psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi,
operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi,
tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi
insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi
savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida
- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi;
- ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim
- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi;
-tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar
yaratadi va h.k.
Demak, ilmiy ijodiyotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va
insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy
ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarga doimo e’tibor berib borish
kerak.
1. Insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda
foydalanishga qulayligini o’ylagan holda)
takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish.
2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini
kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga
erishish.
3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib
«XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday
zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish.
4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy
ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish.
5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor
berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash.
6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli
texnologiyalarini yaratish.
7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot
texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish.
8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli
savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda
muntazam foydalanishga erishish.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
ijod qanday faoliyat va uning ta’rifini ayting?
izlanish qanday jarayon?
aqliy faoliyat kategoriyalari deganda nimalarni tushunasiz?
ilm bilan bilimning farqi nimada?
tajriba bilan eksperimentning farqi nimada?
ilmiy ijodiyot muammolari haqidagi fikringiz.
ilmiy ijodiyotning vazifalari nimalardan iborat?
dunyoqarash va uning tadqiqotchining ITI dagi ahamiyat nimada deb o’ylaysiz?
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: