Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
19
library.ziyonet.uz/
Shayx Hiriy shahrida olamdin oʻtti va na’shin Shugʻongʻa elttilar va anda madfundur.
Mir Haydar Majzub — Darvozai Xush toshida Imom Faxr
(22)
mazori boshida sokin erdi.
Yigitligida zohir ulumin takmil qilib erdi, hamul vaqtda anga jazaba yetishtikim, aqli zoyil
boʻldi. Gohiki, oʻz holiagʻ kelsa erdi, ulamo bilan ulum bahsin andoq qilur erdikim, barcha
musallam tutar erdilar Muvajjah soʻzlaydurganda, orasida soʻzi parishon boʻlur erdi va xayoli
junun vaqtida xotam us-saltanatliqqa rosix boʻlub erdi va xalqni oʻz navkarligiga da’vat qilib
xuruj qilur soʻzin aytur erdi. Nazmida gʻarib abyot voqe’ boʻlur erdi. Bu bayt aningdurkim:
Labu dandoni on mah bo chi monad,
Chu qande bar birinji dona-dona
(23)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |