Hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to„lash tartibi. Yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart hisoblanadi:
1) soliq davri tugaganidan so‗ng o‗ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga
daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‗g‗risida (asosiy ish joyi bo‗yicha daromadlar olgan
jismoniy shaxslardan tashqari) belgilangan shaklda ma‗lumotnoma taqdim etishi shart, unda
quyidagilar aks ettiriladi:
- soliq to‗lovchining – jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;
- soliq to‗lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;
- o‗tgan soliq davri yakunlari bo‗yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan umumiy summasi;
- soliq agentining identifikatsiya raqami;
- soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili);
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil
yakunlari bo‗yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati
organlariga hisoblangan va amalda to‗langan daromadlar summalari hamda jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan summalari to‗g‗risidagi
ma‗lumotlarni belgilangan shaklda taqdim etishi shart.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‗lov manbaida ushlab qolinganda
soliq jamg‗arib boriladigan tizimda qatnashuvchi fuqarolarning shaxsiy jamg‗arib boriladigan
pensiya hisobvaraqlariga belgilangan tartibda hisoblab yozilgan badallar chegirilgan holda
quyidagi muddatlarda to‗lanadi:
a) daromad to‗lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu
maqsadlarda pul mablag‗lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda
byudjetga o‗tkaziladi;
b) to‗lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud
xizmat ko‗rsatishdan tushgan tushumdan to‗lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab
qolingan soliq summasi to‗lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida
byudjetga o‗tkaziladi.
Bankda hisobraqamiga ega bo‗lgan yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslar
daromadiga solinadigan soliqni to‗lash sanasi soliq to‗lovchi hisobraqamidan mablag‗lar
hisobdan chiqarilgan kun, boshqalar, shu jumladan jismoniy shaxslar uchun esa - mablag‗lar
kredit muassasasining kassasiga o‗tkazilgan kun hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning hisob-
kitob varag‗idan soliq summasi jismoniy shaxs tomonidan to‗langanda, to‗lov sanasi jismoniy
shaxs hisobraqamidagi mablag‗lar hisobdan chiqarilgan kun hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslar
daromadiga solinadigan soliqni to‗lash to‗lov xabarnomasida ko‗rsatilgan muddatlarda
amalga oshirilishi kerak. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqning yil
mobaynida to‗lab borilgan summalari tegishli hisobot yili uchun soliq to‗lovchiga hisoblab
chiqarilgan soliq hisobiga o‗tkaziladi.