Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„i bo„yicha imtiyozlar



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig„i bo„yicha imtiyozlar 
Soliq  qonunchiligiga  ko‗ra  jismoniy  shaxslarning  soliq  solinadigan  daromadiga 
quyidagilar kiritilmaydi: 
  mehnat shartnomasi  bekor qilinganda to‗lanadigan, eng kam ish  haqining o‗n ikki 
baravari  miqdori  doirasidagi  ishdan  bo‗shatish  nafaqasi,  davlat  ijtimoiy  sug‗urtasi  va  davlat 
ijtimoiy ta‗minoti bo‗yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, homiladorlik va tug‗ish nafaqalari 
(vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqalari,  shu  jumladan  oilaning  bemor  a‗zosini 
parvarishlash  nafaqalari  bundan  mustasno),  shuningdek  xayriya  va  ekologiya  jamg‗armalari 
mablag‗laridan  fuqarolarga  pul  va  natura  shaklida  beriladigan  nafaqalar  va  boshqa  yordam 
turlari. 
Bunda  eng  kam  ish  haqi  hisobi  uchun  mehnat  shartnomasi  to‗xtatilgan  kunda  amal 
qilgan (oxirgi ishlagan kundagi) oylik eng kam ish haqining miqdori qabul qilinadi;  
  olinadigan alimentlar; 
  oliy o‗quv yurtlari va o‗rta maxsus hamda hunar-texnika o‗quv yurtlari hamda ular 
bazasida  tashkil  etilgan  biznes  maktablari,  shu  jumladan  oliy  va  o‗rta  diniy  o‗quv  yurtlari 
tomonidan  o‗z  talabalariga  va  o‗quvchilariga  tayinlanadigan  stipendiyalar,  shuningdek 
xayriya va ekologiya jamg‗armalari mablag‗laridan ta‗sis etiladigan stipendiyalar; 
  davlat  pensiyalari,  shuningdek  ularga  ustamalar  (ustamalarning  qonun  xujjatlarida 
chegaralangan miqdorigacha); 
  shaxslar  qon  topshirganlik  uchun,  donorlikning  boshqa  turlari  uchun,  ona  suti 
topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari qon 
yig‗ib topshirganliklari uchun oladigan summalar; 
  fuqarolarning  xorijda  ishlashga  yuborilishi  munosabati  bilan  davlat  byudjetidan 
moliyalashtiriladigan  muassasalar  va  tashkilotlardan  chet  el  valyutasida  oladigan  ish  haqi 
summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;  
  jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o‗zlariga qarashli bo‗lgan mol-
mulkni  sotish  natijasida  oladigan  summalari,  tadbirkorlik  faoliyati  doirasida  amalga 
oshiriladigan mol-mulkni sotish natijasida oladigan daromadlardan tashqari; 
  jismoniy  shaxslarning  uy  xo‗jaligida  yoki  dehqon  xo‗jaligida  etishtirgan  qoramol, 
quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni so‗yib mahsulotlarini xom 
va  qayta  ishlangan  holda,  shuningdek  asalarichilik  mahsulotlarini  va  bunday  xo‗jalikda 
etishtirilgan  tabiiy  yoki  qayta  ishlangan  dehqonchilik  mahsulotlarini  sotishdan  olgan 
daromadlari  summasi.  Fuqaroda  shaxsiy  yordamchi  xo‗jalik  mavjudligi  mahalliy  davlat 


 
 
36 
 
hokimiyati  organlari  yoki  fuqarolar  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlarining  ma‗lumotnomasi 
bilan tasdiqlanadi; 
  bir  yil  mobaynida  yuridik  shaxslardan  olingan  eng  kam  ish  haqi  miqdorining  olti 
baravarigacha  bo‗lgan  summadagi  qimmatli  sovg‗alar  qiymati,  shuningdek  xalqaro  hamda 
respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymatining summasi; 
  meros  qilib  qoldirish  va  hadya  qilish  natijasida  olingan  summalar  va  mol-mulk 
qiymati,  fan,  adabiyot  va  san‘at  asarlari  mualliflarining  merosxo‗rlari  (huquqiy  vorislari) 
oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno; 
  davlat  zayomlarining  obligatsiyalari  va  lotereyalar  bo‗yicha  yutuqlar,  shuningdek 
O‗zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha foizlar; 
  fuqarolarning sug‗urta bo‗yicha oladigan summalari; 
  bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari: 
-  tabiiy  ofatlar,  boshqa  favqulodda  holatlar  munosabati  bilan  beriladigan  moddiy 
yordam summalari - to‗laligicha; 
- vafot etgan xodimning oila a‗zolariga yoki oila a‗zolari vafot etganligi munosabati 
bilan  xodimga  beriladigan  moddiy  yordam  summalari  -  eng  kam  ish  haqining  yigirma 
baravarigacha miqdorda; 
- boshqa hollarda - eng kam ish haqining o‗n ikki baravarigacha miqdorda; 
  depozit  sertifikatlar  bo‗yicha  daromadlar,  banklardagi  omonatlar  va  davlat  xazina 
majburiyatlari bo‗yicha foizlar va yutuqlar; 
  patent egasi bo‗lgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki ob‗ektlaridan 
o‗z  ishlab  chiqarishida  foydalanishdan  yoki  foydalanish  boshlangan  sanadan  e‘tiboran  amal 
qilish  muddati  doirasida  ularga  litsenziyalar  sotishdan,  shuningdek  litsenziat  sanoat  mulki 
ob‗ektlaridan  foydalana  boshlagan  sanadan  e‘tiboran  ushbu  foydalanishdan  olgan  daromadi 
summasi: 
- ixtirolar va selektsiya yutug‗idan - besh yil davomida; 
- sanoat namunasidan - uch yil davomida; 
- foydali modeldan - ikki yil davomida 
  bolalar  lagerlari  va  boshqa  sog‗lomlashtirish  lagerlariga,  ota-onalarning  bolalari 
bilan  dam  olishiga  maxsus  mo‗ljallangan  sanatoriy-kurort  muassasalariga  borish  uchun 
bolalar  va  o‗smirlarga  beriladigan  yo‗llanmalar  qiymatini,  shuningdek  o‗z  xodimlarining 
ambulatoriya  yoki  statsionar  tibbiy  xizmatdan  foydalanish  qiymatini  to‗liq  yoki  qisman 
kompensatsiyalash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‗z xodimlariga yoki ular 
uchun  to‗lagan  summalar.  Ko‗rsatib  o‗tilgan  to‗lovlar  jumlasiga  nogironlarning 
sog‗lomlashtirish  va  sanatoriy-kurort  muassasalariga  berilgan  yo‗llanmalari  qiymatini, 
davolanish  va  tibbiy  xizmatdan  foydalanish,  nogironlikning  oldini  olish  maqsadida  texnika 
vositalari  sotib  olish  uchun  hamda  nogironlarning  salomatligini  tiklash  uchun  qilingan 
xarajatlarni  to‗liq  yoki  qisman  to‗lash  tartibida  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar 
to‗lagan summalar ham kiradi; 
  fuqarolarning  ish  haqi  va  soliq  solinadigan  boshqa  daromadlarining  davlat 
korxonalari  mol-mulkini  sotib  olish,  xususiylashtirilayotgan  korxonalar  aktsiyalarini 
olish uchun yo‗naltiriladigan summalari; 
  vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday 
ishlar  vaqtinchalik  bir  martalik  ish  bilan  ta‗minlash  markazlari  ko‗magida  amalga 
oshirilayotgan bo‗lsa; 
  xususiy  korxona  va  fermer  xo‗jaligi  tomonidan  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to‗lovlar  to‗langanidan  keyin  xususiy  korxona  mulkdori  va  fermer  xo‗jaligining  boshlig‗i 
ixtiyoriga kelib tushadigan foyda summasi;  
  O‗zbekiston  Respublikasining  davlat  mukofotlari  va  davlat  pul  mukofotlariga 
sazovor  bo‗lgan  jismoniy  shaxslar  olgan  bir  yo‗la  beriladigan  pul  mukofotlari  yoki  shunga 
teng bahodagi esdalik sovg‗alarining qiymati;  


 
 
37 
 
  Olimpiya  o‗yinlarida  va  boshqa  xalqaro  sport  musobaqalarida  sovrinli  o‗rinlarni 
egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‗la beriladigan pul mukofotlari;  
  jamg‗arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‗yicha foizli daromadlar, 
shuningdek jamg‗arib boriladigan pensiya to‗lovlari; 
  jismoniy shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ularga hisoblangan 
foizlarni  qoplash  uchun  yo‗naltiriladigan  ish  haqining  va  soliq  solinadigan  boshqa 
daromadlarining summalari. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish