27. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fiziologik sezgirlik — katta yoshdagilarning ta’siriga nisbatan yuqori sezgirlik;
tengdoshlari bilan munosabatlar — qiziqish mavjud emas;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — fiziologik va himoyalanish ehtiyojlarini qondirish manbai;
nizolar mavjudligi — tengdoshlari bilan;
his-hayajonlar — ekspressiv imo-ishoralar orqali;
o‘yin faoliyati — turli predmetlarni o‘ynaydi.
28. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — ko‘rgazmali-harakatli tafakkur;
nutq — so‘z birikmalari va fe’llarni tushunadi;
ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira;
fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik;
bilish obyektlari — turli predmetlar va ularning ichki tuzilishi;
bilish usullari — predmetlardan turli maqsadlarda foydalanish, ularni qismlarga ajratish va yig‘ish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — rivojlantiruvchi muhitning turli-tumanligi bolaga nisbatan
mehribon bo‘lish va muloqot qilish;
muloqot yuritish shakli — vaziyatli shaxsiy muloqot;
tengdoshlari bilan munosabatlar — qiziqish kam;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — himoyalanish, erkalanish va yordam berish manbai;
nizolar mavjudligi — katta yoshdagilar bilan (“men — o‘zim” tamoyili);
his-hayajonlar — kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar;
o‘yin faoliyati — turli predmetlarni o‘ynaydi, shuningdek tengdoshlari bilan o‘ynaydi.
29. 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur;
nutq — ravon nutq shakllanadi va sifatlarni tushuna boshlaydi;
ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira;
fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik;
bilish obyektlari — predmetlar, ularning xususiyatlari va vazifalari;
bilish usullari — tajriba qilish va konstruksiya yaratish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — rivojlantiruvchi muhit va katta yoshdagilar bilan hamkorlik
munosabatlari;
muloqot yuritish shakli — vaziyatli amaliy;
tengdoshlari bilan munosabatlar — qiziqish kam;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — faoliyat usullarini tanlashga yordam berish manbai hamda
o‘yin va ijod bo‘yicha sherik;
nizolar mavjudligi — katta yoshdagilar bilan (“men — o‘zim” tamoyili);
his-hayajonlar — kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar;
o‘yin faoliyati — katta yoshdagilar bilan sherik bo‘lib, o‘yinchoqlarni esa, mustaqil o‘ynaydi.
30. 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur;
nutq — faol nutq shakllanishi yakunlanadi, fikrlarni bayon etish;
ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira, shuningdek o‘yin vaqtida ixtiyoriy ravishda eslab
qolish rivojlanadi;
fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan sezgirlik kamayadi;
bilish obyektlari — bevosita idrok etilmaydigan predmetlar va hodisalar;
bilish usullari — katta yoshdagilarning hikoyalari va tajriba qilish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash;
muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari muloqot;
tengdoshlari bilan munosabatlar — voqeaga boy bo‘lgan o‘yinlarda sherik sifatida qiziqarli kechadi;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — axborot olish manbai;
nizolar mavjudligi — mavjud emas;
his-hayajonlar — yanada ravon va o‘zini nazorat qilishga urinadi;
o‘yin faoliyati — tengdoshlari bilan jamoaviy va rolga kirishgan holda o‘ynaydi, o‘yinli vaziyatlarni
ijro qiladi.
31. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur, tasvirli-sxemali jarayon shakllana boshlaydi;
nutq — nutqni rejalashtirish malakasi shakllanadi;
ixtiyoriy bilish jarayoni — maqsadga yo‘naltirilgan eslab qolish qobiliyati rivojlanadi;
fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan sezgirlik kamayadi;
bilish obyektlari — bevosita idrok etilmaydigan predmetlar va hodisalar, axloqiy normalar;
bilish usullari — katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish, mustaqil faoliyat, tajriba
qilish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash;
muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari muloqot va uddaburonlik;
tengdoshlari bilan munosabatlar — o‘yinlarda sherik sifatida unga qiziqish chuqurlashadi hamda
muloqot yuritishda moyillik sezadi;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — axborot olish manbai va suhbatdosh;
nizolar mavjudligi — mavjud emas;
his-hayajonlar — mo‘tadil darajadagi his-tuyg‘u, yuqori kayfiyat ustun turishi;
o‘yin faoliyati — o‘yin haqida fikrlari shakllanadi, shuningdek davomli o‘yinlar, birlashmalar
shakllanadi.
32. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — mantiqiy tafakkur ko‘rgazmali-obrazli jarayon asosida rivojlanadi;
nutq — ichki nutqning rivojlanishi;
ixtiyoriy bilish jarayoni — o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z fikrini jamlashga kirishadi;
fiziologik sezgirlik — individual ravishda, aksariyat hollarda past darajada;
bilish obyektlari — predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘liqlik;
bilish usullari — mustaqil faoliyat, bilish uchun katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash, har bir ishda o‘z fikrini bildirish;
muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot;
tengdoshlari bilan munosabatlar — suhbatdosh va faoliyat bo‘yicha sherik;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — hissiy ko‘mak manbai;
nizolar mavjudligi — 7 yoshga kelib tanazzulga uchrash, ijtimoiy rolning o‘zgarishi;
his-hayajonlar — yuqori darajadagi his-tuyg‘ularga ega bo‘lish;
o‘yin faoliyati — zimmasiga olgan rolga muvofiq o‘zini tutish shakllanadi, shuningdek birgalashib
o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: