mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ITI ning
dastlabki bosqichi hisoblanadi;
muammoning qo’yilishi bevosita mavzuning dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi
va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi;
dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan
dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi;
nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm-
fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi,
ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi;
amaliy tadqiqot – bu ITI ning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u
tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyat
jarayonidir;
natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni
iste’mol uchun tayyorlash jarayonidir.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
muammoning qo’yilishiga zamin tayyorlash deganda nimani tushunasiz va o’z ilmiy
ishingizda tadqiqot maqsadi aniqlanganmi?
ishchi farazni shakllantirishda mutaxassis olimlar bilan suhbat qay tarzda olib boriladi.
Tadqiqot yo’nalishiga qarab ular qaysi yo’nalishlarda olib
borilishi mumkin;
nazariy va amaliy tadqiqot uyg’unligini ITI ning qaysi asoslari bo’yicha hal qilish mumkin?
amaliy tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanishda xulosalar, uslubiy tavsiya va
ko’rsatmalar qanday ifoda etiladi. Buni o’z ilmiy ishlaringiz asosida o’ylab ko’ring va shu asosida
yozma ravishda ma’lumotnoma tayyorlang.
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
foydalanishga
tavsiyalar:
ITI ni olib borishda uni olib borishning bosqichlariga amal qilishning algoritmik tizimini
ishlab chiqish kerak va shu asosda ma’lumotlarni to’plab, ularni tadqiqot maqsadiga mos
tizimlashtirish lozim;
ITI bo’yicha olingan natijalarning amaliy ahamiyatini yanada oshirish bo’yicha ulardan
foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash kerak va bu natijalardan qo’yilgan
muammodan tashqari boshqa shunga o’xshash muammolarni hal qilishda ham foydalanish
mumkinligiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar
ro’yxati:
1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.
2.To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006.
– 248 b.