127
lari, Interpol, Yevropol shuningdek, xalqaro nohukumat tashki-
lotlarning vakillari ishtirok etadi.
Qo mitaning asosiy vazifalari:
1) jinoyatchilikning oldini olish bo yicha BMT Kongresslari
sessiyasini tayyorlash;
2) jinoyatchilikning oldini olish bo yicha xalqaro hamkorlik
dasturini tayyorlash;
3) jinoyatchilikning oldini olish bilan
shug ullanuvchi BMT
organlarining faoliyatini muvofiqlshtirish bo yicha BMT Bosh
kotibiga va EKOSOSga yordam ko rsatish hisoblanadi.
Jinoyatchilikning oldini olish masalalari bilan BMT Bosh
kotibi ham shug ullanadi. U BMT Bosh Assambleyasi sessi-
yalarida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash
choralari to risida ma ruzalar qiladi
1
.
BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bilan
shug ullanuvchi organlari orasida Milliy korrespondentlar
instituti alohida o rinni egallaydi. 1950-yili tashkil topgan va
davlatlar milliy yurisdiksiya sohalarida yuqori kvalifikatsiyaga
ega shaxslarni ushbu organga o zlarining vakili qilib tayin-
laydilar. Korrespondentlar BMT organlariga, BMT
Bosh kotibiga
ularning davlatlari jinoyatchiligining oldini olish va unga qarshi
kurashda qo llanayotgan usul va vositalar, amaliy choralar haqida
axborot beradi. Shuningdek, o z mamlakatlarining jinoyatchilik-
ka qarshi kurashuvchi organlariga xalqaro miqyosida jinoyatchi-
likka qarshi olib borilayotgan kurashning bosh yo nalishlari
haqida axborot beradi
2
.
BMT qoshida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbu-
zarlar bilan munosabatda bo lish masalalari bo yicha bir qator
ilmiy-tadqiqot institutlari tuzilgan bo lib, ular quyidagilardir:
Xalqaro miqyosda jinoyatchilikning oldini olish Markazi (Vena
markazi); BMTning jinoyatchilik va odil sudlov bo yicha Rim
1 Batafsil qarang: BMT Ustavi. XV bob, 97 101 moddalar. Qarang: Ìåæäóíàðîäíîå
ïðàâî (Ïîä. ðåä. Í.Ò. Áîëîòîâîé) M.: 1987. C. 334.
2 Odilqoriyev X.T. Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (xalqaro ommaviy
huquq), Darslik. T.: 2002. 370 371-betlar.
128
mintaqaviy
ilmiy tadqiqot instituti; Jinoyatchilikning oldini olish
va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish bo yicha Tokioda
joylashshgan Osiyo va Uzoq Sharq instituti, Jinoyatchilikning
oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha Xelsinki instituti,
Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala-
da bo lish bo yicha BMTning Afrika instituti; Xavfsizlik masala-
lari bo yicha El-Rioda joylashgan Arab
ilmiy-tadqiqot va o quv
markazi, Avstraliya (Kanberra) kriminologik instituti, Jinoyat
qonunchiligi islohotlari va jinoyat ishlari bo yicha odil sudlovni
olib borish Kanada (Vankuver) Xalqaro markazi, BMTning Lotin
Amerikasi mamlakatlari uchun jinoyatchilikning oldini olish va
huquqbuzarlar bilan munosabatda bo lish bo yicha Instituti
(YUNLAI). Bu institut va markazlar jinoyatchilikka qarshi kurash-
ning samarali choralarini ishlab chiqish va o z faoliyatlarini
xalqaro darajada muvofiqlashtirishda muhim rol o ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: