Simfoniya
Simfoniya - (yunon so‘zi - ohangdosh so‘z ma’nosini bil-
diradi).
Jahon musiqa san’atida simfoniya janr sifatida, XVIII asrda
G‘arbiy Yevropa kompozitorlarining ijodiy izlanishlarida shakl-
, langan. Klassik simfoniya aslida to‘rt qismli murakkab cholg'u
musiqadir. 1-qism “Sonata allegrosi”, 2-qism vazmin suratli turli
shaklga ega, 3-qism Skerso, 4-qism “Rondo” yoki “Variatsiya”
shaklida yoziladi. Qismlaming o‘rni almashishlari mumkin. Shu
124
bilan birga 1 yoki 5, 6 qismli simfoniyalar ham bo‘ladi. Katta va
kamer simfonik orkestr va boshqa turdagi cholg‘u orkestrlar uchun
simfbniya yozish mumkin. Kompozitorlar simfoniya yaratishda
orkestrlaming barcha imkoniyatlaridan mukammal ravishda foyda-
lanadilar.
XIX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa XX asrda
insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyoti yangidan-yangi falsafiy-
estetik tamoyillar kashf eta boshladi. Musiqa san’atida realizmning
turlanishi boshlandi. Romantik ideallar, abstrakt umumlashmalar,
impressionizm, ekspressionizm kabi ijodiy oqimlar, ma’lum estetik
tamoyil va yo'nalish bo‘yicha turlanish jarayoni avj oldi. Bulardan
tashqari: “Serial”, “Aleatorika”, “Puantilizm”, “Sonorizm”, “Elekt-
ron musiqa” kabi avangard atalmish oqimlar ham avj oldi. Natijada
bu davrga kelib “Tonallik va notonallik” texnika egallandi. Ijodiy
tafakkur maydonida qaysi uslubiy yo‘lni tanlash yoki qaysi birisini
qo‘llash kompozitoming o‘ziga havola.
Ma’lumki, yuqori saviyali, badiiy-simfoniya yaratish mushkul
jarayondir. Chunki bu abstraktli musiqiy obraz bilan davr voqealari,
xilma-xil, rang-barang murakkab hayotni, tabiatni aks ettirish ijod-
kordan chuqur nazariy-musiqiy bilimni, ijodiy mahoratni, falsafiy
dunyoqarashni, milliy musiqiy an’analami mukammal ravishda
idroklash va talqin eta olishni talab etadi. Shuning uchun kompo
zitoming birgina kasbiy mahorati bilan chegaralanmaydi. Uning
asosiy mezoni yorqin, milliy ruh bilan sug‘orilgan, yuqori saviyali,
badiiy-estetik, ta’sirchan asar yaratishdadir.
Shu nuqtayi nazardan o‘zbek kompozitorlarining ijodida ham
jahon kompozitorlari ijodidagi eng mashhur simfoniya turlarining
oqimlariga xos ijod namunalari shakllanganligini qayd etish
mumkin. 0 ‘zbekiston kompozitorlarining barcha avlodlari XX asr
davomida simfoniya janrining xilma-xil namunalarini yaratdilar.
0 ‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillari yuqorida zikr
qilganimizdek, ilk bor G.Mushel S.Vasilenko, A.Kozlovskiy,
M.Ashrafiylar bir qator simfonik asarlari bilan musiqa ijodiyotida
o‘zlarini namoyon etdilar. Urushdan keyin, so‘nggi yillardagi janr
125
ijodiyoti xususida musiqashunos N.S.Yanov-Yanovskaya o‘zining
“0 ‘zbek simfonik musiqasi” kitobida alohida tahlil qilib beradi.40
50-60-yillargacha o‘zbek kompozitorlari, asosan, simfonik
musiqani “Syuita”, “Poema”, “Uvertyura” kabi kichik hajmli janr-
larida barakali ijod qildilar va simfonik orkestming repertuarini
boyitdilar. 1955-yiIi Fattoh Nazarov tomonidan yaratilgan to‘rt
qismli simfoniya, milliy ruh sug‘orilganligi bilan ajralib turadi.
1962-yili kompozitor Rashid Hamrayev o‘zining ilk 4 qismli
simfoniyasini yaratadi. Asami har bir qismida o‘zbek ayollami uzoq
va mashaqqatli bosib o'tgan hayot yo‘I!ari ruhiy kechimalarini ziyo
va taraqqiyot sari sabot qadam tashlashlari gavdalanadi.
Simfoniyaning birinchi qismi sonata allegrosi shaklida,
ikkinchi qismi tez harakatli sketso, birinchi qismning qahramonlik
obrazlari ifodasini davom ettiridi. Uchinchi qism shiddatli, lekin
hijron, qayg'uga to‘la g'amgin ohang hukm suradi. To‘rtinchi-fmal
qismida yuqorida ko‘rsatilgan qarama-qarshi obrazlar yanada
bo‘rttirib beriladi. O'ziga xos ta’ziyanoma sifatidagi KODA
jo ‘shqin, finalga keskin kontrast hosil qiiadi.
Kompozitor R.Hamroyev ushbu simfoniyasidan so‘ng, boshqa
janrlarda bir talay asarlar yaratdi. Ular qatorida 1986-yili bir qismli
simfoniya, 1968-yili uchinchi va 1985-yili to‘rtinchi simfoniyalami
yozdi. Bu simfoniyalami jamoatchilik qizg‘in kutib olgan edi.
Uning simfoniyalami har biri g‘oyaviy abstrakt mazmundorligi,
bosh va yordamchi partiyalami rivojlanish jarayonida qarama-qarshi
obrazlaming ham hayajonli toMqinli dramatik tebranish alomatlari,
milliy ohangdorli hislari badiiy-estetik saviyalari yaxlitliklari bilan
tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi. R.Hamrayevning milliy ruh
bilan sug‘orilgan simfoniyalari zamonaviy o‘zbek simfonizmini
rivojlantirish jarayonida muhim iz qoldirdi.
1961-yili To‘lqin Qurbonov o‘zbek kompozitorlik ijodida,
polifonik uslub namoyandasi sifatida tanildi. Uning yaratgan sim-
fonik asarlari o'zbek milliy musiqiy ohanglariga asoslanganligi
bilan qadrlidir. Ilk simfoniyasi to'rt qismli simfoniya bo‘lib, diplom
ishi sifatida taqdim etiigan. 1963-yilda Buzruk maqomidan
“Saraxbori Buzruk” qismini simfonik orkestr uchun qayta ishladi.
40 Н.С.Янов-Яновская. “Узбекская симфоническая музыка” . Т., 1979.
126
Asar polifonik uslubda yaratilgan va ijobiy baholangan. Bu borada
kompozitorning o‘zi: “0 ‘zbekcha zamonaviy cholg‘u musiqasini
yaratishda yoki qayta ishlashda garmoniyaga nisbatan polifoniya
uslubi yo‘nalishidan foydalanish qulayroq” degan fikr bildiradi.
Haqiqatan ham T.Qurbonov polifoniyaning uslubiy yo‘nalish
qoidalarini, shaklan tuzilishlarini barcha yaratgan simfonik
asarlarida keng ravishda qo‘lladi. Bunga kompozitorning simfonik
orkestr uchun yaratgan “Fuga”si (1966), “Prelyudiya va fuga”,
“To‘yona” (1976), “Tarix sahifalari” nomli prelyudiya va fuga
(1983), kamer simfonik orkestr uchun “Askiya” kabi asarlari yorqin
misol bo" la oladi. U katta simfonik orkestr uchun mustaqil ravishda
1964-yili ikkinchi, 1966-yili uchinchi, 1975-yili to‘rtinchi, 1999-yili
to'qqizinchi simfoniyalarini yaratdi. Kamer simfonik orkestr uchun
1977-yili “Hamza” nomli va 1985-yili oltinchi simfoniyalami,
o‘zbek xalq cholg‘u orkestri uchun 1990-1991-yillarda ikkita
simfoniyalami musiqa muxlislariga havola qildi.
Misol sifatida T.Qurbonovning 3-simfoniyasini keltiramiz:
Kompozitorning 3-simfoniyasi ikki qismli bo‘lib, ikkinchi qismi
fuga shaklida yozilgan. Uning vazmin sur’atli, maqom usul-
intonatsiyalari bilan sug‘orilgan tema rivojlanish jarayonida birinchi
qism mavzusi bilan kontrapunkt orqali payvand bo‘lishi asarni
ta’sirchan quwatini boyitish bilan birga qarama-qarshi, tez-tez
o‘zgarib turadigan dinamikasi, modulatsion o‘zgarishlar tufayli,
orkestming butun sadolari qahramona-dramatik qiyofaga kirishiga
ko‘mak beradi. Aslida, ikkinchi qismning birinchi mavzusi fuga
ekspozitsiyasining hamma qoidalariga muvofxq tuziladi, ammo
birinchi qismdagi bosh mavzu ustuvor bo‘lib, finalda boshdan-oyoq
stretto orqali sonata-allegro bilan fuga simfoniyani rivojlantiruvchi
funksiyasini birlashtiradi va rivojlantiradi. Ushbu uslubiy yo‘nalish
T.Qurbonovning polifoniya va kontrapunktga boigan munosabati,
uning ijodiy konsepsiyasiga aylanadi.
Kompozitor T.Qurbonov 1975-yilda bir qismli to‘rtinchi
simfoniyasini, so‘ngra beshinchi va oltinchi simfoniyalarini yara-
tadi. Ular g‘oyaviy jihatdan o‘ziga xos bo‘lsada, kompozitorning
asosiy ijodiy uslubining yorqin namunalari sifatida qadr topadi.
2001-yili T.Qurbonov katta hajmli, monumental bir qismli 9-
simfoniyani yaratdi va bobosi Qurbonboy Ismoilov va otasi Umar
127
Qurbonovlaming xotiralariga bag‘ishladi. Lekin asar avtobiografik
bo‘lishi bilan birga, zamon va davr voqealarini ifoda etadi. Ushbu
zavonaviy milliy ruhda bastalangan chuqur fojiali simfoniya
kompozitorning shaxsiy his-tuyg‘u, vijdon azoblari bilan sug‘o-
rilgan. Simfoniyaning shakli ham noan’anaviydir. Ya’ni bir qismli
asaming o‘zida ham an’anaviy sonata-allegro, ham variatsiya, ham
fuga hamda “Syuita” tuzilish tamoyillari saqlangan holda bir-birlari
bilan uzviy bog‘lanib rivojlandi. Kompozitor uchun birgina sonata
allegrosi shakli yetarli bo‘lmadi, qandaydir rondo shakli kabi bosh
mavzu-refren “Segoh” maqomining boshlang‘ich parchasi asosida
tuzilib, butun boshqa shakllarda namoyon bo‘lishlari bilan besh
marotaba refren kabi o‘tadi, ular o‘milari bilan ham almashadilar.
Mavzu sifatida “Segoh” T.Qurbonov uchun xuddi bir “Koda” bo‘lib
tuyuladi va uning elementlari olamni yaratganga iltijo qilish bilan
boshladi. Bu mavzu simfoniyada refren vazifasida o‘tadi. Unga
qarama-qarshi zolim hukmdorlaming obrazi hajviy tarzda hali raqs,
hali kulgi, hali to‘y kabi epizodlarda bo‘rttirish (groteks) orqali
tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |