0-54 ball bilan talabaning bilim darajasi quyidagi holatlarda baholanadi: • mavzular mohiyatini bilmaslik va aytib bera olmaslik;
• uslubiy tasavvur va fikrlashga ega bo`lmaslik;
• «Kompleks birikmalar kimyosi» faniga oid iboralar va tushunchalarni
izohlay olmaslik;
• «Kompleks birikmalar kimyosi» faniga oid misollar va masalalarni
yecha olmaslik;
Joriy baholash savollari. 1. Qanday birikmalar koordinatsion birikmalar deb ataladi?
2. Kompleks birikmaning koordinatsion birikmadan farqi nimada?
3. Qaysi elementlar markaziy ion rolini bajaradi?
4. Ligandlaga misollar keltiring.
5. Markaziy ionning koordinatsion soni qanday aniqlanadi?
6. Ligandning dentatligi deganda nimani tushunasiz?
7. Valentlik va koordinatsion son tushunchalari mohiyati va farqi.
8. Elektrovalentlik tushunchasini sharhlang.
9. Kovalentlik deganda nimani tushunasiz?
10. Kompekslarni nomlashda qaysi nomenklaturalardan foydalaniladi?
11. Kompleks birikmalarni nomlashning dastlabki sistemasini qaysi olim yaratgan?
12. Koordinatsion birikmalarni nomlashni Verner sistemasi qoidalarini sharhlang.
13. YuPAK nomenklaturasi bo‘yicha ligandlar qanday nomlanadi?
14. Kompleks zarradagi ligandlar soni qanday ko‘rsatiladi?
15. Ko‘p dentatli ligand qanday nomlanadi?
16. Ko‘prikcha vazifasini bajaruvchi ligand qanday ko‘rsatiladi?
17. Ko‘p yadroli kompleks qanday nomlanadi?
18. Ko‘p yadroli kompleksning nomlanishiga misollar keltiring.
19. Koordinatsion birkmalarni olish usullari qangday sinflanadi?
20. Muvozanatli sintezning mohiyatini tushuntiring.
21. Muvozanatli sintezni olib borishning shartlari.
22. Genealogik sintezning mohiyati nimada?
23. Akvokomplekslar qanday olinadi?
24. Gidroksokomplekslarni sintezlash usullariga misollar keltiring.
25. Ammiakli kompleks birikmalarni sintez qilish usullari.
26. Hosil bo‘lgan klmpleks birikmalarni ajratib olishda qaysi usullardan foydalaniladi?
27. Genealogik sintezga qayssi omillar ta’sir qitladi?
28. Muvozanatli sintezga ta’sir etuvchi omillar.
29. Kompleks hosil qiluvchi zarra qanday elektron tuzilishga ega bo‘lishi kerak?
30. Kompleks birikma hosil qilishda markaziy ionning qaysi orbitallari ishtirok etadi?
31. Markaziy zarra koordinatsion soni va elektron tuzilishi orasida qanday bog‘liqlik
mavjud?
32. Qanday ionlar va molekulalar ligand vazifasini bajara oladi?
33. Donor-akseptor mexanizmi bo‘yicha kimyoviy bog‘lanish mohiyati nimada?
34. Bir dentatli molekulyar turdagi ligandlarga misollar keltiring?
35. Ko‘p dentatli molekulyar turdagi ligandlarga misollar keltiring?