Radioaktivlikni birinchi marta 1896 yilda fransuz olimi Bekkerel kuzatgan,
uran va uning birikmalari o’z-o’zidan chiqargan nurlar shaffofmas (yorug’lik
ionlashtirgan. Keyinchalik, radioaktivlikni o’rganishga bir qator olimlar, ayniksa
Per Kyuri va uning rafiqasi Mariya Kyuri–Skladovskaya katta hissa qo’shdilar.
472
Umuman, radioaktivlik hodisasida ximiyaviy elementning beqaror izotoplari
elementar zarralar yoxud nuklon chiqarib boshqa element izotoplariga aylanadi.
Tabiiy sharoitlarda mavjud bo’lgan izotoplarda kuzatiladigan radioaktivlik tabiiy
radioaktivlik, sun’iy ravishda hosil qilinadigan izotoplarda kuzatilgani esa sun’iy
radioaktivlik deyiladi. Lekin tabiiy va sun’iy radioaktivlikning bir-biridan farqi
yo’q, deyish mumkin. Ularning farqi yemirilayotgan izotoplarni tabiiy sharoitlarda
uchrashi yoki uchramasligida, holos. Radioaktivlik hodisasi tufayli radioaktiv
yadrolar yemirilib, borgan sari kamayib boradi. Radioaktiv yemirilish
N = N
0
e
- t
(29.10)
qonun bo’yicha sodir bo’ladi. Bu ifodadagi N
0
– boshlangich (ya’ni t=0) vaqtda
radioaktiv moddada mavjud bo’lgan yadrolar soni, N – biror t vaqtdan sung
yemirilmay qolgan yadrolar soni, esa yemirilish doimiysi deb ataluvchi kattalik.
Kupincha
o’rniga yarim yemirilish davri ( ) deb ataladigan kattalikdan
foydalaniladi: va lar orasida quyidagi bog’lanish mavjud:
= ln2 = 0, 693 (29.11)
Radioaktiv izotopning yarim yemirilish davri shunday vaqt intervaliki, bu
vaqt ichida mavjud radioaktiv yadrolarning yarmi yemiriladi. Ayni radioaktiv
izotop uchun o’zgarmas kattalik. Uning qiymati tashqi sharoitlarga (temperatura,
bosim, magnit yoki elektr maydonlarining ta’siriga) va radioaktiv yadrolarning
qanday ximiyaviy birikmalar tarkibida ekanligiga bog’liq emas. ning qiymatlari
turli radioaktiv yadrolar uchun turlicha, masalan, sekundning ulushlaridan million
yillargacha bo’lishi mumkin.
Tarkibida radioaktiv yadrolar mavjud bo’lgan moddalar radioaktiv manbalar
yoki preparatlar deyiladi. Radioaktiv preparatning harakteristikasi sifatida preparat
aktivligi degan fizik kattalikdan foydalaniladi. Radioaktiv preparatning aktivligi
birlik vaqtda sodir bo’ladigan yemirilishlar sonini ifodalaydi. Uning SI dagi birligi
bekkerel (Bk). 1 sekund davomida 1 yemirilish sodir bo’ladigan radioaktiv
preparatning aktivligi 1 bekkerel bo’ladi. Yadro fizikasiga oid adabiyotlarda
preparat aktivligining kyuri (Ki) deb nomlangan birligi uchraydi: 1Ki = 3, 7·10
10
473
Bk. Lekin ST VES 1052-78 ga asosan, 1980 yil 1 yanvardan boshlab bir qator
birliklarda (xususan kyuridan) foydalanish to’xtatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: