Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Jismoniy shaxslar mol-mulk solig„i



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig„i 
stavkalari
17
 
 
 
Soliqqa tortish ob„ekti 
Mol-mulkning kadastr  
qiymatiga nisbatan soliq 
stavkasi 
Turar joylar, kvartiralar (shaharda joylashgan umumiy maydoni 200 
kv. metrdan yuqori bo‗lganlardan tashqari), dala hovli, garajlar va 
boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar ularning qiymatidan kelib 
chiqib 
2,0 
Shaharda joylashgan turar joylar, kvartiralarning umumiy maydoni: 
 
200 kv. metrdan 500 kv. metrgacha bo‗lgan 
2,5 
500 kv. metrdan yuqori bo‗lgan 
3,5 
 
Jismoniy  shaxslar  mol-mulkini  baholash  bo‗yicha  tegishli  organlar  tomonidan 
belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‗lmasa soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat 
markazlarida – 20 328 ming so‗m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 8833,0 ming so‗m 
miqdoridagi mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulklari 
texnik inventarizatsiyalash byurosi (TIB) xodimlari tomonidan baholanadi. 
Mulkida  soliq  solinadigan  mol-mulk  bo‗yicha  pensionerlar  uchun  mol-mulk  solig‗i 
bo‗yicha  soliq  solinmaydigan  eng  kam  miqdor  umumiy  maydonining  60  kv.metri  hajmida 
belgilanadi. 
                                                 
17
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli Qaroridan olingan. 


 
 
69 
 
Soliq qonunchiligiga ko‗ra quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‗lgan imoratlari, 
binolari va inshootlariga soliq solinmaydi: 
a) "O‗zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat qahramoni unvonlariga 
sazovor bo‗lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning
b)  1941-1945  yillardagi  urush  qatnashchilari  va  partizanlari,  ularga  tenglashtirilgan 
shaxslar,  ichki  ishlar  va  davlat  xavfsizligi  organlari  tarkibida  xizmat  qilgan  shaxslarning, 
harakatdagi  armiya  tarkibiga  kirgan  harbiy  qismlar,  shtablar  va  muassasalarda  shtatdagi 
lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida bo‗lganlarning va kontsentratsion 
lagerlarning  sobiq  yosh  tutqunlari,  xizmatni  Afg‗oniston  Respublikasida  va  jangovar 
harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‗lgan qo‗shinlarning cheklangan 
kontingenti  tarkibida  o‗tagan  harbiy  xizmatchilar  hamda  o‗quv  va  sinov  yig‗inlariga 
chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning; 
v) o‗n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning
g) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar 
olayotgan  fuqarolarning  (shu  jumladan,  u  erga  vaqtincha  yoki  xizmat  safariga  yuborilgan 
fuqarolarning); 
d)  soliq solinmaydigan maydon o‗lchami doirasida pensionerlarning, shuningdek I va II 
guruh nogironlarining; 
e) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a‗zolarining  - xizmatni o‗tash 
davrida; 
j)  harbiy  xizmat  majburiyatlarini  bajarishda  yarador,  kontuziya  bo‗lganlik  yoki 
shikastlanganlik  oqibatida  yoki  frontda  bo‗lish  tufayli  orttirilgan  kasallik  oqibatida  halok 
bo‗lgan  harbiy  xizmatchilarning  ota-onalari  va  boshqa  turmush  qurmagan  rafiqalarining 
(erlarining); 
Yuqorida  nazarda  tutilgan  imtiyozlar  mol-mulk  egasining  tanlashiga  binoan,  imtiyoz 
olish  huquqini  beruvchi  zaruriy  hujjatlar  soliq  organlariga  taqdim  etilganda,  mol-mulkning 
faqat  bir  ob‗ektiga  taalluqli  bo‗ladi.  Bunda  mol-mulk  imtiyoz  oluvchining  mulki  bo‗lgan 
hollardagina taqdim etiladi. 
Yil  davomida  to‗lovchilarda  mol-mulk  solig‗i  bo‗yicha  imtiyozga  ega  bo‗lish  huquqi 
paydo  bo‗lgan  taqdirda  ular  ko‗rsatilgan  to‗lovlardan  ana  shu  huquq  paydo  bo‗lgan  oydan 
boshlab ozod etiladilar. 
Yil  o‗rtasida  mol-mulk  solig‗i  bo‗yicha  imtiyoz  huquqini  yo‗qotganda  soliq  solish 
ushbu huquq yo‗qolgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish