A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

R a ’no  Sharipova.
  O'zbekiston  teleradiokompaniyasining 
Estrada-simfonik orkestrining yakkaxon xonandasi,  sifatida faoliyat 
olib  boradi.  Xonanda  R.Sharipova  professional  ijrochi  sifatida  ilk 
bor  O'zbekiston  kompozitorlari 
G‘.Qodirovning  «Ayajonim 
koyimang»  (S.Zunnunova),  X.Izomovning  «Kim  o‘zi?»  (E.Rahim) 
Sh.  Ramazonovning  «Gulchi  qiz»  (M.Qoriyev)  kabi  estrada 
qo‘shiqlarini  ijro  etib  tinglovchilar  e’tiboriga  tushadi.  So‘ngra  u 
yillar  davomida  kompozitorlar  shoirlar  bilan  hamkorlikda  turli 
mavzularda  rang-barang  qo‘shiqlar  yaratadilar.  I.Hamroyevning 
«Rubobim»  (O.Muxtor),  Ye.  Jivayevning  «Dilbarim,  dilkashim, 
dilbarim» 
(O.Muxtor), 
E.Shvarstning 
«Двое 
журавлей» 
(A.Faynberg);  A.Berlinning  «С  новым  годом»  (R.Farhodiy),
B.Umidjonovning  «Oshiq»  (Jomiy),  «О,  yulduzlar»  (M.Qoriyev);
D.Saydaminovaning 
«Seni 
o‘ylayman» 
(M.Muhamedov);
D.Ilyosovning  «Seni  o‘ylaganda»  (S.Zunnunova),  kompozitor
E.Qalandarovning 30 dan ortiq qo‘shiqlarini ijro etdi.
O‘zbekiston  teleradiokompaniyasining  Estrada-simfonik  orkestri
ijodiy  faoliyati  keng  ommalashadi.  Bir  qator  xonandalar  ijro 
amaliyotida  estrada  xonandalari  sifatida  dovriq  qozonadilar. 
M.  Shamayeva,  R.  Sharipova  keyinchalik  Pavel  Borisov,  Nadejda 
Churadayeva,  Ra’no  Sobirova,  Malika  Alimova,  Leonid  Makeyev, 
Kozim  Qayumov  va  Shaxboz  Nizamutdinov  kabi  xonandalar 
samarali  faoliyat  olib  bordilar.  Orkestrning  birinchi  rahbari  kom­
pozitor  E.  Salixov,  so‘ng  Yevgeniy  Jivayev,  Doni  Ilyosov,  Anor 
Nazarov  va  1996-yildan  buyon  kompozitor  Alisher  Ikromov  rah- 
barlik qilib kelmoqda.
154


«Yalla» ansambli (VIA)  1970-yili tashkil qilindi.  1971-yilning 
9-fevralida  «Yalla»  vokal-cholg‘u  ansambli  o‘zining  ilk  konsert 
dasturini 
tomoshabinlarga 
havola  qildi. 
«Yalla” 
ansambli 
repertuarida  qayta  ishlangan  o‘zbek  xalq  qo‘shig‘i  «Yallama- 
yorim»,bastakor  Orif (garmon)  Toshmatovning  «Andijon  polkasi» 
(Sayyor) va yosh kompozitor E.Salixovning «Qiz bola» (P.Mo‘min) 
qo‘shiqlari  tomoshabinlar  e’tiborini  o'ziga  tortdi  va  xalq  orasida 
keng  ommalashdi.  Tez  orada  «Yalla»  o‘zining  yorqin  ijrochilik 
mahorati  qiyofasiga,  o‘ziga  xos  ijodiy  uslubiga  ega  bo‘ladi. 
Ansambl  repertuarini  boyitishda  qo‘shiqning  milliy,  sharqona 
bo‘lishiga  katta  e’tibor  berganliklari  sababli,  barcha  yoshdagi 
tomoshabinlar  ulaming  konstert  dasturlarini  qizgMn  olqishlar bilan 
kutib oldilar.
1972-yili  «Yalla»  vokal-cholg‘u  ansambliga  Farrux  Zokirov 
badiiy  rahbar  etib  tayinlangandan  keyin  ansamblning  mavqei 
yanada ortdi. Xalq orasida unutilib yuborilayotgan an’anaviy o‘zbek 
xalq qo'shiqlaridan  «Yallama yorim»,  «Boychechak»,  «Handalak», 
«G‘ayra-g‘ayra»,  «Qilpillama»,  «Ganji  qorabog4»,  «Sumalak»., 
«Omonyor»,  «Torimning siri»  (T.To‘la) kabi  qo'shiqlarga ansambl 
yangicha  yondoshadi  va  zamonaviy  ruhda  tarqin  etadi.  F.Zokirov 
yaratgan  «Andijonga  boray  dedim»,  «Men  al-Xorazmiy»,  «Bolalik 
taronasi»  (A.Xo‘jayev),  «Uchquduq»  (Yu.Ertin),  «Shahrisabz», 
«Yurt  ishqida yonaman»,  «Majnuntol»,  «Sendan go‘zali yo‘q» kabi 
original  qo‘shiqlami  mohirlik  bilan  ijro  etadi.  0 ‘zining  faoliyati 
bilan,  milliy an’analami  zamonaviy estrada  talqinida  alohida  uslub 
yaratganligi 
va  ijroda  o‘mak  bo‘lganligi 
sababli 
o‘zbek 
estradasining yetakchi jamoasiga aylanadi.
1979-yildan  buyon  «Yalla»  ansamblida  0 ‘zbekiston  xalq 
artisti  Farrux  Zokirov 
rahbarligida, 
0 ‘zbekistonda  xizmat 
ko‘rsatgan  artistlar  Aliyev  Abbos,  To'xtayev  Javlon,  To‘laganov 
Alisher  va  musiqa  rahbari  Qo‘ziyev  Sarvar  kabi  yuqori  malakali 
san’atkorlar ijod qilib kelmoqdalar.
Yosh  kadrlar  tayyorlash  uchun  1978-yili  « 0 ‘zbekkonsert» 
qoshida  ikki  yillik  estrada-sirk  san’at  studiyasi,  Hamza  nomidagi 
Toshkent davlat  musiqa bilim  yurtida estrada  bo‘limi tashkil  etildi. 
Mazkur estrada bo‘limi  1990-yili bilim yurti tarkibidan chiqarildi va 
maxsus  Estrada-stirk  bilim  yurti  tashkil  topdi.  1996-yilda  esa
155


0 ‘zbekiston  davlat  konservatoriyasida  estrada  fakulteti  tashkil 
qilindi. 
1977-yiIning  ikkinchi  yarmida  0 ‘zbekiston  davlati 
tomonidan har yili  estrada  san’ati  ijrochiligi bo‘yicha  ko‘rik-taniov 
o'tkazish to‘g‘risida  qaror qabul  qildi.  Qarorga asosan  1978-yildan 
boshlab  har  yili  estrada  san’ati  bo‘yicha  respublika  tanlovini 
o‘tkazilib kelinadi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish