V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
Amaliy tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u
tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba-
sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan
tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot
olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar
natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |