Mavlono Muhammad Tabodgoniy
(15)
— Shayx Zayniddin
(16)
xulafosidindur. Oʻz
zamonining muqtadosi erdi. Xonaqohi bor erdi va qalin muridlar va elning rujui Mavlono sari
koʻp erdi va «Qasidai Burda»ni muxammas qilibdurur va hazrati muqarrabi boriy Xoja
Abdulloh Ansoriy
(17)
ning «Manozil us-soyirin»
(18)
igʻa sharh bitibdur va fazl va kamoli
sharhdin tashqaridur. Har qachon samo’gʻa kirsa erdi, bovujudi ulkim, usul qoidasi bila
harakoti muvofiq ermas erdi, ammo xaloyiqgʻa andoq asar qilurkim, koʻp el yigʻlar erdilar. Bu
matla’ Mavlononingdurkim:
Onhoki, ba juz qomati sarvat nigaronand,
Gar rost bigoʻi hama koʻtah nazaronand
(19)
.
Hiriy shahrida olamdin oʻtti va qabri Xiyoboidadurkim, anda xonaqoh yasabdurlar va oʻgʻli
Hamididdin va soyir sufiya ul xonaqohda suluk va ibodatga mashgʻuldurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |