A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Andantmo 
cod
 
molto
Нет во-лос 
m o 
- их  чер-ней,  нет 
ко  -  сы  мо-ей длин-ней 
Пря-дьючер-ной,
г~3п
не 
по-хор-ной  ни-спа - да-ют  до  бро-вей, Дост  6
гЗ~1
кь-  ■%. 
у  у
 
х----Г
Му-хи  го-ре-чи 
ие  ма-ло  при  -  ня  - ла *  от те  -  бя,  Дост  ё
f
  -s,—- "'СГ vTj*
я не 
ис  - ка-ла  то, 
что  дал ты  мнелю-бя,  Дост  ё
Р
Bunga  bir  misol.  Asrlar  davomida  o‘zbek  xalqining  qalbini 
ruhlantirib  kelayotgan  ashulalardan  biri  “Tanovar”dir.  Bu  ajoyib
118


xalq  kuyini  kompozitor  A.Kozlovskiy  1939-yili  mashhur  xonanda 
Halima  Nosirova  ijrosida  ilk  bor  tinglab,  ta’kidlashicha  “Kuyga 
oshiq bo‘lgan va rus tiliga taijima qilib, nota olgan”:
A.F.Kozlovskiy mohir xonanda Halima Nosirovaning  ijrosida 
yangragan  “Tanovar”,  “0 ‘zgancha”,  “Gulyuz  uzra”,  “Fig‘on”  kabi 
ashulalami  ham notaga tushirib, ularni  simfonik orkestr jo ‘rligidagi 
ijroga moslashtiradi.
Inson  qalbini  rom  qiladigan  “TANOVAR”  kuyida  balog‘at 
yoshiga  yetgan  sohibjamol  qiz  kelgusi  taqdirini  o‘ylaydi.  “Qora 
sochim  o‘sib  qoshimga  tushdi,  ne  savdolar  mening  boshimga 
tushdi” so‘zlari bilan boshlanadigan bu ashula qizni mushkul ahvol- 
ga  duchor  bo'lgani,  najot  izlashi,  kimgadir  yalinib-yolvorishi, 
iltijosi, sevgi dard-hasrati, his-tuyg‘usi kuyda yaqqol aksini topgan.
F.Kozlovskiy  bu  dardli,  lirik,  raqssimon  ashulani  avval 
fortepiano  uchun  garmoniyalashtirib,  keyin  simfonik  orkestrga 
moslashtirgan.  1951-yili  esa mazkur  kuy  asosida  “Tanovar”  nomli 
simfonik  poemani  yaratdi.  Kompozitor  frigiy  ladida  kuyning  ichki 
tebranishlardagi avj tomon va ko‘proq pasayish harakatlarni, hamda 
o‘zbek  xalq  kuylarining  xususiyatlaridagi  ladning  II,  III,  VI,  VII 
bosqichlarini noturg'un va o‘zgaruvchan alomatlarini hisobga olgan 
holda ko‘proq subdominanta (S) akkordlarini  qo'llab,  asar haqidagi 
taassurotini  boyitishga  harakat qilgan.  Shular  orqali  kuyning ruhini 
va teran mazmunini saqlab, poemada yagona mavzu sifatida qo‘llab 
uni  juda  ham  mohirlik  bilan  simfonik  orkestming  turli  cholg‘u 
guruhlaming  registr  tembrlaridan  unumli  foydalangan  holda 
rivojlantiradi. Bunda u goh dardli-lirik, goh avjlarda ko'tarinki ruhiy 
hayajon  baxsh  etib,  goh  ma’yus  lirik  xayoliy  holatga  chorlash 
orqali, yuqori  saviyali badiiy simfonik poema bunyodga kelgan.  Bu 
asar  o‘zbek  xalq  kuylarini  garmoniyalashtirishda,  qayta  ishlashda 
namuna sifatida xizmat qilmoqda.
Yosh kompozitor A.Nabiyev  1987-yili “Tanovar” kuyini dutor 
va tanbur jo ‘mavozligiga o'xshatma qabilida qilib fortapiano uchun 
qayta  ishlaydi.  1995-yili  esa  fortapiano  va  kamer  simfonik orkestr 
uchun simfonik poema yaratdi.
A.Kozlovskiy va A.Nabiyevlaming “Tanovar” asariga  bo‘Igan 
munosabatlari  farqlidir.  A.Kozlovskiy  ashulani  lirik,  dardli  ruhiga
119


ahamiyat  bergan  bo‘isa,  A.Nabiyev  shiddatli,  raqssimon  harakat 
xususiyatiga e’tibor berib, fortepiano va orkestrga moslashtirgan.
1961-yil  Ikrom Akbarov “Epik poema” nomli simfonik poema 
yaratdi.  Kompozitoming  bu  poemasi  ham  xuddi  “Shoir xotirasiga” 
asari  kabi  jamoatchilikda  katta  qiziqish  uyg‘otadi  va  o ‘zbek 
simfonik musiqa janrlarining rivojlanish jarayonida yana bir qadam 
sifatida muhrlanadi.
Ushbu  asar “Sonata allegrosi”  shaklida yozilib,  qarama-qarshi 
mavzulami  rivojlantirish,  milliy  ruhiyat  bilan  sug‘orish,  tarixiy 
voqealarning muhit jarayonini  umumlashtirishlar  orqali  asarlaming 
bir-biriga yaqinliklari sezilarlidir.
“Epik poema”  bir marom  harakatli  g‘am-g‘ussa, og‘ir sur’atli, 
xayolni  oladigan  (mi  doriy  ladida)  milliy  ruh  bilan  sug‘orilgan 
musiqiy  muqaddima,  violonchel-kontrabaslaming  ohangdoshligi 
bilan boshlanadi. Misol № 6:

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish