A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

mavzular
 bir 
oz
 o'zgargan holatda, turli qo‘shimcha 
sadolar bilan jo ‘shqin harakatlar orqali avj cho‘qqisiga ko‘tariladi.
Avj  cho‘qqusidan  so‘ng  yana  asta-sekin  fleytaning  yolg‘iz 
xuddi  “xayrlashuv”  ohang  kabu  jaranglash  bilan  birinchi 
qism 
yakunlanadi.  Umuman  simfoniyaning  birinchi  qismida  kompozitor 
sonata  amaliyotiga  xos  elementlardan  mukammal  ravishda  foyda- 
langan  bo‘lsada,  lekin  bu  qism  asosan  maqom  shakli  va  uslubiy 
yo‘nalishida  yaratgan.  Ya’ni  asaming  ichki  mohiyati,  tuzilishi 
zamonaviy musiqa san’atiga xos bo‘lgan kompozitorning subyektiv 
shaxsiy  falsafiy  dunyoqarashi  va  his-tuyg‘usidan  mushtarak
41 M.Tojiyevning qo lyozm&sidm.
133


obyektiv tuyg‘ulargacha o‘z ifodasini topa olganligi, maqom asosida 
tuzilgan  tematizm  rivojlanishida  kuychanlik  hal  qiluvchi  vosita 
bo‘lib  xizmat  qilishi,  tinglovchida  yaxshi  taassurot  qoldiradi. 
Shunday  qilib  bu  qismda  sonata,  uch  qismli  va  rondosimon  shakl- 
laming  birlashmasi  (sintezi)  hamda  ulaming  kontrastli  alomatlari 
keng ravishda namoyon bo‘ladi.
Simfoniyaning  ikkinchi  qismi  bir-biriga  yaqin  “bolamga 
o‘xshaydi  ovozing  sening”  xorazm  xalq  qo‘shig‘ini  o‘zgartirilgan 
holatida  ikkita mavzu  tokkata  sifatida  skerso  kabi juda tez  suratda 
boshlanishdan  to tugallanishiga qadar jo ‘shqin to‘lqinli  tebranishlar 
orkestr  sadosida  mukammal  ko‘taringki  ruhda  yangraydi  va 
tinglovchini  o‘z  doirasiga  beixtiyor  tortadi  va  maftun  etadi.  Bunga 
sabab jozibali-lirik xalq qo‘shig‘ini  qayta ishlash jarayonida har bir 
taktda  bir  xil  usul  tebranishi,  kuyning  intonatsiyalari  o'zgarishi 
tufayli  tez  harakatli  temp,  tokkatali  usul  garmonik  vositalar, 
orkestming boy sadolari asaming jo ‘shqin ruhini ko‘taradi.
Simfoniyaning  uchunchi  qismi  xuddi  to‘rtinchi  qismdagi  kabi 
arfa,  fortapiano  va  torli  cholg‘ular  guruhini  sado  fonida  maqom 
uslubida  yaratilgan mavzu klamet,  fleyta  cholg‘ularida paydo  bo‘lib, 
rivojlanish jarayonida  yog‘ochli,  keyin  misli  cholg‘ularda  namoyon 
bo‘lib  rivojlanadi.  Ya’ni  tinglovchining xayolini  yana  simfoniyaning 
birinchi  qismi  falsafiy-ruhiy  holatga  chorlasa  ham,  lekin  bu  qismda 
qandaydir  g‘amgin  nido  paydo  bo‘lib  rivojlanish  jarayonini  avj 
nuqtalarida  lirik  obraz  qahramoniy-fojia  darajasigacha  ko‘tariladi. 
Bunda  bir  maromli  qayg‘u  xarakterli  akkordlaming  sadosi,  ayniqsa, 
fagot  ijrosida o‘tadigan temaga  yog‘ochli  cholg‘ular guruhi qo'shilib 
orkestmi  avj  cho‘qqisiga  ko‘tariladi  va  asosiy  mavzu  yakka  fleyta 
ijrosi bilan bu qism tugaydi.
Simfoniyaning  to‘rtinchi  qismi  Allegro  erkin  ravishda,  rondo- 
sonata shaklida yozilgan. Bu qism xuddi ikkinchi qism kabi shiddatli, 
dovul  kabi  tez  harakatli  jarayonda  raqssimon  mavzu  butun  orkestr 
sadosida  goh  sershovqin,  bayram  kabi  quvnoq  kayfiyatga,  goh 
“yovuzli”  bezovta  qiladigan  harakatlar  lazzatga  chorlaydi.  Bunday 
kayfiyatga  chorlashda  raqssimon  tez  harakatga  keltiruvchi  asosiy 
mavzu  fleyta-pikolo,  fleytalar,  klametlar,  undan  so‘ng  torli  chol- 
g‘ularda  namoyon  bo‘lib,  rivojlanish  jarayonida  orkestming 
fakturasida  urg‘u  cholg‘ular bilan  dissonans  va konsonas akkordlarni
134


tez-tez  almashuvlari,  ohangdosh  bas  ovozlar,  dominanta  negizini 
silashlar  tufayii  diatonik  lad  (mi  eoliy-frigiy  ladlar),  tembrlaming 
rang-barang  sadolari,  taktlar  oralarida  paydo  bo‘iadgan  sinkopalar. 
Ikkinchi lirik yondosh mavzu oynali reprizada, turli dinamik vositalari 
tez-tez qo‘IlanishIari, orkestmi sadosi kabi alomatlar katta kodaga olib 
keladi va asar ko‘tarinki rah bilan tugaydi.
M.Tojiyev  uchinchi  simfoniyasida  to‘rt  qismli  an’ana 
saqlagan  holda,  asaming  botiniy  tuzilishini  erkin  ravishda  maqom 
an’analariga payvand qilishga qaratdi.
M.Tojiyevning,  yuqorida  zikr  qilganimizdek,  ijodi  faoliyatida 
simfoniya musiqa ustuvor yo‘nalish sifatida gavdalandi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish