birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni
mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq bo‘lgan ongli
fuqaroni, o‘z vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy
hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir
ko‘rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola
olishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish;
ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub
ma’nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga
demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish,
tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning
ichki
dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy
qadriyatlar va munosabatlami shakllantirishdir. Shuningdek,
yosh avlodga yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-
sharoit yaratilmog‘i kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalar va o‘quvchi yoshlarning ongida milliy
g‘oyani
shakllantirish hozirgi pedagoglarning muhim vazifasidir.
Shu bois, haqiqiy pedagog bugun nafaqat bilim doirasi
keng mutaxassis, balki yuksak madaniyatli, bolalar va
o‘smirlar bilan hamkorlikda ishlashda ijodkor inson bo‘lishiga
erishish lozim.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar: o‘zbek xalqi va davlatchiligi
tarixi; badiiy, falsafiy, pedagogik tafakkuming shakllanishi,
etnografiya, etnogenez, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va
boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar saviyasini tubdan
o‘zgartirish,
yangi
pog‘onaga
ko‘tarish,
pedagogika
yo‘nalishining yangi ta’limoti, mazmuni, mohiyatini yaratish,
yangi ilmiy maktabni barpo etish taqozo etiladi. Tarixiy
merosni yangi zamonaviy metodologik asosda o‘rganuvchi
yosh olimlarni tayyorlashning prinsipial yangi ilmiy maktabini
yaratish; bolalar va yoshlar uchun ilmiy ommabop va axborot-
ma’lumot adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha muhim ishlar
amalga oshirilishi zarur.
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokrat-
lashtirishni ta’minlash:
Ta’lim
tizimini
insonparvarlashtirishning
asosiy
yo‘nalishlari - yosh avlodning bilim va qobiliyatlarini har
tomonlama o‘stirish, ularni umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash,
shaxs, jamiyat
va
borliq
munosabatlarini
uyg‘unlashtirish, o‘quvchi va murabbiy orasidagi masofani
«Ustoz va shogird» munosabatlari asosida shakllantirish.
T a’limni insonparvarlashtirish - yosh avlodga boy estetik
hissiyot, yuksak ma’naviyat, madaniy va ijodiy tafakkumi
shakllantirish
va
har
tomonlama
rivojlangan
shaxsni
tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini o ‘z ichiga olgan ta’lim-
tarbiya dasturlarini takomillashtirish nazarda tutiladi. Bunda,
o ‘quvchida mustaqil shaxsni tarbiyalash, unda bilim olish
www.ziyouz.com kutubxonasi
madaniyatini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini
oshirish, mustaqil fikrlash hamda shaxsiy g‘urur, ishonch kabi
xislatlami hosil qilishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Barkamol shaxs kamol topishi ko‘p jihatdan uning kasbiy
madaniy munosabatlari tarkib topishi bilan bog‘liq. Kasbiy
madaniy munosabatlaming iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va
boshqa munosabatlardan o‘ziga xos bo‘lgan jihati shundaki, bu
munosabat asosan axloqiy, aqliy, mehnat, kasbiy, nafosat,
ekologik va boshqa tarbiya turlaridan sintezlanadi.
Barkamol
shaxs
kasbiy-madaniy
munosabatlarining
shakllanishida samimiylik muhim o‘rin tutadi. Samimiy
insonlargina o‘z kasbini
chin dildan seva oladi. Bunday
insonlar shaxsiy burchini yaxshi anglaydi. 0 ‘z lavozimini
suiiste’mol
qilmaydi.
Kasbini
sevadi
va
ardoqlaydi.
0 ‘qituvchilik kasbida uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday
qiyinchiliklami yengib o'tishga o‘zini bag‘ishlaydi. Bunday
kasb egalari fidoiy, imon-e’tiqodli bo‘ladi. 0 ‘z yurtini, ona-
diyorini dildan yaxshi ko‘radi. Kasbini ardoqlagan, bilimdon
insonlar, albatta, madaniyatli bo‘ladi.
Kasbiy-madaniy munosabatlar umuminsoniy munosabat-
larning tarkibiy qismi hisoblanadi va ular izchillikda
shakllanadi hamda rivojlanadi. Kasbiy-madaniy munosabatlar
o‘qituvchi faoliyatining asosiy quroli hisoblanadi. Kamolotga
yetishuv o‘quvchining o‘z-o‘ziga, tengdoshlariga, yoshi
kattalarga va mahalla ahliga bo‘lgan munosabatlari jarayoni,
uning yoshi va individual xususiyatlari hamda oila, maktab va
j^moatchilik hamkorligida olayotgan tarbiyasi va^ta’limi bilan
bevosita bog‘liq. 0 ‘quvchi yoshlaming kelajak orzusi biror
g‘oyaga asoslansagina hayotiy va umrboqiy bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun bosh g‘oyamiz - « 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk
davlat» bo‘lishi orzusi, har bir shaxs manfaatiga, kasbiy-
madaniy faoliyat mezoniga aylanib bormog‘i lozim. Kasbiy -
www.ziyouz.com kutubxonasi
madaniy munosabatlar zamirida axloqiy poklik, mehnat va
mehnatkash insonlarga to‘g‘ri munosabat, madaniy saviya va
kasbiy iftixor turadi. Kasbiy-madaniy yetuk shaxsning
tuzilmasini: mehnatsevarlik, halollik, samimiylik, milliy
g‘urur, sodiqlik, kamtarlik, mehribonlik, kasbiy m a’sullik.
Bilimdonlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik kabi
xislatlar tashkil etadi.
Milliy g‘oyani shakllantirishdagi muhim yo‘nalishlardan
biri bolalar va yoshlar uchun o‘quv-metodik, ilmiy ommabop
va badiiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratishdir. Mavjud
adabiyotlarga har taraflama ilmiy baho berish orqali
xalqimizning boy ijtimoiy-madaniy, tarixiy an’analari, urf-
odatlari va umuminsoniy qadriyatlami o‘zida aks ettiradigan
kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlarni yaratish
zarur. Bu ishga ilm-fan, madaniyat va san'at sohasida eng
ko‘zga ko‘ringan namoyondalami jalb etish zarur.
Milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga
unutilmas hissa qo‘shgan olimu ulamolammg mafkura va
uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirilgan ilmiy
merosi, falsafiy qarashlami har tomonlama o‘rganish va targ‘ib
etish darkor.
Yosh avlodni milliy
g‘oya, milliy-axloqiy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash, shubhasiz, jismoniy va ruhiy salomatlikni
mustahkamlash,
sog‘lom
turmush
kechirish
asoslarini
shakllantirishni nazarda tutadi. Yosh avlodga hayotiy faollik,
axloq, insonparvarlikning yuksak g‘oyalarini tarbiyalash -
jismoniy tarbiya va sportning shakllari, uslub va vositalarini
qo‘llashning ustuvor vazifalari bo‘lishi kerak.
To‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining amalga oshirilishi, jamiyatda yangi ong,
yangi tafakkurga ega bo‘lgan, milliy istiqlol g‘oyasi negizida
shakllangan
shaxsning
tarbiyalanishi
mustaqilligimizni
mustahkamlashda asosiy poydevor bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Buyuk allomalarimiz barkamol shaxsni tarbiyalashning
turli omillarini jahon pedagogikasi tarixida birinchi bo‘lib turli
yo‘llar bilan amalga oshirish uslublarini ko‘rsatib berishgan,
jumladan, Ibn Sino jismoniy tarbiya va tan sihatligiga erishish
orqali, al-Forobiy aqliy tarbiya orqali komil insonni tarbiyalash
mumkinligini asoslagan. Bizning tadqiqot yuzasidan amalga
oshirayotgan izlanishlarimizni ta’bir joiz bo‘lsa, al-Forobiy
ta’limotini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbir sifatida -
qabul qilish mumkin.
Muammoning yechimi sifatida olinadigan natijalaming
ilmiy yangiligini ta’minlash maqsadida pedagogika tarixi va
nazariyasida shaxs sifatlarini tarbiyalash muammosining tadqiq
etilganlik darajasi belgilab olindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli asosiy tushuncha va
tamoyillarini talqin qilish, ulami amaliyotga tatbiq qilish
jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish uslublari majmuasi
sifatida
barkamol-ijodkor
shaxsni
shakllantirishning
metodologiyasi asoslab berildi, metodologiya tushunchasiga
xos bo‘lib kelgan nazariylik amaliylik bilan bog‘lanadi.
Tadqiqotimizning
metodologik
asosi
sifatida
qabul
qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda milliy
g‘oya va mafkura asosida barkamol shaxsni uning ijodkorlik
sifatlarini rivojlantirish asosida tarbiyalashning pedagogik
texnologiyasi tushunchalari shakllantirildi.
Erishilgan
natijalar
tadqiqotni
keyingi
bosqichda
muvaffaqiyatli davom ettirish uchun muhim asoslami yaratib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |