necha unlab protonlar mavjud) esa kulon kuchining miqdori bir necha ming
nyutonga yetadi. Bunday kuchlar ta’sirida yadrodagi protonlar tarqab ketishi lozim
edi. Vaholanki, barqaror yadrolar mavjud. Balki yadrolar barqarorligining sababini
nuklonlar orasidagi o’zaro tortishish gravitatsion kuchlarining ta’siri bilan
tushuntirish mumkindir. Biroq ikki proton orasidagi gravitatsion kuchning miqdori
468
Н
r
р
m
р
m
гр
F
36
10
28
2
ga teng, ya’ni gravitatsion kuch kulon kuchidan taxminan 10
36
marta kichik.
Shuning uchun barqaror yadrolarning mavjudligini yadro ichidagi tortishish
harakteriga ega bo’lgan kudratli yadroviy kuchlar bilan tushuntiriladi. Yadroviy
kuchlarning xususiyatlari tajribalarda yaxshigina o’rganilgan. Bu xususiyatlarning
asosiylari quyidagilardan iborat:
1)
nuklonlar orasidagi masofa r = (1 2)·10
-15
m bo’lganda yadroviy
kuchlar tortishish harakteriga, r<1·10
-15
m masofada esa itarish harakteriga ega
bo’ladi. r>2·10
-15
m masofalarda yadroviy kuchlarning ta’siri deyarli sezilmaydi;
2)
yadroviy kuchlarning miqdori o’zaro ta’sirlashayotgan nuklonlarning
zaryadli yoxud zaryadsiz bo’lishiga bog’liq emas, ya’ni ikki proton, ikki neytron
yoki proton va neytron orasidagi o’zaro ta’sirning kattaligi bir xil bo’ladi;
3)
yadroviy kuchlar o’zaro ta’sirlashadigan nuklonlar spinlarining
yo’nalishiga bog’liq. Bunga ikkita nuklondan tashkil topgan sistema misol bo’la
oladi. neytron va protonning spinlari faqat parallel bo’lgan taqdirdagina sistema
bog’liq bo’ladi, ya’ni deyteriy (N
2
) hosil bo’ladi. Spinlari antiparellel bo’lgan
neytron va proton N
2
hosil qilmaydi;
4)
yadroviy kuchlar tuyinish xususiyatiga ega, ya’ni har bir nuklon
yadrodagi barcha nuklonlar bilan emas, balki o’zining atrofidagi chekli sondagi
nuklonlar bilan bir vaqtning o’zida ta’sirlasha oladi.
Haqiqatdan, zamonaviy tasavvurlarga asosan, yadrodagi nuklonlar bir-biri
bilan pi-mezonlar almashib turadi. Pi-mezonlar uch xil bo’ladi: musbat (
+
),
manfiy (
-
) va neytral (
0
). Proton va neytronning o’zaro ta’sirlashishi quyidagicha
amalga oshadi: proton
+
chiqarib, o’zi neytronga aylanadi,
+
ni neytron yutadi va
u protonga aylanadi. Bu jarayonni sxematik tarzda
r + n ↔ n +
+
+ n ↔ n + p yoki n + p ↔ p +
-
+ p ↔ p + n
469
shaklida yozish mumkin. Barcha proton va neytron orasida zaryad almashinish ruy
beryapdi. Proton va neytron oarsidagi o’zaro ta’sir
0
vositasida ham ruy berishi
mumkin, lekin bu holda nuklonlar zaryad almashmaydi:
r + n ↔ r + n +
0
+ n ↔ n + p
Proton va proton yoki neytron va neytron orasidagi o’zaro ta’sir ham
0
vositachiligida o’tadi:
r + r ↔ r +
0
+ r ↔ r + p yoki n + n ↔ n +
0
+ n ↔ n + n
Shunday qilib, nuklonlar doimo mezon chiqarib va yutib turadi, ya’ni ular
mezonlar bo’luti bilan qoplangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: