Qo‘shiqlar qatorida estrada yo‘nalishida kompozitorlar
tomonidan orkestr uchun maxsus asarlar yaratililishi ijodiyotda keng
ommalashdi. A. Malaxovning o‘zbek xalq kuylari
asosida yaratilgan
«Doira yulduzi» va «Shodlik» pyesalari, LAkbarovning «Ketma
nigor» qo‘shig‘i asosida yaratilgan «Fantaziya»si; A.Goncheren-
kovning «Sharq syuitasi», E. Salixovning «Final-pyesa»si shular
jumlasidandir.
70-yillaming boshlariga kelib ommaviy musiqa san’atida yangi
yo‘nalish - bit-musiqa ommalasha boshlanadi. Orkestr jamoasini
faoliyatini saqlagan holda Botir Zokirov va Yunus To'rayevlar
hamkorligida «Toshkent myuzik-xoll» ni tashkil topdi. Toshkent
myuzik-xolli o‘z yo‘nalishida adabiy mazmun asosida, dramatik
spektakllar orqali qiziqarli, rang-barang konsert dasturlarini tuzish
va jamoaviy tarzda namoyish etish maqsadlarini amalga oshiradilar.
Teatrlashtirilgan ssenariylar asosida konsert namoyishlarini tashkil
etadilar. Eng muhimi o‘zbek estrada musiqasi ijrochiligi
amaliyotida
vokal-cholg‘u ansambllari tuzila boshlanadi, estrada xonanda va
sozandalarining yangi avlodi tarbiyalanadi. Myuzik-xoll yosh
xonandalar uchun haqiqiy estrada maktabi vazifasini o‘taydi.
E. Salixov, A. Kalvarskiy, E. Qalandarov, G£. Xoliqov kabi kompo
zitorlar bu yo‘nalishda samarali ijod qiladilar. Estrada san’atida
yangi guruhlar va ijrochilar avlodi shakllanadi. Buning zaminida
albatta o‘zbek estrada simfonik orkestrlarining samarali faoliyati,
respublikada zamonaviy estrada musiqa san’atini rivojlantirishda
alohida ahamiyat kasb etdi.
E strada guruhlari. Shu davrga kelib o'zbek estra ijrochiligi
san’atida jahon musiqa ijrochiligi andozalariga xos ijro an’analari
kirib keladi. Jamoaviy ijro, ya’ni vokal-cholg‘u ansambllari
shakllanadi.
Buning
keng
rivojlanishiga
1970-yili
yosh
san’atkorlardan tuzilgan “Yalla” vokal-cholg‘u ansamblining
faoliyati alohida o‘zining ta’sirini namoyon etdi. Estrada san’atida
pop-musiqa, rok-musiqalarining vokal-cholg‘u guruhlari ustuvor
o‘ringa chiqib ketdi. «Yalla» vokal-cholg‘u ansambli o‘zining ilk
konsert dasturmi namoyishidan boshlab tomoshabinlar e ’tiboriga
tushdi. Amaliyotda, yosh xonanda va sozandalami birlashtirgan
“Navo”, “Sado”, “Navruz”, ....... . kabi bir qator vokal-cholg£u
152
ansabllari tashkil etildi va o‘ziga xos yo‘nalishlarda faoliyat olib
bordilar.
80-yillar o‘rtalariga kelib, ansambllar o‘mini yakkaxon
xonandalar ijodi egallaydi va o‘ziga xos ijodiy rivojlanish yangi
bosqichi boshlanadi. 0 ‘zbek estrada musiqasining ijrochilik
amaliyotida milliy musiqaga yo‘naltirilgan, folklor musiqasiga
asoslangan, mumtoz musiqasiga taqlidan ergashgan, kompozitorlik
ijodida yaratilgan yangi namunalarga asoslangan qator yo‘nalishlar
yuzaga keldi. Buni albatta, o‘zbek estrada musiqasining umumiy
panoramasidagi turli milliy va professional yo‘nalishlar deb qabul
qilish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: