‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Hamdamova ma’naviyat asoslari


Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/107
Sana04.08.2021
Hajmi6,64 Mb.
#138436
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
Bog'liq
6manaviyatasoslaripdf

Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi.
1.  Insonning  ma’naviy  o ‘sishi  sodir  bo‘ladi,  muhitda 
stixiyali  ta’siri  bera  olmaydigan  sifatlar  shakllanadi.  Masalan, 
bola  o‘z  ona  tilini  atrofni  o‘rab  turgan  muhitning  ta ’sirida 
o‘rganib  olishi  mumkin.  Lekin  o‘qish  va  yozishni  maxsus 
ta’lim  yo‘li  bilangina  o‘rganadi.  Ma’lum  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2.  Tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchi- 
liklarini  ham  ijobiy  tomonga  o‘zgartirish  mumkin.  Chunonchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ba’zi  bir  bolalar  ayrim  kamchiliklar  bilan  tug‘iladi  (kar,  ko‘r, 
soqov  va  hokazo).  Lekin  maxsus  tashkil  etilgan  tarbiya 
yordamida  ularning  aqli  to4 la  taraqqiy  qiladi,  tug‘ma 
kamchiligi bo‘lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi 
mumkin.
3. 
Tarbiya 
inson 
faoliyatining 
istiqbol 
maqsadini 
belgilaydi.  Shu bois,  u shaxs  kamolotini  ta’minlashda yetakchi 
rol o ‘ynaydi.
Tarbiyaning  muvaffaqiyati  ko‘p  jihatdan  bola  shaxsining 
o‘ziga  xos  xususiyatlari,  u  istiqomat  qilayotgan  muhitning 
ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir.  Shuni yodda tutish kerakki, 
bola  majbur  bo‘lgan  mikro 
muhit  mazmunini 
uning 
rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  kishilar  va  ular  bilan  o ‘rnatilgan 
aloqa  mohiyatini  belgilaydi.  Bola  oila  a’zolari,  tarbiyachi, 
o‘qituvchi,  o‘rtoqlari,  oilaga  yaqin  kishilar  bilan  munosabatda 
bo‘ladi.  Ushbu  aloqalar  bolaning  rivojlanishida  g‘oyat  muhim 
rol  o ‘ynaydi.  Bolaga ularning ta’siri  orqali muomalada bo‘ladi. 
Ana  shu  muomala  asosida  bola  ajdodlar  tajribasini  o‘z- 
lashtiradi, o ‘zi uchun andoza tanlaydi.
Bola  shaxsining  rivojlanishi  uchun  faol  kundalik  faoliyat 
zarur. 
Faoliyat 
yordamidagina 
bola 
atrof-muhit 
bilan 
munosabatni  tashkil  etadi,  shu  orqali  uning  bilish  qobiliyati 
rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.
Insonning  kamol  topish  jarayonini  faqat  irsiyat,  ijtimoiy 
muhit  va  ta’lim-tarbiyaga  bog‘lab  o‘rganish,  talqin  qilish  ham 
haqiqatga 
unchalik  to‘g‘ri 
kelmaydi. 
Chunki 
ijtimoiy 
taraqqiyotda  shaxsning  o‘zi  ham  faol  ishtirok  etadi.  Aytish 
mumkinki,  ijtimoiy  muhit,  ta’lim-tarbiya -  shaxsning  o‘zi  faol 
ishtirok  etgandagina  uning  tug‘ma  layoqatini  uyg‘otadi, 
iste’dod,  qobiliyatlarini  o‘stira  oladi.  Agar  kishi  o‘z  ishini 
sevsa,  uning  shu  sohadagi  iste’dodi  tezroq  va  kuchliroq 
ro‘yobga chiqa boshlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yetuk  siymolar  hayotini  o‘rganish  shuni  ko‘rsatadiki, 
ulafning  ijodiy  faoliyatlaridagi  asosiy  narsa  Uzluksiz  izlana 
bilish,  oylab,  yillab  o ‘z  oldilariga  qo‘yilgan  maqsad  uchun 
intilish, 
kurashish, 
unga 
yetish 
yo‘llarini 
izlashdan 
charchamaslik  maqsadga  erishish  yoiidagi  muhim  omildir. 
Shuning  uchun  har  bir  o‘qituvchi  o‘zining  pedagogik  faoliyati 
davrida o‘quvchilarga ta ’lim-tarbiya berish bilan birga ulaming 
o‘z  oldiga  maqsad  qo‘yish  va  uni  ro‘yobga  chiqarish,  tinmay 
izlanish  va  mehnat  qila  olish  qobiliyatlarini,  kuchli  iroda  va 
qat’iy xaraktemi tarbiyalab borishlari lozim.
Tabiiyki,  o‘quvchilaming  o‘z  maqsadlariga  erishishlari 
uchun  maktabda  olgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalari  kamlik 
qiladi.  Ular  yuksak  maqsad  yo‘lida  o‘z  ustilarida  tinmay 
izlanishlari,  ijtimoiy  munosabatlar  jarayonida  faol  ishtirok 
etishlari lozim.
Shaxsning  shakllanishida  unga  berilayotgan  ta’lim- 
tarbiyaning  mazmuni,  metodlari  va  vositalari  bolaning  yosh 
xususiyatlariga  muvofiq  bo‘lishi  muhim  sanaladi.  0 ‘qituvchi 
o‘quvchilaming 
ruhiy 
xususiyatlari 
bilan 
birga 
yosh 
xususiyatlarini  ham  bilishi,  ma’lum  yoshdagi  o‘quvchilarning 
diqqat,  xotira,  tafakkur  layoqatlarini  inobatga  olish  asosida 
faoliyat  tashkil  etish  lozim.  Shaxsning  aqliy  va  jismoniy 
kamolotida  doimo  ilgariga  qarab  rivojlanish  ro‘y  beradi. 
Bolaning  jismoniy  va  ruhiy  kamoloti  qaror  topib  borar  ekan, 
bir qancha bosqichlami bosib o‘tadi.
«Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi» 
o‘zining  ilmiy 
asoslanganligi,  noyobligi  va  ertangi  kunga  -  
XXI  asrga 
m o‘ljallanganligi  bilan  hayotimizda  o‘z  o‘mini  topdi,  dunyo 
hamjamiyati  tomonidan  tan  olinib 
o‘rganilmoqda,  targ‘ib 
etilmoqda.
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  g‘oyasi,  maqsadi, 
fikrlar qamrovi teranligi bilan katta ijtimoiy ahamiyatga egadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur  dastur,  uni  ro‘yobga  chiqarish  omillari  jamiyatda 
zamonaviy  ta’limning  yuksak  qadriyatlarini  anglab  yetish 
hissini  yuzaga  keltiradi.  Bu  qadriyatlar  barkamol  shaxsni 
shakllantirishga,  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojiga  o‘z 
ijobiy  ta’sirini  o‘tkazmoqda  va  bu  jarayon  takomillashib 
boraveradi.
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  « 0 ‘zbekiston  -   kelajagi 
buyuk  davlat»  g‘oyasiga  asoslanadi  va  unga  xizmat  qiladi. 
Mustaqil  shaxsni  shakllantirish  jarayoni  uzoq  va  murakkab 
bo‘lib,  bir tomondan,  barcha davlat tuzilmalari  hamda  ijtimoiy 
tashkilotlarning  va  ayniqsa,  ta’lim  tizimi  mazmunining 
takomillashtirilishini,  ikkinchi  tomondan  esa  bevosita  ushbu 
masalani  amalga  oshirishni  ta’minlovchi  yagona  tarbiya 
tizimini barpo etish lozimligini taqozo etadi.
Fikrimizcha,  bu  jarayonda  kadrlar  tayyorlashning  yaqin 
istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish