Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan
holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.)
natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi
bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.
VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar.
Xulosalash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo’lib, bunda tadqiqot oxirgi
bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning
muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich
bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |