To‘qqizinchi modul 2 ta g‘oyaviy mavzudan ib o ra t.
1. Ezgu fikming ta’sirchanligi. «Yaxshi so‘z - qilichdan
ham kuchli» degan gap bor. Darhaqiqat, o ‘mida ishlatilgan
so‘zIar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, bama’ni fikr har
doim odamlaming xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. So‘z g‘oyaviy ta’sir vositasi. Milliy g‘oyalarni xalq
ongiga yetkazishda so‘z asosiy ta’sir vositasi bo‘lgan va bo‘lib
qoladi.
0 ‘ninchi modul. Oliy ta’lim muassasalarida «Milliy
g ‘oya» bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulot va davra
suhbatlarining mavzulari belgilab olinadi, masalan:
- «I.A.Karimov milliy
istiqlol
g‘oyasining
asosiy
tamoyillari to‘g‘risida».
- «Milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘mi».
- «G‘oyalar va mafkuralar kurashi tarixidan».
- «Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar, ulaming tarixdagi
o‘mi».
- «Milliy g‘oya va o‘zlikni anglash».
Biz yuqorida ko‘rsatilgan modullar asosida ish olib
boradigan bo‘lsak, bu usul, eng aw alo, talaba-yoshlaming
www.ziyouz.com kutubxonasi
jamiyat taraqqiyotiga bo'Igan qiziqishi va ishonchini oshiradi,
ularning siyosiy bilim ko‘nikma va malakasini oshirishga
yordam beradi. Eng asosiysi, bu usul talaba-yoshlami o ‘z-
o‘zini tarbiyalab borishini ta’minlaydi. Biz pedagoglardan
faqatgina o‘z vaqtida berilgan vazifalami yozma va og‘zaki
(yoki elektron ko‘rinishda talab qilish orqali tarbiyala-
nuvchilaming o‘z-o‘zini qay darajada boshqarayotganligini
nazorat qilib borish talab etiladi. Ta’lim berish jarayonida
tarbiya ham berib o ‘tish ko‘zda tutilganda ko‘pincha talaba-
yoshlaming
o ‘z-o‘zini
tarbiyalashi
namoyon
bo‘ladi.
Pedagogning bugungi kun talafcti va m as’uliyatni his qila
oldirish san’ati ham talabalami o‘z-o‘zini tarbiyalashini
mustahkamlab boradi. Majburiy tarbiya esa o‘spirin yoshidagi
yoshlaming izzat nafsiga tegishi muqarrar. Talaba-yoshlami
modulli o‘qitish ham, ulami o‘z ustida izlanishlariga, kompyu-
ter orqali internet tarmog‘iga ulanish va kerakli materiallami
qidirib topish orqali, yangi ta’lim texnologiyalari usullaridan
unumli foydalanishga chorlaydi. Bugungi kunda talabalaming
o ‘z-o‘zini boshqarishi va o ‘z-o‘zini tarbiyalashi muhim
ahamiyatga ega. Chunki talabalaming o‘z-o‘zini boshqara
olmasligi va o‘z-o‘zini tarbiyalay olmasligi
ulami har xil
oqibatlarga, yomon ko‘chalarga, ya’ni turli xil oqimlarga kirib
qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Milliy g ‘oya va mafkura taraqqiyotning eng og‘ir,
murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy siyosiy tuzumdan
yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy
ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch
tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Shu sababdan ham
chinakam milliy g ‘oya va mafkura o ‘zining teran mazmun
mohiyati bilan kishilami o‘z kuchiga ishonishga, istiqlolga
umid bilan qarashga da’vat etadi. Chunki to‘q, faro von va
baxtli hayot bunyod etish, ijtimoiy holatni qaror toptirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik va yer yuzidagi barcha
xalqlarning azaliy orzusidir. Zero, jamiyat a’zolari milliy g ‘oya
mafkurasida o‘z hayotiy manfaatlari, orzu umidlari ifodasini
ko ‘rsatsagina odamlar ruhan bardam, uyg‘oq va faol kuchga
aylanadi.
Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol
hayotiy pozitsiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim
maqsadidir. G ‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy
tarbiyaning asosini tashkil etadi.
G‘oyalar oshkora,
yashirin, bevosita yoki bilvosita,
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ramziy shakllarda targ‘ib etilishi mumkin.
Inson faoliyati aniq bir g‘oyaviy maqsadga yo‘naltirilgan
bo‘lib, bu niyat ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi, g‘oyaviy
tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda hushyorlik, sezgirlik
hissini, yot va zararli g‘oyalarga qarshilik ko‘rsatish
qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. G ‘oyaviy tarbiya
jarayonida kishilarda mafkuraviy immunitet shakllanishiga
alohida e’tibor beriladi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish
kishilar ongiga bir xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish emas, balki
odamlarda oq-qorani ajratish zararli g‘oyalarga qarshi hushyor
va ogoh bo‘lish xususiyatlarini ham tarbiyalash, demakdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |