Эй гул* шан - ма - кок
гул ди-ё - рим,
мех-ри-бо-ним, сен
о - бод ба-
б
хор
гул ди-€ - рим,
жо - ма- жо - н ш ,
Уз-бе - кис-тон
гул ди - ёр
Kompozitor M.Burhonovning ajoyib lirik qo‘shiq!ari orasida
shoir Turob T o ia she’riga bastalangan «Maftuningman» nomli lirik
qo‘shiq ilk bor simfonik orkestr jo ‘rligida shu nomdagi badiiy
kinofilmda traktorchi-xonanda Abdulla Abduraufov (kadr orqasida)
ijrosida ijro etildi va xalq e’tirofmi hozirgacha qozonib kelmoqda.
Kompozitor Ikrom Akbarov o‘zbek estrada musiqasiga ulkan
hissasini qo'shgan ijodkordir. Uning asarlarida o‘ziga xoslik bilan
birga, rosmana o'zbek milliy estradasining
asl qiyofasi mavjudligini
e’tirof etish mumkin. «Ra’no» (S.Akbariy), «Mahbubga», «Ketma,
Nigor»,
«Qaydasan», «Gazli» (Turob To‘la), «Yor kel»,
«Qo‘shchinor» (H.G‘ulom), «Qor yog‘ar» (S.Zunnunova), «Bahor
fasli» (B.Zokirov), «Azizim» ( 0 ‘.Rashid), «Lolazor chorlaydi»
(J.Jabborov) kabi qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Ayniqsa uning
S.Akbariy so‘ziga yaratgan «Ra’no» qo‘shig‘i estrada ijrochi-
larining etalon namunasiga aylangandir.
159
XX asarda G‘arbiy Yevropa va Rossiya estrada san’ati ta’siri
ostida 0 ‘zbekistonda ham azaidan amaiiyotda keng ommalashib
kelgan
ommaviy
musiqaning yangi yo‘nalishi, ya’ni estrada san’ati
bunyodga keldi, shakilandi, rivojlandi, ommalashdi va ijodiy
yutuqlarga erishdi. 0 ‘tgan yillar davomida respublikamizda turli-
tuman havaskorlik va professional yo‘nalishlaridagi estrada
guruhlari shakilandi va faoliyat olib bordi. Ayni paytda ulaming
yo‘nalishlari zamon zayli bilan kengaymoqda. Butun jahon miqyo-
sida keng ommalashgan REP,ROK,JAZ va POP yo‘nalishlarida
munosib ijod etayotgan yakka ijrochilar va guruhli ansambllar o‘z
ijodiy yo‘llarini topishga harakat qilmoqdalar. Bu borada yetarlicha
yutuqlami qo‘lga kiritib jahon sahnalarida nufuzli o'rinlami egallab
kelmoqdalar.
Tayanch so‘zlar: estrada, POP, ROK, Jjaz, jazorkestri, estrada
simfonik orkestr, yakkanavoz, yakka xonanda, VIA,
milliy estrada,
Mavzu bo‘yicha savollar:
1. Jahon estrada san’ ati tarixidan.
2. 0 ‘zbek estrada san’atining rivojlanish jarayoni.
3.
Zamonaviy
estrada
san’ati
o‘zbek
kompozitorlari
ijodiyotida.
4. 0 ‘zbek estrada san’ati tarixida Botir Zokirovning o‘mi.
5. VIA nima?
6. Qanday estrada yo‘nalishlarini bilasiz?
7. Milliy estrada deganda nimani tushunasiz?
8. Zamonaviy o‘zbek estradasida ommalashgan janrlami
gapirib bering.
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Jahon estradasidagi yetakchi janrlami aniqlang.
2. 0 ‘zbek estrada san’ati qachon yuqori bosqichga ko‘tarildi va
ilk chiqishlar qanday edi?!
3. Estrada musiqasining ijodkorlari kimlar. Ular haqida
ma’lumot bering.
4. Zamonaviy estrada san’ati deganda nimani tushunasiz, bu
borada tavsifiy bayon yozing.
5. Botir Zokirov ijodixususidamaqola yozing.
6. VIA bilan yakka ijroni ijobiy va salbiy tomonlarini izohlab
bering.
6. Estrada yo‘nalishlarini ta’riflar, bayon eting.
7. Milliy estradani estradan farqi va umumiylik jihatlarini
aniqlang va sanab o‘ting.
Do'stlaringiz bilan baham: