Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash tartibi



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash tartibi. 
Jismoniy  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  davlat  soliq  xizmati  organlari 
tomonidan hisoblab chiqariladi. 
Mol-mulk  solig‗i  bo‗yicha  imtiyozlar  huquqiga  ega  bo‗lgan  shaxslar  zarur  hujjatlarni 
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar. 
Imoratlar,  binolar  va  inshootlar  uchun  mol-mulk  solig‗i  ularning  har  yil  1  yanvardagi 
holati  yuzasidan  texnik  inventarizatsiyalashning  hududiy  kadastr  byurolari  taqdim  etadigan 
inventarizatsiya qiymatiga doir ma‗lumotlar asosida hisoblab chiqariladi, bunday ma‗lumotlar 
bo‗lmagan  taqdirda  esa  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  bilan  belgilangan  mol-
mulkning shartli  qiymati qabul  qilinadi.  Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi  umumiy 
mulki  bo‗lgan  imoratlar,  binolar  va  inshootlar  uchun  mol-mulk  solig‗i  har  bir  mulkdor 
tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‗lanadi. 
Yangi  imoratlar,  binolar  va  inshootlar  bo‗yicha  soliq  ular  barpo  etilgan  yoki  olingan  yildan 
keyingi yilning boshidan e‘tiboran to‗lanadi. 
Meros  bo‗yicha  o‗tgan  mol-mulkdan  soliq  merosxo‗rlardan  meros  ochilgan  paytdan 
boshlab  undiriladi.  Mol-mulk  yo‗q  qilingan,  butunlay  vayron  bo‗lgan  hollarda  mol-mulk 
solig‗i undirish ular yo‗q qilingan yoki butunlay vayron bo‗lgan oydan e‘tiboran to‗xtatiladi. 
Mol-mulkka mulk huquqi taqvimiy yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o‗tganda soliqni 
birinchi mulkdor o‗sha yilning 1 yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo‗qotgan oyning 


 
 
70 
 
boshigacha  to‗laydi,  yangi  mulkdor  esa  -  mulk  huquqini  qo‗lga  kiritgan  oydan  e‘tiboran 
to‗laydi. 
Taqvimiy yil davomida imtiyozga ega bo‗lish huquqi paydo bo‗lgan taqdirda mol-mulk 
solig‗i  ana  shunday  huquq  vujudga  kelgan  oydan  e‘tiboran  qayta  hisoblab  chiqiladi.  Mol-
mulk  solig‗ini  to‗lash  haqidagi  to‗lov  xabarnomalari  to‗lovchilarga  davlat  soliq  xizmati 
organlari  tomonidan  har  yili  1  maydan  kechiktirmay  topshiriladi.  Hisoblangan  yillik  soliq 
miqdori  teng  ulushlarda  ikki  muddatda  -  15  iyun  va  15  dekabrdan  kechiktirmay  mahalliy 
byudjetga to‗lanadi. Agar soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha summalar to‗langan bo‗lsa, soliq 
va yig‗imlar bo‗yicha qarzlar mavjud bo‗lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‗ra 
o‗ttiz kun ichida soliq to‗lovchiga qaytariladi yoki bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga qayd etiladi. 
Jismoniy  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  to‗lovchilari  hisobi  davlat  soliq 
xizmati organlari tomonidan har bir yilning 1  yanvaridagi holat bo‗yicha shahar va tumanlar 
bo‗yicha,  texnik  inventarizatsiyalash  hududiy  kadastr  byurosida  mavjud  bo‗lgan  imoratlar 
egalari to‗g‗risidagi ma‗lumotlarga binoan o‗tkaziladi. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish