‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Hamdamova ma’naviyat asoslari



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/107
Sana04.08.2021
Hajmi6,64 Mb.
#138436
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
6manaviyatasoslaripdf

1. 
Qadimgi 
xalq 
og‘zaki 
ijodiyoti 
va 
yozma 
yodgorliklardagi  milliy  ma’naviyat.  Xalqimiz  madaniy 
taraqqiyoti  o ‘ta  murakkab  tarixiy  hodisalar  majmuini  tashkil 
etadi  va  u  bir necha  ming  yilliklami  o‘z  ichiga oladi.  Ana  shu 
murakkab  va  ko‘p  ming  yillik  ma’naviy  takomilimiz 
jarayonidan  asosiy  bo‘g ‘inlami  ajratib  olishimiz  mumkin. 
Bularsiz milliy m a’naviyatimiz tarixi  va rivojlanish bosqichlari 
haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma’naviyati va  ma’rifati 
haqidagi  asrlardan-asrlarga  o‘tib,  hozirgacha  saqlanib  qolgan 
xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari:  mif,  afsonalar  va  qadimgi 
yozuvlar  saqlanib  kelinmoqda.  0 ‘rta  Osiyo  xalqlarining 
qadimiy  mif,  afsonalari  turli  mavzularda  bo‘lgan.  Jumladan, 
kosmogonik  miflar,  hayvonlar  va  qushlar  haqidagi  miflar, 
xudolar  va  afsonaviy  qahramonlar  haqidagi  miflar  bo‘lib, 
ularda yaxshi  va ezgulik,  baxtu-saodat,  quyosh nuri va issiqlik 
yoki  yomonlik,  baxtsizlik,  zulmat  va  dahshatli  qarama-qarshi 
obrazlar vujudga kelgan.  Ushbu manbalar bizga tarix va yozma 
yodgorliklardan  m a’lum  bo‘lib  kelgan,  tarix  darslarida  bularni
www.ziyouz.com kutubxonasi


yanada 
chuqurroq 
o‘rganiladi. 
Bu 
ko‘hna 
tarixiy 
yodgorliklarning  ma’naviy  ahamiyati  shundaki,  odamlar  o‘sha 
davrlardan  boshlab  ikki 
qarama-qarshi  guruhga  ajrala 
boshlashgan.  Shuning  uchun  ham  yaxshilik  bor  joyda 
yomonlik bor,  ezgulik bor joyda yovuzlik bor.  Bizning yagona 
maqsadimiz  egulikka  qarab  intilish,  mehnat  va  mashaqqatdan 
qochmaslik,  yorug‘likka  intilib  yashash,  zulmatli  kunlardan 
qo‘rqmaslik,  inqirozga  yuz  tutilgan  mahalda  ham  undan 
osonlik  bilan  chiqib  ketish  yo‘lini  izlashda  yomonlik  va 
yovuzlikni  xayolga  keltirmaslik,  zulmatli  kunlami  hech  kim 
ravo  ko‘rmaslik  haqida  o‘ylash kerak bo‘ladi.  Dahshatli  sovuq 
niyatlami 
amalga 
oshiruvi 
insonlami 
ushbu 
yo‘lidan 
qaytarishga 
urinish 
ham 
ma’naviy 
ezgulikning 
bir 
ko‘rinishidir.
2. 
«Avesto»da  inson  va  uning  m a’naviyati.  «Avesto» 
kitobida  inson  va  uning  m a’naviyati  to‘g‘irisida  juda  ibratli 
fikrlar  bayon  etilgan. 
«Avesto» 
zardushtiylik  dinining 
muqaddas  kitobi.  Zardusht  eramizdan  avvalgi  660-yilda 
Xorazmda  dunyoga  kelgan.  Otasi  savodli  bo‘lib,  karomatgo‘y 
bo‘lgan  ekan.  Zardushtiylikning  paydo  bo‘lishi  eramizdan 
oldingi  X  asrga  to‘g‘ri  keladi.  Uning  muqaddas  kitobi 
«Avesto»  ham  birdan yuzaga kelgan emas.  U  bir necha asrlar 
mobaynida  yaratilgan. 
Zardusht 
«Avesto»ning  qadimiy 
nusxalarini  o‘rganib,  to‘plab  bir  kitob  holiga  keltirgan. 
Zardushtiylikda  va  uning  muqaddas  kitobi  «Avesto»da 
m a’naviyat  va  ma’rifat  masalalari  va  ularning  bugungi  kun 
uchun ahamiyati kattadir.
Axura  Mazda  odamlami  bir-birlari  bilan  murosa  qilib 
yashashni 
odat 
qilishlari, 
g‘arazgo‘ylik, 
hasadgo‘ylik, 
kalondumog‘lik,  shuhrat-parastlik,  qonunsiz  ishlardan  o‘zlarini 
tiyib  yurish  uchun 
chaqiradi. 
Bergan  so‘zining  ustidan 
chiqish,  unga  sodiq qolish,  savdo-sotiqda  shartnomalarga amal
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilish,  qarzni  vaqtida  to‘lash,  aldamchilik  va  xiyonatdan  xoli 
b o iish   -   imonlilik  alomatlari  ekanligi  aytiladi.  Imonli  odam 
degani  bu  -   o ‘g‘rilik,  talonchilikdan,  begonalaming  moliga 
ko‘z  olaytirishdan  o‘z-o‘ziga  xiyonat  qilish,  ya’ni  o‘z  imoniga 
qarshi,  xilof ish  qilishdan  o‘zini  tiya  oladigan  komil  insondir. 
Shu  o‘rinda  «Avesto»da  shunday  deyiladi:  «Tanalaringizga 
nisbatan  qalbingiz  haqida  ko‘proq  qayg‘uring,  ya’ni  aw al 
m a’naviy  dunyoingiz  musaffo  bo‘lsa,  moddiy  turmushingiz 
ham  mukammal  bo‘lib  boraveradi».  «Avesto»da  mehnat 
nihoyatda  ulug‘lanadi.  Mehnatni  yaxshilik,  moddiy  noz- 
ne’matlar  manbai,  deb  biladi.  Inson  saxovatli  bo‘lishi  uchun, 
avvalo, mehnat qilishi,  o‘z qo‘li bilan noz-ne’matlami yaratishi 
zarurligi uqtiriladi.
«Avesto»da  inson  axloq-odobi,  m a’naviyati  quyidagi 
uchlikda  ifodalanadi:  1.  Gugta  -   yaxshi  so‘z;  2.Gumata  -  
yaxshi  fikr;  Gvarshta  -   yaxshi  ish,  deb  ifodalanadi.  Bu  uch 
manbaning  birgalik  m a’nosi  «Men  yaxshi  so‘z,  yaxshi  fikr, 
yaxshi  ishga  shon-shavkat  baxsh  etaman»-deganidir.  Ya’ni: 
yaxshi so‘z deganda inson o ‘z va’dasiga rioya qilishi, so‘zining 
ustidan chiqishi,  o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik,  buzuqlikdan 
o‘zini tiyish va hokazolar tushuniladi.  Yaxshi  fikr deganda esa
-   yaqin  kishilarga  mehribonlik,  muhtojlik  va  xavf-xatar  ostida 
qolganda  yordam  berishga  shaylik,  kishilar  baxt  va  saodati 
uchun faol kurashishga doim tayyor turish, barcha bilan ahil va 
totuv  yashash  va  boshqalar  kiradi.  Yaxshi  ishlar  deganda, 
insonning  o ‘z  xatti-harakatlarida  yaxshi  fikr  va  yaxshi 
so‘zlarda  ilgari 
surilgan  barcha  ijobiy  yo‘l-yo‘riqlarga 
og‘ishmay amal qilish nazarda tutiladi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish