Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari. Hamma kimyoviy reaksiyalarni ikki guruhga ajratish mumkin. Bi-
rinchi guruh reaksiyalarda o’zaro ta’sir etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajasi
o’zgarmaydi. Bu guruhga almashinish, birikish va ajralish reaksiyalari kiradi:
AgNO
3
+ KCl = AgCl + KNO
3
Ikkinchi guruh reaksiyalariga bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradigan reaksiyalar
kiradi:
Zn + 2HCl = ZnCl
2
+ H
2
Ma’lumki, biz shu paytgacha moddalarni yonish jarayonlarini oksidlanish jarayoni deb qarab keldik. Masalan:
S + O
2
= SO
2
;
2H
2
+ O
2
= 2H
2
O;
2Cu + O
2
= 2CuO;
CH
4
+ 2O
2
= CO
2
+ 2H
2
O.
Va aksincha, birikma tarkibidan kislorodni ajralishini qaytarilish jarayoni deb tushunamiz:
2HgO = 2Hg + O
2
;
6CO
2
+ 6H
2
O = C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
va hokazo.
Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari bir vaqtning o’zida ham sodir bo’lishini kuzatganmiz:
CuO + H
2
= Cu + H
2
O;
Cr
2
O
3
+ 2Al = 2Cr + Al
2
O
3
va hokazo.
Demak, bu yerda kislorod birikishini oksidlanish jarayoni, kislorod berishni esa qaytarilish jarayoni deb
qaradik.
Eng oddiy oksidlanish va qaytarilish jarayoni bo’lgan quyidagi reaksiyaga diqqatimizni qaratamiz:
CuO + H
2
= Cu + H
2
O
CuO tarkibidagi mis atomi reaksiyadan so’ng hosil bo’lgan mis atomidan 2 ta elektroni kamligi bilan farq qi-
ladi, ya’ni u Su
2Q
holida bo’ladi. Shuningdek, vodorod molekulasi har bittasi bittadan elektronini kislorodga berib, suv
molekulasini hosil qiladi. Natijada bu kimyoviy reaksiyada mis 2 ta elektron qabul qilib, mis atomiga, vodorod moleku-
lasidagi 2 ta vodorod atomi bittadan 2 ta elektron berib vodorod ioni H
+
hosil qiladi. Mis reaksiyada erkin holatdagi mis
atomiga qaytariladi. Vodorod esa suv hosil qilib vodorod ioniga aylanib oksidlanadi. Demak, qaytarilish jarayonida
element atomi yoki ioni elektron biriktirib oladi va aksincha oksidlanish jarayonida element atomi yoki ioni elektron
beradi.
Cu + 2e = Cu
qaytarildi (oksidlovchi)
H
2
- 2e = 2H
+
oksidlandi (qaytaruvchi)
Elektron biriktirib olgan atom yoki ion qaytariladi, oksidlovchi bo’lib xizmat qiladi va aksincha elektron bergan
atom yoki ion oksidlanadi, qaytaruvchi bo’lib xizmat qiladi.
Shu aytilgan xulosadan kelib chikib, barcha turdagi reaksiyalarni 2 turga bo’lish mumkin:
1) Ion almashinish reaksiyalari:
2) Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
Ko’pgina reaksiyalarda kislorod ishtirok etmasa ham, bir element atomi yoki ioni elektron berishi, ikkinchi
element atomi yoki ioni elektron biriktirib olishini kuzatish mumkin:
2Na + Cl
2
= 2 NaCl
Natriy atomi 1 ta elektron berib, natriy ioniga, xlor atomi 1 ta elektronni biriktirib olib, xlor ioniga aylanadi.
Na
o
- 1e = Na
+
oksidlanadi (qaytaruvchi)
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
54
Cl
o
+ 1e = Cl
–
qaytariladi (oksidlovchi)
Do'stlaringiz bilan baham: |