65
g) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‗armasi va "O‗zbekiston
chernobilchilari" uyushmasining mulkida bo‗lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida
ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik
shaxslarning mol-mulkiga;
d) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‗yxatdan o‗tgan paytidan
e‗tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar,
ularning filiallari va tarkibiy bo‗linmalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari
negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik
shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda
ishlayotgan bo‗lsalar, qo‗llanilmaydi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan (o‗z hududida mol-mulk joylashgan soliq to‗lovchilarga nisbatan) yuridik
shaxslarga qo‗shimcha imtiyozlar berilishi ham mumkin.
Mol-mulk solig‘i hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning
qiymatiga kamaytiriladi:
soliq to‗lovchining balansida bo‗lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha
ob‗ektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong‗inga qarshi
xavfsizlik uchun foydalaniladigan ob‗ektlarning;
mahsulot o‗tkazgichlar, aloqa yo‗llari (shu jumladan avtomobil yo‗llari), aloqa va
energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish
maqsadida qurilgan inshootlarning.
Mahsulot o‗tkazgichlarga quyidagilar kiradi:
- neft, neft mahsulotlari, kondensat quvurlari va quvur transportining boshqa turlari, nasos,
kompressor hamda taqsimlash
stantsiyalari bilan birga;
- uy-joy-kommunal ob‗ektlari bo‗lmagan mintaqaviy gaz, bug‗ quvurlari, issiqlik
trassalari, suv quvurlari,
kanalizatsiya kollektorlari;
- buxgalteriya hisobotida alohida ob‗ektlar sifatida hisobga olinadigan alohida
joylashgan tsexlar, konlar va karerlarning ayrim uchastkalari orasidagi mahsulotlarni
harakatlantirish uchun ishlatiladigan yer osti, yer usti va havoda joylashtirilgan har xil
ko‗rinishdagi quvurlar va transportyorlar.
Aloqa liniyalariga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo‗yilgan simlar va aloqa kabellari,
ustunli radiofikatsiya aloqa liniyalari, ularni belgilaydigan signal va o‗lchov ustunlari
(qoziqlari), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyasi, er usti va er ostidagi
ularga xizmat qilinmaydigan kuchaytirish punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, erga
ulangan sim konturlari va boshqa aloqa inshootlari kiradi.
Energiya uzatish liniyalariga havo va kabelli elektr uzatish liniyalari kiradi.
Soliq solish maqsadida ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida
qurilgan inshootlarga ustunlar, tabiiy va sun‘iy to‗siqlardan o‗tishlar va boshqa muhofaza
inshootlari kiradi.
aloqa yo‗ldoshlarining;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‗ra to‗xtatib qo‗yilgan
asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
shahar yo‗lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yo‗nalishli taksidan
tashqari), shahar atrofidagi yo‗nalishlarda yo‗lovchilar tashiydigan umumiy foydalanishdagi
avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yo‗nalishli taksidan tashqari);
yo‗l xo‗jaligi korxonalari va tashkilotlarining yo‗llarni ta‗mirlash va saqlash ishlarida
band bo‗lgan
transport vositalarining;
soliq
to‗lovchining
balansida
bo‗lgan
hamda
tadbirkorlik
faoliyatida
foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob‗ektlarning;
lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasining amal
qilish muddatiga;
xorijiy kredit hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalarga, ushbu kreditni so‗ndirish
muddatiga, lekin u besh yildan ortiq bo‗lmasligi kerak.
66
Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etiladi:
a) soliq to‗lashga doir majburiyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu kreditni
so‗ndirish muddatiga, lekin besh yildan oshirmagan holda, mazkur asbob-uskuna bo‗yicha
mol-mulkka;
b) buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‗lovchining
balansida qayd etilgan etkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash xarajatlarini o‗z
ichiga oladigan asbob-uskunalarning butun qiymatiga.
Soliq to‗lovchilarga O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilishiga
qadar qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqdim etilgan soliq
imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: