A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova


faoliyat   yillarida  musiqa  o‘quv  maskanini  vazifasini  bajargan. 164



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

faoliyat
  yillarida  musiqa  o‘quv  maskanini  vazifasini  bajargan.
164


Musiqa  san’atining  yetuk  namoyandalari  ustozlik  qilib,  yosh 
kompozitorlar  tarbiyalangan.  1933-yili  ushbu  dargoh  Toshkentga 
ko‘chiriladi. Va  1939-yildan San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti 
maqomiga  ega  bo‘ladi.  Ushbu  dargoh  o‘zbek  musiqashunoslarini 
tarbiyalashda  alohida  ahamiyat  kasb  etganligini  e’tirof  etish 
lozimdir.
1960-yillarda  o‘zbek  musiqashunoslik  maktabi  to‘la 
shakllanadi  va barcha  yo‘nalishlar rivojlanadi.  Bunga  asosiy  sabab 
musiqashunoslaming  yangi  avlodi  tarbiyalanib,  olimlar  qatoridan 
joy  oladilar. 
Jumladan  N.Yanov-Yanovskaya, 
S.Galistkaya,
S.Zakrijevskaya,  L.Koval,  E.Solomonova,  Yu.Plaxov,  A.Karalksiy 
va h.k. Musiqashunos I.Rajabovning maqomshunoslik borasida olib 
borgan  ilmiy tadqiqotlarini  alohida e’tirof etish  lozimdir.  Olimning 
manbashunoslikda  va  maqomshunosiikda  olib  borgan  ishiari 
natijasida  1963-yili  “Maqomlar  masalasiga  doir”  monografiyasi 
nashr  etildi.  Ushbu  amal  maqomlar  borasidagi  yetuk  ilmiy  manba 
sifatida e’tirof etildi.
0 ‘zbek musiqa merosining o‘rganish va tadqiq etish borasida, 
musiqashunos  olim  F.Karomatovning  faoliyati  alohida  sahifa 
sifatida  o‘zbek  musiqashunosligiga  kirib  keldi.  U  aw alo  o‘zining 
tadqiqotlarini  olib  borish  bilan  birga,  o‘zbek  musiqashunoslik 
maktabini olib borgan faoliyati respublikada o‘ziga xos nufuzi bilan 
o‘zini  namoyon  etdi.  F.Karomatov  o‘zbek  musiqa  merosini 
o ‘rganish  bo‘yicha  bir 
qator
  ilmiy  ishlami  amalga  oshirishga 
muvaffaq  bo‘ladi.  Uning  muharrirligi  ostida  1961-1966-yillari 
“Shashmaqom” nota yozuvida alohida kitoblar shaklida nashr etildi. 
Musiqiy  namunalar  esa  25  ta  plastinkalar  ko‘rinishida  “Maqom 
ansambli”  talqinida  nashr  etildi.  F.Karomatovning  o ‘zbek  folklor 
namunalarini  antologiyasini  nashr  etilishi,  xalq  musiqa  merosini 
o‘rganishdagi yangi sahifani ochib beradi.
1972-yil  F.Karomatov  va  AJabborovlar  tashabbusi  bilan 
Toshkent  davlat  konservatoriyasida  “Sharq  musiqasi”  kafedrasi 
tashkil etildi. Tez orada ushbu yo‘nalish bo‘yicha maqom ijrochiligi, 
ilmiy tadqiqoti va pedagogik muammolar o‘z yechimini topib ilmiy 
tadqiqot  sarhatlari  Sharq  mamlakatlari  musiqa madaniyati  hisobiga 
ancha  kengaydi.  Ushbu  soha  bo£yicha  merosni  o‘rganish  va  ijro 
etish hamda ilmiy o‘rganish ishlarida bir qator yutuqlarga erishildi.
165


1978  yildan  boshlab  Samarqand  shahrida  (keyingilari  1983, 
1987yy.)  Xalqaro  Musiqashunoslar  Simpoziumi  o‘tkaziladi  va  bir 
qator Sharq va G‘arb mamlakatlaridan yetakchi olimlar va ijrochilar 
kelib  “An’ana  va  zamonaviylik”  mavzuida  ilmiy  anjuman 
o'tkaziladi.  0 ‘zbek  musiqashunoslik  maktabida  T.G‘ofurbekov, 
R.Abdullayev, 
O.Matyoqubov, 
A.Hoshimov, 
J.Rasultoyev, 
A.Jumayev,  O.Azimova,  R.Yunusov,  A.Nazarov  kabi  olimlar 
pleyadasi  samarali  faoliyatlarini  boshladilar.  Shu  davrga  kelib 
o‘zbek  musiqashunoslik  maktadi  mutaxassislar  tomonidan  butun 
sharqda  eng  nufuzli  ekanligi  e’tirof  etilgan  edi.  (Bu  albatta 
o‘tkazilgan simpoziumlarda o‘zini namoyon etgan edi).
XX  asrning  oxirgi  yillarida  o‘zbek  musiqashunoslik  maktabi 
butun dunyo musiqa san’atining barcha yo'nalishlarida faoliyat olib 
boradigan  musiqashunoslar  bilan  ta’minlandi.  G'arb  musiqasining 
klassik,  romantik va  undan  keyingi  yo‘nalishlarini  tadqiq  qiladigan 
tarixchi  musiqashunoslar  tarbiyalandilar  va  munosib  faoliyatlarini 
davom ettirmoqdalar.
0 ‘zbek  musiqashunoslik  maktabida  quyidagi  musiqashunos 
olimlar  o ‘z  yo‘nalishlari  bo‘yicha  muvaffaqiyatli  faoliyat  olib 
bormoqdalar:
1.  Musiqa  folklorshunosligi  bo'yicha  deyarli  barcha  musi­
qashunoslar  ma’lum  darajada  ushbu  yo'nalishga  murojaat  etishlari 
muqarrar,  Chunkt,  xalq  musiqasi  barcha  musiqa  ijodiyotining 
manbai  sifatida  xizmat  qilib  kelgan.  Xususan  -   F.Karomatov, 
R.Abdullayev, O4 .Toshmatov va h.k.
2.  Manbashunoslik  yo‘nalishi  bo‘yicha  LRajabov  an’anasini 
davom  ettirayotgan  musiqashunos  olimlar  -   D.Rashidova, 
A.Nazarov, O.Zokirov, A.Jumayev, O.Matyoqubov, I.Dadajonova.
3.  Musiqa tarixi yo‘nalishi bo‘yicha risolalar, nota to‘plamlari, 
monografiyalar, 
tazkiralar  bitgan 
musiqashunos 
olimlar  -  
F.Karomatov,  T.Vizgo,  T.G‘ofurbekov,  X.G'ofurbekova,  A.Naza­
rov, Yu.Nosirova, Z.Mirhaydarova, I.Gulzarova, Sh.Ganixanova.
4.  Musiqa  nazariyasi  fanlari  bo'yicha  -   O.Azimova,
F.Muxtarova.
5.  Organalogiya 
(Cholg‘ushunoslik) 
bo'yicha 
T.Vizgo,
F.Karomatov, J.Rasultoyev.
166


6.  Musiqa  ijrochiligi,  mumtoz  musiqa  va  maqomshunoslik 
bo‘yicha  I.Rajabov,  O.Matyoqubov,  A.Xoshimov,  R.Abdullayev, 
R.Yunusov, O.Ibrohimov, S.Begmatov, I.Ganiyeva.
7.  Musiqali ikonografiya -F.Karomatov.
8.  Musiqiy 
sharqshunoslik 
bo'yicha 
— 
AJumayev,
I.Ganiyeva.
0 ‘zbek  folklorshunoslik  fanini  rivojlantirishda  XIX  asr  oxiri 
va  XX  asr  boshlarida  yashab  ijod  etgan  AJEyxgom,  N.Mironov, 
A.Fitrat,  V.Uspenskiy,  E.Romanovskaya  kabi  folklorshunos  olim- 
laming  xizmati  katta.  Ayniqsa  A.Fitratning  “0 ‘zbek  klassik 
musiqasi  va  uning tarixi”  risolasi,  V.Uspenskiyning  davrining  ma­
qom bilimdonlari Ota Jalol Nosirov va Ota G‘iyos Abdug‘anilardan 
yozib  olib,  1926-yili  nashr  etgan  “Shashmaqom”  nota  to‘plamlari 
haligacha  soha  rivoji  yo‘lida  xizmat  qilib  kelmoqda.  Ulaming 
izdoshlari  hamda  folklor  musiqalarini  zamonaga  mos  o‘rganib 
rivojlantirgan  II .Akbarov, X.Muhamedova,  M.Ahmedov,  K.F.Kara- 
matov  kabi  olimlar  ijodiy  faoliyatiiari  davomida  xalq  musiqa 
merosini  o'rganib ta’lim  uchun va ijrochilik mezoni  uchun bir qator 
kitoblar  yaratdilar  va  musiqachilar  uchun  nota  to‘plamlarini  nashr 
etdilar.  Ulaming  ilmiy  tadqiqot  ishlarining  asosida  ham  bevosita 
xalq  sozanda  va  xonandalar  bilan  muloqotda  bo‘lib,  ular  haqidagi 
ma’lumot  va  amaliyot  iste’molda  bo‘lgan  asarlami  yig‘ib,  nota 
turkumlari ko‘rinishida nashr etish bo‘yicha bir fator amallar amalga 
oshirilgan.  Ayniqsa,  folklorshunoslikka  bag‘ishlangan  risola  va 
kitoblar,  keyingi  davrda  ko‘plab  yaratilganligini  qayd  etib  o‘tish 
lozimdir.
Ma’lumki,  har  bir  sohani  o‘zlashtirish  o‘tmish  an’analarni 
idroklash  bilan  boshlanadi.  Ajdodlar  ilmiy  merosini  o‘rganishda 
yozma  manbalarning  ahamiyati  kattadir.  Manbashunoslik  bo‘yicha 
yirik  tadqiqotlar  olib  borgan  maqomdon  I.Rajabov,  0 ‘rta  asr 
musiqashunos  olimlari  Kafkabiy,  Husayniy,  Jomiy,  Changiylar 
tomonidan  yaratilgan  bir  qator  musiqiy  risoialami  taijima  qilib, 
monografik asarlarida taqdim etganligini ham qay etish lozim.
Musiqashunoslik  sohasining rivojida  an’ana tarzida o‘tkazishi 
rasm  bo‘lgan  musiqiy  festivallar,  simpozium  va  konferenstiya- 
laming ahamiyati buyukdir. Avvalo bu jarayonlar og‘zaki an’analar 
bilan  tanishish  bo‘lsa,  ikkinchidan  zamonaviy  ijod  uchun  asosiy
167


zaminni  yaratish  bilan  xarakterlanadi.  Shu  bois  xalqaro  miqyosda 
o‘tkazilish  an’anaga  aylangan  «Sharq  taronalari»,  «Ilhom  -  XX», 
«Simfonik  musiqa»  anjumanlari  har  tomonlama  ijobiy  ta’sirga 
egadir.
Tayanch so‘zlar:  musiqashunos, folklorshunos, manbashunos, 
musiqa  nazariyasi,  musiqa  tarixi,  organologiya,  cholg‘ushunoslik, 
ikonografiya, mumtoz musiqa,

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish