyda to‘xtatishiga aytiladi.
Tasodifan tormozlash deb, kutilmaganda qatnov qismida paydo
bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori
intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan
baholanadi. Bulardan asosiysi: eng katta sekinlashuv va to‘xtash
yo‘li hisoblanadi.
Tormoz yo‘lining qiymati, ayrim hollarda eng katta sekinlashuv
qiymati, avtomobilning texnik tavsifnomasida ko‘rsatiladi.
Tormoz xususiyatining ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash sharoitiga
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda,
quruq asfaltga
qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning
uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz
xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda, odatda, uni aniqlagan
sharoit ko‘rsatiladi. Avtomobilning tormoz yo‘li, uning yonilg‘i to‘la
quyilgan, birga yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal
yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km boshlang‘ich tezlikda aniqlanadi.
Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus
pribor-desslerometr qo‘llaniladi.
Tormoz yo‘li deb, avtomobilni tormozlashni boshlagandan to u
to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofaga aytiladi.
To‘xtash yo‘li deb, to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xta-
guncha, avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi.
Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.
43
30-rasm. Avtomobilning tormozlanish protsessi grafigi.
Bu grafikda:
t
1
– haydovchi to‘siqni ko‘rib, tormozlash
zarurligi haqida qaror
qabul qilguncha ketgan vaqt, ya’ni haydovchining reaksiyasi uchun
zarur bo‘lgan vaqt;
t
1
= 0,3...1 s;
t
2
– haydovchi oyog‘ini drossel pedalidan olib, tormoz pedaliga
qo‘yishi uchun ketgan vaqt;
t
3
– tormoz yuritmasidagi ish suyuqligi (yoki havo) inersiya-
sini hamda lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt, gid
ravlik
yuritma uchun t
3
= 0,2...0,3;
pnevmatik yuritma uchun t
3
= 0,3...1,3;
avtopoyezd tormozining yuritmasi uchun
t
3
= 2...2,5
s;
t
4
– tormozlovchi kuchning
P
Tmax
(A nuqta) gacha o‘sishi uchun
zarur bo‘lgan vaqt
t
4
= 0,5 s;
t
T
– tormozlash uchun ketgan vaqt;
t
5
– avtomobil to‘xtagandan so‘ng sistemada bosim nolgacha
kamayishi uchun ketgan vaqt.
Haydovchining reaksiyasi uning sog‘lig‘iga, asabiga va
boshqalarga bog‘liq. Ayniqsa, spirtli ichimlik iste’mol qilgan
haydovchining reaksiya vaqti
t
1
katta qiymatga ega bo‘ladi, natijada
harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi. t
2
vaqt ham haydovchining
reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum intervalda o‘zgaradi. Tormoz
yuritmasidagi lyuftlarni yo‘qotish
uchun ketgan vaqt t
3
suyuqlik
44
siqilmaganligi va havoning siqilishi mumkinligi sababli gidravlik
yuritma uchun kam, pnevmatik yuritma uchun esa katta qiymatga
ega. Avtopoyezdning umumiy uzunligi katta bo‘lganligidan
pnevmatik yuritmaning ishlashi uchun ko‘p vaqt ketadi.
t
4
vaqt
haydovchi avtomobilni boshqarishining individual uslubi va tormoz-
lash vaqtidagi sharoitiga bog‘liq. Avtomobilni tormozlashga ket-
gan vaqt
t
T
g‘ildiraklar blokirovka qilingan daqiqadan avtomobil
to‘xtaguncha o‘tgan vaqt bilan o‘lchanadi. Blokirovka qilingan
g‘ildirak yo‘lda faqat sirpanib harakatlanadi va shuning uchun ham
qora iz qodiradi.
t
T
vaqtning qiymati tormozlanish boshlanmasdan
oldingi tezlikning qiymatiga, yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsi-
yenti bilan bog‘liq faktorlar (yo‘l
ning tipi,
ob-havo sharoiti va
h. k.) ga, avtomobil massasiga va boshqalarga bog‘liq. Bundan
tashqari, harakat xavfsizligi va effektiv tormozlanish masalalarini
hal etishda avtomobil butunlay to‘xtashi uchun ketgan vaqt T
0
va
masofa S
0
kabi parametrlar ishlatiladi. Bunda T
0
– haydovchi to‘siqni
ko‘rgandan avtomobilni to‘xtatguncha ketgan vaqt, s; S
0
– haydovchi
to‘siqni ko‘rgandan avtomobilni to‘xtatguncha o‘tilgan masofa, m.
Bu qiymatlar quyidagicha ifodalanadi:
T
0
= t
1
+ t
2
+ t
3
+ t
4
+ t
T
, c.
S
0
= S
1
+ S
2
+ S
3
+ S
4
+ S
T
, m
Bu yerda: S
1
, S
2
, S
3
, S
4
, S
T
– t
1
, t
2
, t
3
, t
4
, t
T
– vaqtlarda o‘tilgan masofalar.
Do'stlaringiz bilan baham: